Viruslar ta'siri Hozirgi kunda kompyuter tizimlariga o'z malakasini oshirish yoki shunchaki "hazillashib" buzg'unchilikqilayotgan "yosh dasturchilar" ko'proq zarar yetkazadLChunki, ularjuda ko'pchilikni tashkil qiladi. Ularning ba'zilari kimgadir zarar yetkazayotganini bilmaydi ham.
Internet orqali yetkazilishi mumkin bo'lgan asosiy zararlar:
Tarmoqqa ulangan vaqtingizda kompyuteringizga ruxsatsiz "kirish" va uni sizning manfaatingizga zid tarzda masofadan boshqarish.
Internetda uzatilayongan axborotlar "yo'lda ushlab olinib", ulardan nusxa olish yoki o'zgartirish.
Turli virus (kompyuter xotirasidagi ma'lumotlarni o'chirish, o'zgartirish kabi ishlarni bajaruvchi va boshqa dastur tarkibiga qo'shilib olish, "yuqish" xususiyatiga ega bo'lgan maxsus dastur) dasturlarini Web-sahifalarga "yashirib qo'yish".
Turli davlat tashkilotlari va xususiy korxonalarga tegishli axborotlarni o'g'irlash va raqobatchi tashkilotlarga sotish yoki ma'lum miqdorda to'lov talab qilish.
Jamiyat mafkurasi va ma'naviyatiga zid bo'lgan axborotlarni Internetda e'lon qilish.
Ba'zi virus dasturlarining nomidan ham bajaradigan ishini tushunib olish mumkin. Masalan, Black Hole (qora tuynuk, ya'ni ekranning chap burchagidan qora tuynuk ochadi), Black Friday (qora juma, juma kunlari ishlanayotgan fayllarni o'chiradi), Friday 13 (o'n uchinchi juma, ya'ni 13 sana juma kunlari ishlanayotgan fayllarni o'chiradi), "sekin ta'sir qiluvchi vims" (kompyuter ishini bir necha yuz marotalab sun'iy sekinlashtirib yuboradi) va hokazo.
Viruslar klassifikatsiyasi Viruslarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin: