INSON – biososial mavjudot bo’lib, unga tafakkur, so’zlashish, ish
qurollarini yaratish va undan ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida
foydalana olish qobiliyati xosdir. INDIVID – insoniyatning
birlamchi vakilidir.
Individuallilik – individni boshqa odamlardan farqlashga imkon
beradigan takrorlanmas hususiyatdir
Sog’liq – nafaqat kasalliklarning va jismoniy nuqsonlarning
bo’lmasligi, balki jismonan, ruxan va ijtimoiy xolatning to’la
xotirjamligidir, ( JSSTining ta’rifi ).
Sog’liq – bu organizmning turli yoshdagi davrlarida ichki va tashqi
omillarning ta’siriga adaptasiyalanuvchi reaksiyalari va faoliyatining
qila olishining optimal kechish imkoniyatini beruvchi xolatidir.
Sog’liq – organizmning o’zini boshqarish va adaptasiya kabi
fundamental hususiyatlari hisobiga insonning yashash qobiliyati va
faoliyatining ma’lum darajasini ta’minlay oladigan ko’po’lchovli
birbutun dinamik holatidir.