Mavzu: “avesto” – Zardushtiylikning muqaddas kitobi sifatida



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə2/2
tarix24.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#121374
1   2
Kurashda harakatlar jarayonida himoya vositalaridan foydalanish

Oldindan chalish Boshlang‗ich holat. Hujum qiluvchi o‗ng oyoq bilan, sherigi esa chap oyoq bilan tik turadi. Hujum qiluvchi chap qo‗li bilan sherigining kiyimini chap tirsak ostidan, o‗ng qo‗li bilan esa kiyimining yelkasidan yoki umrov suyagi ustidan ushlab oladi. Hujum qiluvchi gavdasini burish, qo‗li va tanasini chapga siltash bilan sherigini o‗z gavda og‗irligini oyoq uchlariga o‗tkazishga majbur etadi. So‗ngra, chapga tez aylanib, chap oyog‗ini yon bo‗ylab orqaga chapga olib boradi. Shu bilan bir vaqtda, chap oyoq uchini aylantira borib, uni sherigining chap oyoq uchi yo‗nalishida turadigan qilib gilamga qo‗yadi. O‗ng oyog‗ini oldindan chaladigan qilib shunday qo‗yadiki, uning tizza ostidagi bukulishi sherigining o‗ng tizzasiga tayansin. Bunday holatda gavda og‗irligi chap oyoqqa o‗tkaziladi. Bunda o‗ng oyoq esa to‗la rostlashishi va butun oyoq tagi to‗shakka tegib turishiga ahamiyat berish kerak. Ikkala qo‗li va gavdasi bilan chap oyog‗ini yoniga tashlaydi. Chap qo‗l bilan sherigi to‗nining o‗ng yengini ushlab qolib, uni himoya qilish kerak.
Ilib uloqtirish Ilish – usulning shunday bir elementiki, bunda kurashchi bukilgan oyoq, boldir, oyoqning yuzi yoki tovon bilan raqibning oyoqini ushlab turadi yoki o‗ziga tortadi. Bunda kurashchi oyog‗ini tizzadan bukib, bukilgan oyog‗ini raqibi oyog‗ining tizzadan pastki qismiga qo‗yadi, oyoq yuzi bilan esa uning boldirini pastki tomondan siqadi hamda qo‗l va gavda harakati bilan raqibini to‗shakka yiqitadi. Ilish bilan uloqtirishni quyidagi hollarda qo‗llash qulay: a) raqib oyoqlarini keng ochib turganda; b) raqibi bir zum oyoqda turib qolganda. Bu holda hujum qiluvchi raqibni qo‗li va gavdasi bilan itarib, uni muvozanatdan chiqaradi va yiqitadi; v) raqibi gavda og‗irligini oyoq uchiga o‗tkazayotgan vaqtda; g) raqibi oyog‗ini bukish vaqtida, engashganda yoki oyog‗ini orqaga o‗zatganda; d) hujum qiluvchi oldinga qadam tashlab, oyog‗ini raqibning oyoqlar orasiga qo‗yganda; e) hujum qiluvchi raqibga nisbatan yoki orqasi bilan o‗girilganda. Ilish variantlari juda kam. Ulardan ba‘zilarini keltiramiz: hujum qiluvchi qo‗llarini raqib qo‗llari tagidan o‗tkazib, uning gavdasini ushlaydi, oyoqlari bilan esa raqib boldirini tashqaridan ilib oladi. Polvon raqibini uloqtirish uchun bir qo‗li bilan uni to‗nining yelkasidan va ikkinchi qo‗li bilan belbog‗idan ushlab, uning boldirini ichki tomondan ilib oladi. Oyoqni tizzadan bukib, raqib tizzasini ichki tomondan ilishning asosiy varianti va oldinga-chapga uloqtirish. Oyoqning ustki tomoni va tovon bilan ilish mumkin. Tovon bilan ilish. Dastlabki holat – har ikki kurashchi o‗ng oyoq bilan tik turadi, hujum qiluvchi raqibini belbog‗idan ushlab oladi, uni o‗ziga tortadi va chap oyog‗i bilan oldinga bir qadam tashlaydi, tovonini raqibning o‗ng oyog‗i bilan bir xil qo‗yadi, tovon bilan raqib tovonini ichki tomondan iladi, oyog‗ini orqaga keskin harakatlantirib, gavdani chapga-o‗ngga burib, gavdasi bilan raqibini itaradi va uni kuraklariga yiqitadi.
Kurashda usullar texnikasi va harakatlar taktikasi bir butun holatda namoyon bo‗ladi. Texnika-kurash priyomlarini bajarish uslubi, taktika esa kurash vaqtida turli xil vazifalarni hal etish uchun texnik harakatlarini qo‗llash usulidir. Bunda o‗zi hamda raqibining imkoniyatini hisobga olish kerak, albatta. Kurashish usullari va harakatlariga o‗rgatish, ularni takomillashtirishni quyidagi prinsip asosida ya‘ni priyom harakatlariga o‗rgatish va ularni takomillashtirish har bir priyom va harakatlarni ularni kombinatsiyalarini tushunish asosida olib borish lozim. Texnik tayyorgarlik – o‗quv-trenirovka protsessining eng muhim tomoni. O‗quv yillari davomida takomillashtiriladi va individuallashtirib boriladi. Shuning uchun ham unga katta e‘tibor beriladi. Sportchining texnikasi qanchalik boy bo‗lsa, hamda u kurashdagi ayrim priyomlar va harakatlarning taktik ma‘nosini qanchalik yaxshi tushunsa, uning taktik mahorati shunchalik yuqori bo‗ladi. Kurashchining texnik tayyorgarlik darajasining yuqori bo‗lishligi bu texnik tayyorgarlikka, ya‘ni kurash sohasidagi harakat ko‗nikmalarini konkret ravishda tarkib topdirish, ularni takomillashtirish, shu bilan birga eng muhim jismoniy va irodaviy sifatlarni rivojlantirishga bog‗liq ekanligiga asoslanishi kerak. Shu sababli kurash maktabi bilan belgilangan harakat priyomlari va ish ko‗rish usullarini tarkib topdirish va takomtllashtirishda faqat usullar texnikasini egallab olish emas, balki turli raqiblar kurashganda, shu texnikani mohirona qo‗llash muhimdir. Bu – sportchi kurash texnikasini yuksak darajada egallangan bo‗lishi va kurash vaziyatida g‗alabaga erishish uchun mana shu texnikani mohirona qulay bilishi, ya‘ni rangbarang taktikaga ega bo‗lishi kerak, degan gapdir. Bularning hammasi texnika va taktika bir-biri bilan o‗zaro chambarchas bog‗lanibgina qolmay, balki axloqiy va irodaviy tayyorgarlik jihatidan ham o‗zaro bog‗liq ekanligidan dalolat beradi.
Kurashchilarning bellashuvi tayyorlovchi va asosiy taktik harakatlardan iboratdir. Tayyorlovchi harakatlar – ular musobaqa qoidalari tomonidan yo‗l qo‗yiladigan, hujum va himoya harakatlarining muvaffaqiyatini ta‘minlaydigan harakatlardir. Kurashish bellashuvida bular razvedka, raqibining zaif tomonlarini qondirish, manyovr qilish hamda o‗z rejalalari harakatlari va holatidan iborat. Razvedka – kurashchining raqib to‗g‗risida, uning gavda tuzilishi, xususiyatlari, sifatlari imkoniyatlari va holati haqida: kurash olib borish uslubi – aktiv yoki passiv, hujumkor yoki himoyalanuvchi kurashchiligi to‗g‗risida: uning yaxshi ko‗rgan harakatlari, o‗y-fikrlari va hokazolar haqida tashqi va ichki axborotlar olishga qaratilgan hatti-harakatlardir. Razvedka bellashuvidan oldin va bevosita bellashuv vaqtida ham olib boriladi. Bellashuvgacha sportchi raqibning familiyasi, millati, malakasi, unvoni haqida umumiy ma‘lumot oladi: uning taxminiy bo‗yini, tashqi ko‗rinishini, holatini va hokazolarni aniqlaydi. Bellashuv vaqtida sportchining eng sevimli turish holati qandayligini, qanday masofada turishini, qanday ushlash usulini qo‗llashini va ularning kuchini, oyoqlari bilan qanday harakat qilishga intilayotganini, biror usulni bajarish uchun tayyorgarlikni qanday olib borishini, niyatlarini, qanday hujum qilishi, himoyalanishini va qarshi hujum qilishini, ularning kuchi qandayligini, chaqqonligi va chidamliligini aniqlash ayniqsa muhimdir. Razvedka ko‗proq tayyorlovchi xarakterdagi haqiqiy va soxta harakatlar bilan hamda kurashish sevimli usullarini qo‗llash bilan olib borilishi mumkin. Kurashish vaqtida kurashchi psixolog bo‗lishi – raqibining holatini bilishi; fiziolog bo‗lishi – harakatlari, nafas olishi va ter chiqishiga qarab raqibining holatini bilishi; artist bo‗lib, raqibni soxta harakatlar bilan aldab, to‗g‗ri usul qo‗llashdan adashtirib o‗ynashi, raqibga o‗z kurash rejasini majbur etuvchi va bu bilan o‗z rejasini qat‘iy amalga oshiruvchi hamda g‗alabaga erishuvchi mard, irodali sportchi bo‗lishi kerak.
Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin