Mavzu. Axborot tizimlari va unda boshqaruv tuzilmasining o‘rni. Reja: Jamiyatni axborotlashtirish



Yüklə 238,5 Kb.
səhifə1/5
tarix11.11.2022
ölçüsü238,5 Kb.
#68623
  1   2   3   4   5
11- mavzu. Axborot tizimlari va unda boshqaruv tuzilmasining o‘r


Mavzu. Axborot tizimlari va unda boshqaruv tuzilmasining o‘rni.
Reja:

  1. Jamiyatni axborotlashtirish.

  2. Axborot tizimlari va unda boshqaruv

Axborot tizimlarining imkoniyati va vazifalari. Texnik jarayonlarida axborot tizimlarini qo‘llash.


Axborot tizimlarining turlari va tuzilmasini texnik boshqaruv tizimlariga tadbiq etish. Axborot tizimlari jarayonlari.
Axborot tizimlarining asosiy ost tizimlari va ularning vazifalarini o‘rganish.
Texnik tizimlarda axborot tizimlar yordamida boshqarishni takomillashtirish.


Jamiyatni axborotlashtirish.
Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan-texnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi.
Jamiyatni axborotlashtirish, yangi axborot texnalogiyalari bilan ta’minlash insonlarning turli – tuman ma’lumotlarga bo’lgan ehtiyojini qondirishda muhim o’rin tutadi.
Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini 5 asosiy yo’nalishga ajratish mumkin:

  1. Mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks

avtomatlashtirish.

  1. Ilmiy tadqiqotlar, loyixalash va ishlab chiqarishni axborotlashtirish.

  2. Tashkiliy- iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.

  3. Aholiga xizmat ko’rsatish sohasini axborotlashtirish.

  4. Ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish.

Axborotlashgan jamiyat - jamiyatning ko’pchilik a’zolari axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo’lgan jamiyatidir.
Hozirgi kunda axborot texnologiyasi jamiyatning jadal rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim omildir. Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo’lsa-da hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatning o’ziga hos hususiyati shundaki, tsivilizatsiya tarihida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chikarishga sarflanadigan kuch enyergiya, hom ashyo, matyeriallar va moddiy istye’mol buyumlariga sarflanadigan harajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o’rinni egallamoqda.
Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan bog’liq faoliyat sohalari tashkil qiladi. Axborot texnologiyalari turmushning barcha sohalariga borgan sari kuproq, chuqurroq singib borib, uning harakatlantiruvchi kuchiga aylanmoqda.



Yüklə 238,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin