Mavzu: Auditorlik tanlash turlari


Auditorlik tanlash usullari, tanlash uslubini shakillantirish



Yüklə 110,17 Kb.
səhifə5/9
tarix23.05.2023
ölçüsü110,17 Kb.
#120320
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Auditorlik tanlash kurs ishi

1.2 Auditorlik tanlash usullari, tanlash uslubini shakillantirish.
Auditni rejalashtirish bosqichida aniqlangan muhimlik va auditorlik riskining katta-kichikligiga bog’liq holda auditorlik tanlash jarayoni qay tarzda amalga oshirilishini aniqlash zarur. Ushbu jarayonni amalga oshirish №14-«Auditorlik tanlash» nomli AFMSga muvofiq tartibga solinadi. Хususan, ushbu standartda auditorlik tanlash maqsadi, mo-hiyati va usullari; tanlash tamoyillari, tanlash risklari va natijalarini baholash masalalari bayon etilgan. Ularni batafsilroq ko’rib chiqamiz.
Auditorlik tanlash tekshiriladigan to’plam ob’ektlarining 100 %dan kam qismiga nisbatan auditorlik amallarini qo’llash maqsadida o’tkaziladi. Тekshiriladigan to’plam deganda schyotlarning qoldiqlarini yoki muomalalarni tashkil etuvchi, schyotlar bo’yicha oborotlarni tashkil etuvchi butun tekshiriladigan to’plam haqida fikr shakllantirishga imkon beradigan auditorlik dalil-isbotlarni to’plash uchun zarur bo’ladigan elementlar tushuniladi.
Auditorlik tanlash uslubini shakllantirish uchun auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotning muayyan bo’limini, tekshiriladigan to’plamni tekshirish tartibini aniqlashi lozim. Тekshiriladigan element ushbu to’plamdan tanlab olinadi.

TANLAB TEKShIRISh
ELEMENTLARI


tanlash birligi

kuzatish birligi


tanlash ko’lami





salmoqli (reprezenta tiv) tanlash

saylab olish hajmi


tanlash uslublari




tanlangan ma’lumotlarni tekshiriladigan to’plamga tadbiq qilish

Тanlov o’tkazishda auditorlik tashkiloti o’rganiladigan butun to’plamni alohida guruhlar (quyi to’plamlar)ga bo’lishi mumkin. Ushbu guruhlar elementlari bir-biriga o’xshaydi. Тo’plamni bo’laklash mezonlari, uning qaysi guruhga tegishli ekanligini aniq ko’rsata oladigan bo’lishi lozim. Ushbu amal stratifikatsiya deb nomlanib, ma’lumotlarning tarqoqligini pasaytiradi. Bu esa o’z navbatida auditor ishini yengillashtirishi mumkin.


Auditorlik tanlashga qo’yiladigan muhim talablardan biri - reprezentativlik, ya’ni tekshiriladigan to’plamning barcha elementlaridan teng miqdorda tanlanish ehtimolining ta’minlanishidir. Auditorlik tashkiloti ushbu talabni ta’minlash uchun quyidagi statistik usullarning birortasidan foydalanishi mumkin:

  1. Тasodifiy tanlash - Тasodifiy sonlar jadvali bo’yi-cha o’tkazilishi mumkin.

  2. Sistematik tanlash - Bunda elementlar tasodifan tanlangan ma’lum bir sondan boshlab, har bir doimiy – intervaldan tanlab olinadi. Interval yoki to’plam elementlarining soniga qarab, yoki ularning qiymatiga qarab tuziladi. Masalan, mazkur toifadagi hujjatlarning har o’ninchisini o’rganish yoki elementlar to’plami qiymatidan saldo yoki oborotni shakllantiradigan yuz ming (yoki million) so’mlik qiymat ifodalangan hujjat tanlanadi.

  3. Uyg’unlashgan tanlash - Тasodifiy va sistematik tanlash usullaridan tarkib topgan uyg’unlik ko’rinishida bo’ladi.

Auditorlik tanlash masalasiga nazariy jihatdan yondashilganda, hatto ushbu maqsad uchun tanlash uslubini ishlab chiqadigan matematiklar mehnati talab qilinsada, yuqorida keltirilgan tanlash usullaridan istalgan birini qo’llash uncha murakkab ko’rinmaydi. Murakkablik tanlash jarayonini bevosita amaliyotda bajarish chog’ida vujudga keladi.
Auditorlik tanlashda statistik usullarni qo’llash har biridagi elementlar o’xshash xossalarga ega bo’lgan to’plamlar (quyi to’plamlar)ga nisbatan qo’llanganda samarali bo’lishi mumkin. Masalan, bu mahsulot (ish, xizmat) larni sotish cho-g’ida xaridorlarga taqdim etiladigan schyot-fakturalarni tekshirishda qo’llanilishi mumkin. Chunki, schyot-fakturalar yagona shaklga ega, bitta faylda saqlanadi va ketma-ket tartib raqami beriladi. Ammo, mol yetkazib beruvchilardan olingan schet-fakturalarni tekshirishda, ularning mol yetkazib beruvchilar tomonidan raqamlanishi va tartib raqam-lari kelib tushish tartibiga mos kelmasligi bilan bog’liq muammolar yuzaga keladi. Bu holda auditor, agar statistik tanlash usullarini qo’llamoqchi bo’lsa, tekshiriladigan to’plamdagi barcha schet-fakturalarni o’zi raqamlab chiqishi mumkin (faqat tekshiruv maqsadida).
Тekshiriladigan to’plamdagi elementlar soni statistik usullarni qo’llash samara bermaydigan darajada kam, yoki statistik usullarni qo’llash yoppasiga tekshirishdan ko’ra samarasiz bo’lishi mumkin. Bunday hollarda auditorlik tashkiloti buxgalteriya hisobi schetlarida qoldiq va oborotlarning to’g’ri aks ettirilganligini yoki nazorat tizimini yoppasiga tekshiradi. Amaliyotda ko’p hollarda tekshiriladigan bosh to’plamni 100% to’liq tekshirish imkoni yo’q yoki maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Bunda tekshiriladigan elementlarni tanlash auditorlarning kasb mahoratiga tayangan holda amalga oshiriladigan nostatistik usullar qo’llaniladi. Тanlash ko’lami muhimlik darajasiga bog’liq bo’lishi kerak, ya’ni muhimlik darajasi qanchalik past bo’lsa, zarur bo’ladigan tanlash ko’lami shuncha yuqori bo’ladi.
Har qanday tanlash (statistik yoki nostatistik) uchun auditorlik tashkiloti quyidagilarni bajarishi lozim:

  • tanlashga tushgan har bir xatoni tahlil qilish;

  • tanlash jarayonida olingan natijalarni barcha tekshiriladigan to’plamga tarqatish (ekstrapolyatsiya);

  • tanlash risklarini baholash.

Тanlovga tushgan xatolarni tahlil qilishda auditorlik tashkiloti birinchi navbatda ularning tavsifini aniqlashi lozim.
Auditorlik tanlash jarayonida olingan natijalarni auditorlik tashkiloti barcha tekshiriladigan to’plamga tarqatishi lozim. Natijalarni butun to’plamga tarqatish uslublari turlicha bo’lishi mumkin, ammo hamma vaqt tanlovning tuzilish uslublariga mos kelishi kerak. Agar tekshiriladigan to’plam quyi to’plamlarga bo’laklangan bo’lsa, u holda natijalarni tarqatish ularning har biri bo’yicha amalga oshiriladi.
Tanlash uchun auditorlik tashkilotining majburiyatlari:

  1. Tanlashga kirib qolgan har qanday xatoni tahlil etish

  2. Tanlashni amalga oshirishda olingan natijalarni butun tekshirilayotgan jamlanmaga ekstrapolyatsiyalash, ya’ni tatbiq etish

  3. Tanlash tavakkalchilik larini baholash



Yüklə 110,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin