Mavzu: Axborot kutubxona fondi tushinchasi va kutubxona fondshunosligi


Axborot-kutubxona fondining o‘ziga xos belgi va xususiyatlari



Yüklə 31,4 Kb.
səhifə2/5
tarix02.05.2023
ölçüsü31,4 Kb.
#106064
1   2   3   4   5
Axborot kutubxona ondi

Axborot-kutubxona fondining o‘ziga xos belgi va xususiyatlari.
Respublikamiz aholisini axborot kutubxona resurslari bilan ta’minlashda Axborot kutubxona markazlari hamda Axborot resurs markazlari tashkil etlgan bo‘lib, ularning xizmat ko‘rsatish 123 ko‘lamiga ko‘ra, axborot-kutubxona fondlarining mazmuni va belgilangan maqsadiga ko‘ra universal hamda maxsus axborotkutubxona muassasalariga bo‘linadi.
Universal axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona fondlarini bilimning turli sohalari bo‘yicha shakllantiradi va turli toifadagi foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantiradi. Maxsus axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona fondlarini bilimning bir yoki bir necha turdosh sohalari bo‘yicha shakllantiradi va ayrim toifadagi foydalanuvchilarning axborotga bolgan ehtiyojlarini qanoatlantiradi. Axborot-kutubxona fondini shakllantirish axborot-kutubxona muassasasining maqsadlari va vazifalariga muvofiq uni jamlash, hisobga olish, ishlovdan o‘tkazish, joylashtirish va saqlash orqali amalga oshiriladi1.
Har xil turdagi kutubxonalar fondini to‘ldirishda umumiy xususiyatlar mavjud. To'ldirishning prinsiplari, ilmiy asoslangan shart-sharoitlari, turi va usullari hamma kutubxonalar uchun umumiy sanaladi. Lekin har bir turdagi kutubxona fondini to‘ldirishda o‘ziga xos xususiyatlarga amal qiladi. Kutubxona fondini to‘ldirish va uni tashkil qilish nazariyasi va amaliyotida kitobxonlar tarkibini belgilaydigan kutubxona tipologiyasi (turi) dan kelib chiqiladi. Masalan: universal kutubxonalar o‘z fondini keng kitobxonlar doirasiga mo‘ljallasa, ilmiy va maxsus kutubxonalar asosan ilmiy xodimlar, mutaxassislarga mo‘ljallab kitob olishga harakat qiladi. Kutubxonaning turi fondning miqdori va tarkibini, ular oladigan nashr turi va tipini belgilab beradi. Masalan: universal kutubxonalar ilmiy-ommabop, badiiy adabiyot, darsliklar, texnika adabiyotlar ini olsa, ilmiy kutubxonalar fondida monografiyalar, maxsus nashrlar, xorijiy tildagi kitoblar mavjud bo‘ladi. Har xil turdagi kutubxonalar o‘z fondi uchun kitoblar tanlashda ham farq qiladilar.
Tanlab to‘ldirish fonddan foydalanish darajasini oshiradi. Masalan, respublika kutubxonalari yerli xalq tilidagi kitoblarni, viloyat kutubxonalari o‘lkashunoslik adabiyotlarini, tibbiyot kutubxonalari tibbiyotga doir kitoblarni to‘liq olishga harakat qiladi. Adabiyotlarni tanlashda har bir tip va turdagi kutubxonalar turli tashkiliy-uslubiy usullarni qo‘llaydilar. Yirik kutubxonalar, AKM, oliy oquv yurtlari ARMlarida bu ish bilan alohida bo‘lim va bo‘limchalar stiug‘ullansa, kichikroq ARMda bu ishni bir odam, ya’ni mudir bajaradi. Adabiyotlarni takroriy tanlashda ham o£ziga xos xususiyatlar mavjud. Ilmiy kutubxonalar takroriy tanlashni amalga oshira borib kitoblarni uzoqroq saqlashni hisobga olsa, AKMlar takroriy saralash orqali fondini tezroq yangilashga harakat qiladi. Ilmiy kutubxona o'qilmaydigan kitoblarni depozitar kutubxonaga topshirsa, AKM va ARMlar uni tezroq hisobdan chiqarishga harakat qiladi. Fondni to‘ldirish manbalari jihatidan ham ancha farq seziladi. Yirik ilmiy kutubxonalar uchun majburiy nusxa (pullik yoki bepul) asosiy manba bo‘lib hisoblansa, boshqa kutubxonalar kollektor yoki kitob do‘konidan oladilar.
Respublikamizda eng ko‘p tarqalgan kutubxonalar bu Universal axborot-kutubxona muassasalaridir. Kitobning o‘rtacha aylanishi umuman 1,5 marta, qishloqda esa 1,7 ni tashkil etadi. Ushbu kutubxonalarga asosan yosh boladan tortib keksalargacha a’zo bo‘lib, aholining barcha qatlamlarini o‘z ichiga oladi. Bu kutubxonalarning maqsadi va vazifasi ushbu toifa kitobxonlarining xilma-xil talablariga javob berishdir. Shuning uchun ham uning fondida xilma-xil sohalarga oid kitoblar bo‘lishi lozim. O‘zbekiston Universal axborot kutubxona muassasalari aholini kitobga bo‘lgan xilma-xil talablarini bajarishdan tashqari asosiy axborot markazi vazifasini ham bajaradi. Demak, ushbu omillarni hisobga olgan holda ishbilarmonlarni, xilma-xil sohalarda faoliyat ko'rsatayotgan kishilarni, matbuotga bo‘lgan talab va qiziqishni qondirishni ham o‘ylab kitoblar tanlash lozim. Bundan tashqari ilm va fanning turli sohalari, ishlab chiqarishning ilg‘or texnologiyasiga oid kitoblar ham fondda bo‘lishi lozim, chunki ilm va fanni rivojlantirmay biron-bir natijaga erishish mumkin emas.



Yüklə 31,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin