Internet va WWW
Internet - dunyo bo'ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi. Internetdagi ma'lumotlarni uzatish qoidalari protokollar (masalan, TCP/IP —TRANSMISSON CONTROL PROTOKOL/INTERNET PROTOKOL) deb ataladi. TCP/IP protokolining axborotni uzatish usuli quyidagicha: TCP protokoli axborotni paketlarga ajratadi; IP protokoli orqali barcha paketlar qabul qiluvchiga uzatiladi va TCP protokoli tomonidan barcha paketlarning qabul qilinganligi tekshiriladi; barcha paketlar qabul qilingandan keyin TCP protokoli ularni tartibga soladi va yaxlit ko'rinishga keltiradi.
Kompyuterlarning axborotlarni telefon tarmoqlari orqali yubora olishiga imkon beruvchi modem deb ataluvchi qurilmaning yaratilishi (1979-yil Nayes kompaniyasi) va rivojlanishi sababli faqatgina shaxsiy kompyuteri va telefoni bor millionlab kishilar tarmoqning maxsus quril-malarisiz ham Internetdan foydalana olish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Hozirgi kunda Internet dunyo bozorini o'rganishda va savdo-sotiq ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Internet o'zaro aloqa bog'lash yoki ma'lumotlar almashish tarmog'i bo'libgina qolmasdan, unda mavjud bo'lgan ma'lumotlar ombori majmuyi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Internetning kompyuterlar bilan bog'liq bo'lgan narsalardan muhim farqi shundaki, u o'zi haqidagi ma'lumotlarni ham o'zida saqlay olishidir.
1992-93-yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli tasviriy va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratilganki, u World Wide Web deb nomlangan.
World Wide Web ning yaratilishiga 1989-yil Shvetsariyadagi Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashining loyihasi asos bo'ldi. Bu loyihaning maqsadi Internetda axborot tarqatishning samarali usullarini izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan iborat edi. Hozirgi kunda World Wide Web Internetning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri bo'lib qoldi.
Internet deganda ko'pchilik World Wide Web (qisqacha Web yoki WWW) ni tushunadi. Aslida World Wide Web Internetning bir qismi bo'lib, xalqaro o'rgimchak to'ri ma'nosini anglatadi. World Wide Web multimedia (multimedia - rasm va matnli axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish texnologiyasi) imkoniyatlariga ega bo'lgani uchun foydalanuvchilar e'tibonni juda tez qozondi.
Dostları ilə paylaş: |