Mavzu: Aylanma mablag'larni normallashtirishning mohiyati va ahamiyati. Reja. Kirish


Aylanma mablag‘lar tushunchasi va uning tarkibi. Aylanma mablag‘larni tashkil etish manbalari va kreditning roli



Yüklə 54,57 Kb.
səhifə3/6
tarix24.03.2023
ölçüsü54,57 Kb.
#89525
1   2   3   4   5   6
Mavzu Industrial iqtisodiyot referat -WPS Office

Aylanma mablag‘lar tushunchasi va uning tarkibi. Aylanma mablag‘larni tashkil etish manbalari va kreditning roli.
Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish va shu asosda bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tib borishda aylanma mablag‘lar muhim o‘rin tutadi. Hozirgi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish, pul muomalasini barqarorlashtirish asosida milliy pul birligini mustahkamlashning asosiy yo‘llaridan biri - ishlab chiqarishni rivojlantirish va uni takomillashtirishdan iborat. Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va uning samaradorligini oshirish, xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya va boshqa resurslardan to‘g‘ri foydalanish, ularni ishlab chiqarishda qo‘llash, iqtisodlilik tamoyiliga rioya qilish, material xarajatlarini kamaytirish, arzon, lekin sifatli materiallarni ishlab chiqarishda qo‘llash yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. SHuni ta’kidlashimiz lozimki, ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning samaradorligini oshirish avvalom bor aylanma mablag‘lardan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq.
Har bir xo‘jalik o‘z ishlab chiqarishini tashkil qilish, ishlab chiqarish vositalarini sotib olish uchun ma’lum qiymatni avanslashtirishi kerak. Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash uchun esa avanslashtirilgan qiymat ishlab chiqarish va muomala sferalarida doimiy ravishda aylanib turishi zarur. Avanslashtirilgan qiymat mehnat vositalari va predmetlarini sotib olishga sarflanishi mumkin. SHu jihatdan ishlab chiqarish vositalarini ikki shakldagi aktivlarga, ya’ni uzoq muddatli va aylanma aktivlarga bo‘lish mumkin. Uzoq muddatli aktivlar ishlab chiqarishda uzoq yillar davomida qatnashadi. Eskirib borishi bilan uzoq muddatli aktivlar o‘z qiymatini qisman yangi yaratilayotgan mahsulotga o‘tkazib boradi.
Aylanma aktivlar uzoq muddatli aktivlardan farq qilib, ishlab chiqarish jarayonida bir marta qatnashadi va yaratilgan mahsulotga o‘z qiymatini to‘la o‘tkazadi, shakli o‘zgaradi.
Aylanma aktivlar aylanish jarayonida uch bosqichni bosib o‘tadi: pul, ishlab chiqarish va tovarlarni sotish bilan bog‘liq bosqichlar.
Aylanishning birinchi bosqichida ishlab chiqarish vositalari sotib olinadi (P-T(i/v)). Korxonalarning ajratilgan pul fondlari ishlab chiqarishning ashyoviy omiliga aylanadi. Birinchi bosqichning xususiyati shundaki, bu bosqichda ba’zi korxonalar o‘z mablag‘lari etarli bo‘lmagan hollarda qarzga bank kreditini oborotga jalb qilishlari mumkin.
Aylanma aktivlar aylanishning ikkinchi bosqichi - ishlab chiqarish bosqichi (T-i/ch-T') bo‘lib, bunda ishlab chiqarish omillari (ish kuchi va ishlab chiqarish vositalari) qo‘shilishi yuzaga keladi va bu jarayon aylanma aktivlarilari aylanishi iqtisodiy mohiyatini yanada chuqurroq ifodalashga yordam beradi. CHunki, ikkinchi bosqich asosiy va hal qiluvchi bosqich hisoblanadi. Bu bosqichda yangi qiymatga ega bo‘lgan yangi mahsulot yaratiladi. Ikkinchi bosqich, ishlab chiqarishda samaradorlikka erishish omillariga boy bo‘lgan bosqich bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun: ishlab chiqarishni moddiy resurslar bilan to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlash; material resurslarini iqtisod qilgan holda ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxini arzonlashtirish; mehnat resurslaridan to‘g‘ri foydalanish zarur.
Aylanma aktivlar aylanishining uchinchi bosqichi, (T'-P')da yangidan yaratilgan mahsulot realizatsiya qilinadi. Oxirgi bosqichda aylanma mablag‘lar yana boshlang‘ich shakl - pul shakliga o‘tadi va bu esa aylanish jarayonini boshidan boshlash imkonini beradi.Aylanma aktivlar aylanishining uchala bosqichi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq va ularni o‘rganish katta ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish, uning uzluksizligini ta’minlash, aylanish bosqichlari bo‘yicha aktivlarni to‘g‘ri taqsimlash ishlab chiqarishda samaradorlikka, korxonalar moliyaviy faoliyatining yaxshi natijalarga erishishiga olib kelishi mumkin.
Fondlar aylanishining asosiy shakli - pul shakli ishlab chiqarishni tashkil qilishda asosiy rol o‘ynaydi. SHuning uchun ular aylanishining asosiy shakli, jarayon boshlanishida pul mablag‘larini avanslashtirish va jarayon tugashida aktivlarning pul shakliga o‘tishidir. Haqiqatda pul mablag‘larini avanslashtirmasdan turib fondlar aylanishini boshlash mumkin emas va shundan kelib chiqqan holda boshqa bosqichlar o‘z-o‘zidan amalga oshirilmaydi.Korxonalarning avanslashtirilgan mablag‘lari natural-ashyoviy shaklda va boshqa shaklda, ya’ni qiymat shaklida bo‘lishi mumkin. Aktivlarning qaysi bir turini moslashtirishga qarab, ular asosiy va aylanma mablag‘larga bo‘linadi.
Avanslashtirishning xususiyati shuki, mablag‘lar korxona oborotida doimiy ravishda bo‘lib turadi va aktivlarning aylanishiga qarab o‘z shaklini o‘zgartirib turadi. Aktivlarning aylanishi davomida aylanma mablag‘lar pul shaklidan ishlab chiqarish zahiralari shakliga, ishlab chiqarish zahiralari shaklidan tugallanmagan ishlab chiqarish (tayyor bo‘lmagan mahsulot)ga, tugallanmagan ishlab chiqarishdan tayyor mahsulot shakliga o‘tadi. Oxirgi bosqichda mahsulot sotiladi, ya’ni tovar shaklidan pul shakliga o‘tadi va jarayon boshida avanslashtirilgan mablag‘lar kelib tushgan tushum hisobidan tiklanadi. Aylanma aktivlari va ularning iqtisodiy mohiyati to‘g‘risida oxirgi yillar ichida birorta ham yirik iqtisodiy adabiyot yozib, chop qilingan emas. SHuning uchun aylanma aktivlar to‘g‘risidagi ba’zi bir munozara bo‘yicha 80-90 yillar adabiyotlarigagina murojaat qilishimiz mumkin.
Aylanma aktivlar iqtisodiy kategoriya sifatida bir necha xususiyatlarga ega. SHulardan biri - aylanma ishlab chiqarish va muomala aktivlari uchun avanslashtirilgan qiymatlarni bir iqtisodiy kategoriya - aylanma aktivlar kategoriyasiga birlashishidadir. Ba’zi iqtisodchilar aylanma aktivlarni iqtisodiy kategoriya sifatida qaramaydilar. Ularning fikricha, aylanma fondlargina iqtisodiy kategoriya sifatida tovar ishlab chiqarish jarayonining asosini tashkil qiladi. Aylanma aktivlarning yana bir xususiyati - ularning tashkil qilinishi va ulardan foydalanishdir.
Aylanma aktivlarning aylanishini boshlash uchun avvalom bor avanslashtirilgan qiymatga ega bo‘lish lozim.
Aylanma aktivlar korxona balansining aktiv qismida ko‘rsatilib quyidagi tarkibiy guruhlarga bo‘linadi.
I guruh. Tovar-moddiy boyliklar, bularga:
1. ishlab chiqarish zahiralari;
2. tayyor mahsulot;
3. tovarlar kiradi.
II guruh. Ishlab chiqarish xarajatlari, bularga:
1. tugallanmagan ishlab chiqarish;
2. kelgusi davr xarajatlari va boshqalar kiradi.
III guruh. Pul mablag‘lari, bularga:
1. g‘aznadagi pul mablag‘lari;
2. valyuta mablag‘lari;
3. hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lari;
4. boshqa schyotlardagi pul mablag‘lari kiradi.
IV guruh. Debitorlar, bularga:
1. xaridor va buyurtmachilar bilan hisoblashishlar;
2. bo‘nak to‘lovlari;
3. byudjet bilan hisob-kitoblar;
4. xodimlar bilan hisob-kitoblar;
5. shu’ba korxonalar bilan hisob-kitoblar;
6. uyushma korxonalar bilan hisob-kitoblar;
7. ta’sischilar bilan hisob-kitoblar;
8. boshqa debitorlar kiradi.
Aylanma aktivlar o‘zining qaysi tarmoqqa qarashli ekanligiga qarab aylanishi davrida ma’lum xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Aylanma aktivlarning aylanish davridagi xususiyati xo‘jalik sub’ektining qaysi tarmoqqa taalluqli ekanligiga bog‘liq. Mavsumiy tarmoqlar (qishloq xo‘jaligi, tayyorlov, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi tarmoqlar)da aylanma aktivlarning aylanishi bir tekisda kechmaydi.
CHunki bu tarmoqlarga aylanma aktivlarga bo‘lgan ehtiyoj yilning fasliga, mavsumga qarab turlicha bo‘ladi. Masalan, qishloq xo‘jaligida qish, bahor oylarida aylanma aktivlarga bo‘lgan talab oshishi, kuzga kelib aylanma aktivlarga bo‘lgan talab kamayishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligi va shunga o‘xshagan boshqa tarmoqlarda aylanma aktivlarga bo‘lgan talab bank kreditini jalb qilish yo‘li bilan qoplanishi mumkin.
Mavsum bilan bog‘liq bo‘lmagan tarmoqlar (sanoat, savdo, ta’minot va boshqalar)da aylanma aktivlarning aylanishi (mahsulot sotib olish, ishlab chiqarish va sotish jarayonini amalga oshirish) bir maromda kechishi mumkin. SHunga qaramasdan nomavsumiy tarmoqlarda ham materiallarning mol etkazib beruvchidan kelib tushishda, tovar ortiqcha yoki kam kelib tushganda, transport bo‘yicha qiyinchiliklar bo‘lganda, import mollar ko‘p miqdorda kelib tushganda, tayyor mahsulotni sotish jarayoni va boshqalarda aylanma mablag‘larga bo‘lgan talab bank krediti hisobidan qoplanishi mumkin.
Korxona va tashkilotlar o‘zida mavjud zahira va harajatlar summasini xom cho‘t qilish asosida o‘tgan davrda mavjud mablag‘lar va kutilayotgan o‘zgarishlarni hisob-kitob qilish yo‘li bilan kreditga bo‘lgan talabni aniqlaydilar.
Xo‘jalik sub’ektlarining aylanma aktivlari quyidagi manbalar hisobidan tashkil qilinadi:
1. Korxonaning o‘z aylanma mablag‘lari.
2. Bank kreditlari.
3. Kreditor qarzlar
4. Boshqa manbalar
Xo‘jalik sub’ektlari ishlab chiqarish va tovarlarni sotish jarayonini normal olib borish uchun tovar-moddiy boyliklar va ishlab chiqarish xarajatlarining minimal miqdorida o‘z aylanma mablag‘lariga ega bo‘lishi kerak.
Korxonalarning o‘z aylanma mablag‘lari quyidagi manbalardan tashkil topadi:
a) davlat korxonalarida byudjetdan ajratmalar hisobidan;
b) yuqori tashkilotlarning ajratmalari;
v) ta’sischilarning pay badallari;
g) aksiyador korxonalarda aksiyalar chiqarish va sotish yo‘li bilan vujudga keladigan manbalar hisobidan.
Korxonaning o‘z aylanma mablag‘lari uning kapitalida o‘z ifodasini topadi. Ustav kapitali asosan foyda hisobidan yoki qo‘shimcha aksiyalar chiqarish va sotish hisobidan ko‘paytirib boriladi. Korxonaning o‘z kapitalining miqdori qancha yuqori bo‘lsa, uning faoliyati shunchalik boshqa kreditorlarga bog‘liq bo‘lmaydi, ya’ni o‘z aylanma mablag‘larining yuqori salmog‘i korxonaning moliyaviy jihatdan mustaqilligidan dalolat beradi.
2...Aylanma mablag'larni boshqarish nima?
