iSpring dasturining interfeysi EAT resurslari ichida kiruvchi ma’lumotnomalar va lug‘atlarni yaratish uchun iSpring Kinetics dasturini keltirish mumkin. iSpring Visualsning quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud: • birоr-bir fan bo‘yicha elektron ko‘rinishdagi qulay bo‘lgan glossariy, ma’lumotnoma yoki lug‘at yaratish; • vaqt shkalasini yaratish; • 3 o‘lchovli kitob yaratish; • FAQ yaratish mumkin.
iSpring Kinetics dastur imkoniyatlari EAT resurslari ichida kiruvchi elektron nazorat turlarini yaratish uchun iSpring QuizMaker dasturini keltirish mumkin. iSpring QuizMaker quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud: • tаrmoqlangan testlar yaratish imkoniyati (adaptatsiyalashtirilgan testlarni yaratish) imkoniyati; • ikki, uch, to‘rt yoki besh javobli yopiq test topshiriqlari, ulardan biri to‘g‘ri, ikkitasi haqiqatga yaqinroq turidagi topshriqlari; • bir necha to‘g‘ri javobli yopiq test topshiriqlari; • ochiq test topshiriqlari; • o‘xshashlikni aniqlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar; • to‘g‘ri ketma-ketlikni aniqlashga mo‘ljallangan topshiriqlarni yaratish imkoniyati.
Kompyuter yordamida onlayn taqdimotlar va elektron o‘quv kurslarini yaratuvchi zamonaviy dasturlardan biri iSpring Suite dasturlar to‘plamidir. iSpring Suite dasturlar paketiga
iSpring Pro, iSpring QuizMaker, iSpring Kinetics jamlangan. Bu dasturlardan iSpring QuizMaker dasturi audio, video fayllar, tasvir va formulalar yordamida interaktiv testlar va anketalar yaratadi. Interaktiv testlarni iSpring QuizMaker dasturi yordamida tuzish uchun kompyuterga iSpring Suite dasturi bilan Adobe Flash (operatsion tizim razryadiga ko‘ra 32 va 64 bitli) dasturi o‘rnatilishi talab etiladi.dastur o‘rnatib bo‘lingach Pusk menyusidan
Bu oyna dasturning ishchi oynasi hisoblanadi. Ishchi oynaning Dobavit test bo‘limidan test yaratish amali boshlanadi. Ushbu bo‘limda pedagogik testlar turlarining 11ta turi keltirilgan ularni kerakligini tanlab test tuzishimiz mumkin. Ular quyidagilar: 1. Verno/neverno(to‘g‘ri/noto‘g‘ri) test turi –bunda savol berilib to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javobini tanlanadi; 2. Odinochnыy vыbor( bitta javobni tanlash) – bir necha variatdan kerakli javobni tanlash; 3. Mnojestvennыy vыbor(bir necha javobni tanlash); 4. Vvod stroki( satr kiritish) – javobni satrga kiritish yo‘li bilan javob berish; 5. Sootvetstvie(mos keltirish) – savollarni javoblariga mos keltirib qo‘yishorqali javob berish; 6. Poryadok (tartib) – javobni kerakli tartibga keltirib javob berish; 7. Vvod chisla(sonni kiritish) – satrga savol javbiga mos sonni kiritib javob berish; 8. Propuski (tushirib qoldirilgan) –tushirib qoldirilgan so‘zlarni kerakli joyga qo‘yib yozish; 9. Vlojennыe otvetы(jamlagan javoblar)–jamlangan javoblar ichidan to‘g‘ri javobni tanlash orqali javob berish; 10. Bank slov( so‘zlar ombori) –so‘zlar omboridan kerakli so‘zlarni to‘g‘ri ketma ketlikda qo‘yish orqali javob berish. Bunda so‘zlar omboriga so‘zlarni ham kiritish kerak bo‘ladi. 11. Aktivnaya oblast (faol soha) –rasmda aktiv sohani tanlab javob beriladi. Bunda rasmning biror sohasini tanlash kerak bo‘lgan savol kiritiladi.