Ko’pincha tajribada qattiq jism temperaturasining o’zgarishini ham hisobga olishga to’g’ri keladi. Bunday sharoitda avtoelektron emissiyaning tok zichligi quyida keltirilgan empigik tenglama asosida h
Ko’pincha tajribada qattiq jism temperaturasining o’zgarishini ham hisobga olishga to’g’ri keladi. Bunday sharoitda avtoelektron emissiyaning tok zichligi quyida keltirilgan empigik tenglama asosida hisoblab topiladi.
Agar temperatura T > 0 bo’lsa va tashqi maydon kuchlanishi E=0 bo’lsa, bu formuladan Richardson-Deshman formulasi hosil bo’ladi.
Avtoelektron emissiyaning chegaraviy tok zichligi.
ga
yetkazish imkoniyati bor, lekin amalda 10 7 ÷10 9 A/sm 2 oraliqda bo’ladi.
Avtoelektron emissiya hodisasini fan va texnikada qo’llanilishi.
Avtoelektron emissiya hodisasini fan va texnikada qo’llanilishi.
Umuman olganda, avtoelektron emissiya oxirgi o’n yillar ichida sezilarli tarzda amaliyotga tadbiq etila boshlandi. Avtokatodlar vakuum mikroelektronikasining turli elementlarida qo’llanila boshlandi: tranzistorlar, chastotani aylantirgichlar, kuchaytirgichlar, turli tipdagi presizion bosim datchiklari, mikrotirqishlarni boshqarish, rostlash va boshqalar.
Rassel Yang tunnel mikroskopi g’oyasini taklif etdi va uni amalda ruyobga keltirdi. Bir necha yildan keyin esa, Gerd Binnig va Genrix Rorer atomni ajrata olish qobiliyatiga ega skanlovchi tunnel mikroskopni yaratishdi. Ularning bu yutug’i 1986 yili Nobel mukofoti bilan taqdirlandi (E.Ruska bilan birgalikda).
Hozirgi davrda skanlovchi tunnel mikroskopi yordamida o’tkazilgan tadqiqotlar sirt strukturasi, adsorbsiya, epitaksiya, erish, sirtdagi diffuzion hodisalar, kataliz to’g’risidagi tasavvurlarini tubdan o’zgartirib yubordi.
Oxirgi yillarda eng ko’zga ko’ringan yutuqlar quyidagilar:
Oxirgi yillarda eng ko’zga ko’ringan yutuqlar quyidagilar:
1. Ko’p tig’li avtokatodlar asosida displeylarning yangi sinfi yaratildi. Bunday displeydagi ko’p tig’li avtokatod bir kvadrat santimetrda millionlab va o’n millionlab tig’i bo’lgan o’ziga xos “tipratikon” dir. Bunday ko’p tig’li gilam qarshisida mikromasofada uyali anod shunday o’rnatiladiki, har bir tig’ tegishli uyali yacheyka ichida joylashadi. Tig’ning radiusi juda kichik (20-30 ), va katod-anod orasidagi masofa bor-yo’g’i 1-2 mkm bo’lganligi sababli, avtoelektron emissiyani olish uchun talab qilinadigan kuchlanish ancha past – bor-yo’g’i o’n, maksimum yuz voltlar tartibida. Bu jihat, ravshanligi, aniqligi va ajrata olish qobiliyati sezilarli tarzda yuqori bo’lgan yassi displeylarni yaratishga imkon berdi, uyali anod bilan ko’p tig’li asos rasmda keltirilgan.