Mavzu Axborot tizimlari va resurslaridan ruxsatsiz foydalanishl-kompy.info
Davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi milliy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy va ajralmas qismi bo‘lib, axborotni muhofaza qilish esa davlatning birlamchi masalalariga, davlat siyosati darajasiga aylanmoqda.Ushbu ma’ruzalar kursi tinglovchilar va huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlariga axborot xavfsizligini ta’minlashga oid nazariy bilimlarni, axborot tizimlarida axborotni muhofaza qilishni tashkil etishning tashkiliy, huquqiy, texnik, kriptografik, apparat-dasturiy usullarini qo‘llashga oid zarur bilimlarni egallash imkonini beradi.
Davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi milliy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy va ajralmas qismi bo‘lib, axborotni muhofaza qilish esa davlatning birlamchi masalalariga, davlat siyosati darajasiga aylanmoqda.Ushbu ma’ruzalar kursi tinglovchilar va huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlariga axborot xavfsizligini ta’minlashga oid nazariy bilimlarni, axborot tizimlarida axborotni muhofaza qilishni tashkil etishning tashkiliy, huquqiy, texnik, kriptografik, apparat-dasturiy usullarini qo‘llashga oid zarur bilimlarni egallash imkonini beradi.
Axborotni muhofaza qilish axborotga bo‘lgan salbiy ta’sir manbalarini hamda sabab va sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish ma’nosini anglatadi. Bu manbalar axborot xavfsizligiga tahdidlarni tashkil etadi. Axborotni muhofaza qilish quyidagilarga yo‘naltirilgan: – axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tahdidlarning oldini olish; – tizimli tahlil va nazorat orqali real va ehtimoli katta bo‘lgan tahdidlarni aniqlash va ularni o‘z vaqtida oldini olish choralari; – aniq tahdidlar va jinoiy harakatlarni aniqlash maqsadida tahdidlarni topish; – jinoiy harakatlarni bartaraf etish, shuningdek aniq jinoiy harakatlarni hamda tahdidlarni yo‘q qilish bo‘yicha choralar ko‘rish; – tahdid va jinoiy harakatlarning oqibatlarini yo‘q qilish va mavqeini saqlash. Ushbu barcha usullarning maqsadi axborot resurslarini noqonuniy tahdidlardan himoya qilish va quyidagilarni ta’minlashdan iborat: – konfedensial axborotlarning tarqab ketishini oldini olish; – konfedensial axborot manbalariga noqonuniy kirishni taqiqlash; – axborotning butunligi, to‘liqligi va undan foydalana olishni saqlash; – axborot konfedensialligiga rioya qilish; – mualliflik huquqlarini ta’minlash. Axborotni muhofaza qilishning maqsadi va konseptual asoslari. Umuman olganda axborotni muhofaza qilishning maqsadini quyidagicha ifodalash mumkin: – axborotni tarqab ketishi, o‘g‘irlanishi, buzilishi, qalbakilashtirilishini oldini olish; – shaxs, jamiyat, davlatning xavfsizligiga tahdidni oldini olish; – axborotni yo‘q qilish, modifikatsiyalash, buzish, nusxa olish, blokirovka qilish kabi noqonuniy harakatlarning oldini olish; – axborot resurslari va axborot tizimlariga noqonuniy ta’sir qilishning boshqa shakllarini oldini olish, hujjatlashtirilgan axborotga shaxsiy mulk obyekti sifatida huquqiy rejimni ta’minlash; – axborot tizimida mavjud bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini va konfedensialligini saqlash orqali fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoyalash; – davlat sirlarini saqlash, qonunchilikka asosan hujjatlashtirilgan axborotlar konfedensialligini ta’minlash; – axborot jarayonlarida hamda axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalarini loyihalash, ishlab chiqish va qo‘llashda subyektlarning huquqlarini ta’minlash. Axborotni muhofaza qilishning samaradorligi uning o‘z vaqtidaligi, faolligi, uzluksizligi va kompleksligi bilan belgilanadi. Himoya tadbirlarini kompleks tarzda o‘tkazish axborotni tarqab ketishi mumkin bo‘lgan xavfli kanallarni yo‘q qilishni ta’minlaydi. Ma’lumki, birgina ochiq qolgan axborotni tarqab ketish kanali butun himoya tizimining samaradorligini keskin kamaytirib yuboradi. Axborotni muhofaza qilish sohasidagi ishlar holatining tahlili shuni ko‘rsatadiki, muhofaza qilishning to‘liq shakllangan konsepsiyasi va tuzilishi hosil qilingan, uning asosini quyidagilar tashkil etadi: – sanoat asosida ishlab chiqilgan, axborotni muhofaza qilishning o‘ta takomillashgan texnik vositalari; – axborotni muhofaza qilish masalalarini hal etishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning mavjudligi; – ushbu muammoga oid yetarlicha aniq ifodalangan qarashlar tizimi; – yetarlicha amaliy tajriba va boshqalar.