1.3 Tanlash risklari va natijalarini baholash
Auditorlik tashkiloti tanlov hajmi (ko’lami)ni aniqlash chog’ida tanlash risklarini, yo’l qo’yiladigan va kutiladigan xatolarni aniqlashi lozim.
Тanlash riskining mazmuni shundan iboratki, tanlab olingan ma’lumotlar asosida tuzilgan, ma’lum masalaga doir auditorning fikri xuddi shu masalaning o’zi bo’yicha butun to’plamni o’rganish asosida tuzilgan fikrdan farq qiladi. Тanlash riski nazorat vositalarini test sinovidan o’tkazishdagi kabi, schyotlar bo’yicha qoldiq va oborotlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning to’g’riligini batafsil tekshirishda ham mavjud. Auditorlik amaliyotida nazorat vositalarini test sinovidan o’tkazish va schyotlar bo’yicha qoldiq hamda oborotlarning to’g’riligini tekshirish uchun tanlash risklari birinchi darajali va ikkinchi darajali toifalarga bo’linadi.
Nazorat vositalarini test sinovidan o’tkazishda tanlash risklarining quyidagi turlari mavjud:
a) birinchi toifa risklar -tanlash natijalari nazorat tizimining ishonchsizligidan dalolat berib, ayni paytda haqiqatan bu tizim ishonchli bo’lganida to’g’ri gipotezani chiqarib tashlash riski;
b) ikkinchi toifa risklar -tanlash natijalari nazorat tizimining ishonchliligidan dalolat berib, ayni payida ushbu tizim ishonchsiz bo’lganida noto’g’ri gipotezani qabul qilish ehtimoli.
Schyotlar bo’yicha qoldiq va oborotlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishnig to’g’riligini batafsil tekshirishda quyidagi tanlash xatarlari mavjud:
a) birinchi toifa xatarlar -tanlash natijalari tekshiriladigan to’plamda jiddiy xatolar mavjudligidan dalolat berib, ayni paytda ushbu to’plamda bunday xatolar yo’q bo’lganida to’g’ri gipotezani chiqarib tashlash xatari;
b) ikkinchi toifa xatarlar -tanlash natijalari tekshiriladigan to’plamda jiddiy xatolar yo’qligidan dalolat berib, ayni paytda ushbu to’plamda jiddiy xatolar mavjud bo’lganida noto’g’ri gipotezani qabul qilish xatari.
Auditorlik tashkiloti auditorlik tanlashning barcha bosqichlarini va uning natijalari tahlilini auditorning ishchi hujjatlarida aks ettirishi shart.
Tanlash tavakkalchiligi. Jamlanmaning hajmi (o’lchamini) belgilashda auditorlik tashkiloti tanlash tavakkalchiligini, yo’l qo’yilgan va kutilayotgan xatolarni aniqlashi kerak. Tanlash shundan iborat bo’ladiki, auditorning tanlash ma’lumotlari asosida yuzaga kelgan, muayyan masalalar bo’yicha fikri, xuddi shu masalalar bo’yicha butun jamlanmani o’rganish asosida yuzaga kelgan fikrlardan farq qilishi mumkin. Tanlash tavakkalchiligi nazorat tizimi vositalarini testdan o’tkazishda ham, buxgalteriya hisobida hisobvaraqlar bo’yicha oborotlarni va saldolarning to’g’ri aks ettirilganligini tekshirishda ham mavjud bo’lishi mumkin.
Tanlash uchun auditorlik tashkilotining majburiyatlari:
Tanlashga kirib qolgan har qanday xatoni tahlil etish
Tanlashni amalga oshirishda olingan natijalarni butun tekshirilayotgan jamlanmaga ekstrapolyatsiyalash, ya’ni tatbiq etish
Tanlash tavakkalchilik larini baholash
Auditorlik tanlash tavakkalchiligiga ta’sir etuvchi omillar :
Oddiy hisob-kitoblarga qaraganda murakkab hisob-kitoblar moddiy jihatdan buzib ko’rsatish ehtimolining katta darajasiga ega bo’ladi.
Naqd pullar o’g’irlanishi mumkin
Nisbatan barqaror fakt ma’lumotlaridan iborathisobvaraq (schyot)larga qaraganda smeta taxminlaridan kelib chiqadigan summalardan iborat bo’lgan hisob-varaqlar ko’proq tavakkalchilik darajasini yuzaga keltiradi
Texnologik yutuqlar zaxiralarni anchagina oshirish sababchisi bo’lib,har qanday aniq mahsulotni eskirgan mahsulotga aylantirishi mumkin
Tushkunlik holatida bo’lgan, biznesda anchagina miqdorda muvaffa qiyatsizliklar va etarli bo’lmagan obo rot kapitali bilan tavsiflanadigan tarmoq mijoz kompaniyasining rahbar iyati moliyaviy hisobot ni buzishga borishi uchun moyillik tug’diradi
Auditorlik tanlash xatarinining yuzaga kelishiga sabab bo’luvchi omillar
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining ayrim jihatlarini tartibga soladigan, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishga bevosita ta’sir ko’rsatmaydigan me’yoriy hujjatlarning mavjudligi
Me’yoriy-huquqiy hujjatlar me’yorlarini turlicha talqin etish mavjudligi ehtimoli
Auditor tomonidan olinadigan ko’p dalillar, ular isbotlash tusida emas, balki axboriy xususiyatga egadir
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning butun haqiqiy faoliyatini aks ettira olmaydigan ichki hisob va nazorat tizimlariga xos bo’lgan cheklashlar
Dostları ilə paylaş: |