Konstruksiyalash tushinchasi. Loyihalash jarayoni ichida, hisoblash bosqichlari bilan birga tajriba tadqiqoti, ko’pincha konstruksiyalash jarayoni deb yuritiladi.
Konstruksiyalash — ishlanadigan ob’ektni bunyod qilishni material obrazi faoliyati,natural ko’rinishini tuzish ishiva uning grafik aksi. Bu model va ko’rinishlar ,shuningdek buyimni bazibir ko’rinishlari konstruktsiya deb ataladi.
Ko’pincha «konstruksiya»so’zi «tuzilish», «ko’rinish»sifatida foydalaniladi, Konstruksiyalash ko’pincha amalga oshiriladi:
- chizma asboblar yordamida qo’lda, masalan chizma stolda;
- avtomatlashtirilgan holda — loyihalash ishlarini avtomatlashtirish yordamida loyihalash ishlarini avtomatlashtirish
Avtomatlashtirilgan loyihalash ta‘minoti matematik ta’minoti asosini algoritmlar tashkil qiladi; bu algoritmlar bo‘yicha avtomatlashtirilgan loyihalash ta‘minotining dasturaviy ta’minoti ishlab chiqiladi. Avtomotlashtirilgan loyihalash ta‘minotida matematik ta’minotning elementlari har xil bo‘ladi. Ular ichida invariant elementlar – funktsional modellarni tuzish printsiplari, algebraik va differentsial tenglamalarning sonli yechimi metodlari, ekstremal masalalarni qo‘yish, ekstrimumni qidirishlar mavjud. Matematik ta’minotni ishlab chiqish avtomatlashtirilgan loyihalash ta‘minoti yaratishdagi eng murakkab bosqichdir; unumdorligi va ishlashining samaradorligi ko‘p jihatdan unga bog‘liq.
Avtomotlashtirilgan loyihalash tizimining dastur ta‘minotining vazifasi va amalga oshirish usullari bo‘yicha ikki qismga bo‘linadi:
1) matematik metodlar va ular asosida tuzilgan, loyihalash ob’yektlarini tavsiflovchi matematik modellar;
2) avtomatlashtirilgan loyihalash texnologiyasining formalashgan bayoni.
Ushbu jarayon rivojida ikkita istiqbolli yo‘nalishni ajratish mumkin:
1. Optimal loyihaviy yechimlarni olish metodlarining, jumladan avtomatlashtirilgan loyihalashga yo‘nalgan metodlarning rivoji;
2. Loyihalanayotgan ob’yektlarning turlariga invariant avtomatlashtirilgan loyihalash jarayonlarining o‘zini takomillashtirish va tipiklashtirish.
Avtomatlashtirilgan loyihalash ta‘minotining dasturaviy ta’minoti avtomatlashtirilgan loyihalashni bajarish uchun zarur bo‘lgan hamma dasturlar va ekspluatatsion hujjatlaridan iborat. Dasturaviy ta’minot umumtizimiy va maxsuslarga bo‘linadi. Umumtizimiy dasturiy ta‘minot texnikaviy vositalar funktsiyalarini tashkil qilish uchun, ya’ni hisoblash jarayonini rejalashtirish va boshqarish, mavjud resurslarni taqsimlash uchun mo‘ljallangan va EHM hamda hisoblash komplekslarining operatsion tizimlari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Umumtizimiy dasturiy ta‘minot odatda ko‘p ilovalar uchun yaratiladi va avtomatlashtirilgan loyihalash ta‘minoti spetsifikasini aks ettirmaydi.
Maxsus dasturiy ta‘minotda loyihalash protseduralarini bevosita bajaradigan matematik ta’minot realizatsiya qilinadi. Maxsus dasturiy ta‘minot odatda amaliy dasturlar paketi ko‘rinishida bo‘ladi; ulardan har biri loyihalash jarayonining ma’lum bosqichini yohud turli bosqichlar ichidagi bir turdagi masalalar guruhini boshqaradi. Avtomatlashtirilgan loyihalash ta‘minotini tashkil qilish hamda uni yaratish va undan foydalanish samaradorligiga ta’sir qiluvchi dasturiy ta‘minotning printsipial xususiyatlari. Elektron hisoblash mashinalari rivojlanishi va takomillashgani sari umumtizimiy dasturiy ta‘minotning operatsiontizim kabi komponentining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Zamonaviy hisoblash tizimining foydalanuvchilar ixtiyoriga berayotgan imkoniyati texnikaviy qurilmalarga nisbatan ko‘proq operatsion tizimlar bilan aniqlanmoqda. Elektron hisoblash mashinalarida turli masalalar yechilishini, ma’lumotlarni uzatish kanallarini va tashqi qurilmalarni masalalar orasida dinamik taqsimlashni, masalalar oqimini rejalashtirishni va ularni belgilangan mezonlarni hisobga olgan holda yechilishining ketma-ketligini, hisoblash kompleksi xotirasini dinamik taqsimlashni bir vaqtning o‘zida tashkil qiladi. Lekin OT o‘z faoliyati uchun ma’lum resurslarni: protsessor, tashqi va asosiy xotiralarni talab qiladi. OTning imkoniyati qanchalik ko‘p bo‘lsa, unga shunchalik ko‘p resurslar talab qilinadi.
Avtomatlashtirilgan loyihalsh ta‘minoti dasturaviy ta’minoti yaratilayotganda bazaviy dastur ta‘minoti ishlab chiqiladigan ob’yektlar qatoriga kirmaydi. Geometrik va grafik informatsiyalarga ishlov berish, ma’lumotlar bazasini shakllantirish va undan foydalanish uchun mo‘ljallangan bazaviy dastur ta‘minoti bunga misol bo‘la oladi. Quruvchining avtomatlashtirilgan ishchi joyibmashina grafikasining bazaviy dastur ta‘minoti yaratildi va tasdiqlandi. Uning asosini grafik kiritish-chiqarish amaliy dasturlar paketi tashkil qiladi; bu paket amaliy dastur bilan va grafikaviy qurilmalar to‘plami orasida funktsional interfeysni qurilmalar drayveri va grafikaviy drayverlar yordamida ta’minlaydi. Uning asosida ishlab chiqilgan grafikaviy hujjatlashtirishning amaliy dasturlar paketi esa maxsuslashgan dasturaviy ta’minot tarkibiga kiradi. Grafikaviy hujjatlashtirishning amaliy dasturlar paketi translyatsiya qilish, vizuallashtirish, chizmalar namunaviy elementlari bayonini saqlash uchun alohida masalalar to‘plami hamda amaliy dasturlar paketini yaratish uchun modullar kutubxonasi, kutubxonadan bayonlarini tanlab olish va ularning tasvirini olish to‘plamlaridan iborat.
Standartlashtirilgan loyihalash protseduralarini amalga oshiradigan, tarkibiga shunday bazaviy dasturiy ta‘minot kiritilgan APJlaridan foydalanish avtomatlashrilgan loyihalsh tizimining dasturaviy ta’minotini yaratish mehnatini sezilarli darajada yengillatadi. Lekin hamma hollarda ham avtomotlashtirilgan loyihalashni yaratuvchilar amaliy dasturiy ta‘minotni ishlab chiqishlari lozim bo‘ladi. Hisoblash texnikasi qo‘llaniladigan soha kengayib borishi va loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish masalalari murakkablashib borishi bilan dasturlashning murakkabligi mehnati ortib boradi. Loyihalovchilar loyihalash jarayonida loyihaviy yechimlarni bevosita ishlab chiqish uchun foydalanishadigan ma’lumotlar avtomotlashtirilgan loyihalash ta‘minoti informatsion ta’minoti asosini tashkil qiladi. Ushbu ma’lumotlar turli olib yuruvchilardagi u yoki bu ko‘rinishdagi hujjatlar ko‘rinishida taqdim qilinishi mumkin; bu olib yuruvchilarda materiallar komplektlovchi buyumlar, namunaviy loyihaviy yechimlar, elementlar parametrlari haqidagi ma’lumot tavsifidagi axborotlar hamda oraliq va natijaviy loyihaviy yechimlar, loyihalanayotgan ob’yektlar strukturasi va parametrlari va shu kabilar ko‘rinishidagi joriy ishlamalarning holati haqidagi ma’lumotlar bo‘ladi.
Bunda bir o‘zgarish natijasi bo‘lgan ma’lumotlar boshqa jarayon uchun boshlang‘ich ma’lumot bo‘lishi mumkin. avtomatlashtirilgan loyihalsh tizimining hamma komponentlari tomonidan foydalaniladigan ma’lumotlar majmui avtomotlashtirilgan loyihalash tizimining informatsion fondini tashkil qiladi. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi informatsion texnologiyalarning asosiy funktsiyasi – informatsion fondni boshqarishdir, ya’ni ma’lumotlarga kira olishni hosil qilish, qo‘llab-quvvatlash va tashkil qilishni ta’minlaydi. Shunday qilib avtomotlashtirilgan loyihalash tizimi informatsion tizimi– informatsion fond va uni boshqarish vositalarining majmuidir.
Avtomotlashtirilgan loyihalash tizimi informatsion fondi tarkibiga quyidagilar kiradi:
1. Dasturaviy modullar; ular belgi ob’yektaviy matn ko‘rinishida saqlanadi. Avtomotlashtirilgan loyihalash tizimining hayotiy sikli davomida bu ma’lumotlar kam o‘zgaradi, belgilangan o‘lchamlarga ega bo‘ladi va informatsion fond yaratilishi bosqichida paydo bo‘ladi. Bu ma’lumotlarning iste’molchilari – avtamatlashtirilgan loyihalash tizimi turli nimtizimlarining monitorlaridir;
2. Boshlang‘ich va natijaviy modullar; ular bir ko‘rinishdan ikkinchisiga o‘zgarish jarayonida dasturaviy modullarni bajarishda zarur. Loyihalash jarayonida bu ma’lumotlar tez-tez o‘zgarib turadi, lekin ularning turi o‘zgarmas bo‘lib, bu tur mos dasturaviy modul bilan aniqlanadi. Oraliq ma’lumotlarni tashkil qilishda turli turdagi ma’lumotlarni o‘zaro muvofiqlashtirish jarayonida tafovutli vaziyatlar vujudga kelishi mumkin;
3. Me’yoriy ma’lumotnomaviy loyihaviy hujjatnoma o‘z ichiga materiallar, sxemalar elementlari, unifikatsiyalashgan uzellar konstruktsiyalar haqidagi so‘rov ma’lumotlarni oladi. Odatda bu ma’lumotlar yaxshi strukturlangan va faktografik ma’lumotlar qatoriga kiritish mumkin. Davlat va tarmoq standartlari, amal qilinadigan materiallar va yo‘riqlar, namunaviy loyihaviy yechimlar, qat’iy belgilangan hujjatlar va me’yoriy ma’lumotnomaviy loyihaviy hujjatnomaga kiradi;
4. Loyihalashning borishida dialogni tashkil qilish maqsadida informatsiyani displey ekranida tasvirlash imkonini beradigan va kadr shaklini belgilaydigan o‘zaro bog‘langan ma’lumotlar majmuini ifodalaydigan displeylar ekranlarining mazmuni. Odatda bu ma’lumotlar avtomotlashtirilgan loyihalash tizimi hayotiy tsikli davomida o‘zgarmaydi; qat’iy belgilangan o‘lchamga ega bo‘ladilar va o‘zlarining xarakteristikalari bo‘yicha dasturaviy modullar va boshlang‘ich ma’lumotlar orasida o‘rin egallaydi; berilgan dialog grafigi realizatsiyasi jarayonida avtomotlashtirilgan loyihalash tizimi dialogli tizim tomonidan foydalaniladi;
5. Joriy loyihaviy informatsiya; loyiha holati va bajarilishining borishini aks ettiradi. Odatda bu informatsiya bo‘sh strukturalangan, loyihalash jarayonida tez-tez o‘zgaradi va matnli hujjatlar shaklida ifodalanadi. Avtomotlashtirilgan loyihalash tizimi informatsion fondini boshqarish usullarini tanlashda printsiplarni ta’riflash va informatsion fond, ma’lumotlarni strukturalash vositalarini aniqlash, ma’lumotlar massivlarini boshqarish usullarini tanlab olishning ahamiyati katta.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2002 yil 30 maydagi «Kompyutеrlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya tеxnologiyalarini joriy etish» to`g`risidagi Farmoni.
Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi «Kompyutеrlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya tеxnologiyalarini joriy qilish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 200-sonli Qarori.
“Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to`g`risida”gi O`zbеkiston Rеspublikasi qonuni. – T., “Xalq so`zi”, 2004 yil 11 fеvral.