Tizim talablari
|
Autentifikatsiya texnologiyasi
|
Amaliy misollar
|
Past
|
Tizimga kirish uchun autentifikatsiyani amalga oshirish talab qilinadi va o'g'irlik, buzish, maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilish jiddiy oqibatlarga olib kelmaydi
|
Tavsiya etilgan minimal talab - qayta ishlatiladigan parollardan foydalanish
|
Internet-portalda ro'yxatdan o'tish
|
O’rta
|
Tizimga kirish uchun autentifikatsiya talab qilinadi va o'g'irlik, buzish, maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilish ozgina zarar etkazadi
|
Tavsiya etilgan minimal talab - bir martalik parollardan foydalanish
|
Bank tomonidan operatsiyalarni amalga oshirish
|
Yuqori
|
Tizimga kirish uchun autentifikatsiya talab qilinadi va o'g'irlik, buzish, maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilish katta zarar etkazadi
|
Tavsiya etilgan minimal talab - ko'p faktorli autentifikatsiyadan foydalanish
|
Boshqaruv xodimlari tomonidan yirik banklararo operatsiyalarni o'tkazish
|
Amaliy ish
Google parollar dispetcheri parollaringizni tahlil qiladi va zaif, takrorlangan yoki o'g'irlangan parollarni topadi. Google-ning onlayn parolni saqlash xizmati endi oddiy, takrorlangan yoki o'g'irlangan parollarni aniqlash uchun saqlangan parollarni tekshirishi mumkin. Parol xavfsizligini tekshirish allaqachon barcha foydalanuvchilar uchun mavjud. Siz saqlangan Google parollar dispetcherida tekshiruvni mustaqil ravishda boshlashingiz mumkin.
Buning uchun quyidagilarni bajaring:
Brauzerdan https://myaccount.google.com/security sahifasini oching. Google accauntizga kiring. Sahifadagi chap tomondagi oyndan “Безопасность” tanlab “Диспетчер паролей “ yozuvini tanlang.
Ochilgan sahifada barcha saqlangan parollarning ro'yxati paydo bo'ladi va yuqori qismda “Проверить пароли” opsiyasi mavjud bo'ladi.
Keyingi sahifada funktsiya qanday ishlashi tasvirlangan. “Проверить пароли” parollarni tekshirish tugmasini bosing.
Sizdan hisob qaydnomangiz parolini kiritish talab qilinadi. Parolingizni kiriting va “Далее” ni bosing. Xizmat parollarni tekshiradi va ularni guruhlarga ajratadi: o'g'irlangan parollar, takroriy va oddiy parollar.
Dostları ilə paylaş: |