Aylanma mablag'larni boshqarish - bu kompaniyaning amaldagi aktivlari va majburiyatlarini maksimal darajada samaradorligini kuzatish va ulardan foydalanish orqali samarali ishlashini ta'minlash uchun ishlab chiqilgan biznes strategiyasi. Aylanma mablag'larni boshqarishning asosiy maqsadi kompaniyaning qisqa muddatli operatsion xarajatlari va qisqa muddatli qarz majburiyatlarini qondirish uchun etarli miqdordagi pul oqimini ta'minlashga imkon berishdir.
Kompaniyaning aylanma mablag'lari joriy passivlarni olib tashlagan holda uning joriy aktivlaridan iborat.
Aylanma mablag '
Aylanma mablag'larni boshqarishni tushunish
Joriy aktivlar tarkibiga 12 oy ichida naqd pulga osonlikcha aylanadigan har qanday narsa kiradi. Bu kompaniyaning yuqori likvidli aktivlari. Ba'zi joriy aktivlarga pul mablag'lari, debitorlik qarzlari, zaxiralar va qisqa muddatli investitsiyalar kiradi.
Asosiy mahsulot
Aylanma mablag'larni boshqarish pul mablag'lari oqimini etarli darajada ushlab turish uchun kompaniyaning aktivlari va majburiyatlarini kuzatishni talab qiladi.
Strategiya uchta koeffitsientni kuzatishni o'z ichiga oladi: aylanma mablag'lar koeffitsienti, yig'ish koeffitsienti va inventarizatsiya koeffitsienti.
Ushbu uchta nisbatni maqbul darajada ushlab turish aylanma mablag'larni samarali boshqarishni ta'minlaydi.Joriy majburiyatlar - bu keyingi 12 oy ichida bajarilishi kerak bo'lgan majburiyatlar. Bularga operatsion xarajatlar va uzoq muddatli qarzlarni to'lash kiradi.
Koeffitsient tahlili
Aylanma mablag'larni boshqarish odatda operatsion xarajatlarning asosiy elementlarini, shu jumladan aylanma mablag'lar koeffitsienti, yig'ish koeffitsienti va tovar-moddiy zaxiralarning aylanish koeffitsientini nisbati tahlili orqali pul oqimlari, joriy aktivlar va majburiyatlarni kuzatishni o'z ichiga oladi.
Aylanma mablag'larni boshqarish naqd konversiya aylanishi (CCC) deb ham ataladigan sof operatsion tsiklning barqaror ishlashini ta'minlashga yordam beradi - bu sof joriy aktivlar va majburiyatlarni naqd pulga aylantirish uchun zarur bo'lgan minimal vaqt.
Aylanma mablag'larni boshqarish afzalliklari
Aylanma mablag'larni boshqarish, uning resurslaridan samarali foydalanish orqali kompaniya daromadi va rentabelligini oshirishi mumkin. Aylanma mablag'larni boshqarish zaxiralarni boshqarish bilan bir qatorda debitorlik va kreditorlik qarzlarini boshqarishni ham o'z ichiga oladi.
Aylanma mablag'larni boshqarish vazifalari, kompaniyaning xarajatlari va qarzlarini qoplash uchun etarlicha naqd pulga ega bo'lishini ta'minlashdan tashqari, aylanma mablag'larni sarflash uchun sarflangan mablag'larni minimallashtirish va aktivlarga qo'yilgan mablag'larning rentabelligini oshirishdir.
Aylanma mablag'larni boshqarish koeffitsientlarining turlariAylanma mablag'larni boshqarishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan uchta nisbat mavjud: aylanma mablag'lar koeffitsienti yoki joriy koeffitsient; yig'ish koeffitsienti va tovar-moddiy boyliklarning aylanish darajasi.Aylanma mablag'larni boshqarish kompaniya resurslaridan yanada samarali foydalanishga qaratilgan.
Aylanma mablag'lar koeffitsienti yoki joriy koeffitsient joriy aktivlarni joriy majburiyatlarga bo'linishi sifatida hisoblanadi. Bu kompaniyaning moliyaviy sog'lig'ining asosiy ko'rsatkichidir, chunki u o'zining qisqa muddatli moliyaviy majburiyatlarini bajarish qobiliyatini namoyish etadi.
Raqamlar tarmoqlar bo'yicha turlicha bo'lishiga qaramay, aylanma mablag'lar koeffitsienti 1,0 dan past bo'lsa, odatda kompaniya qisqa muddatli majburiyatlarini bajara olmayotganligini ko'rsatadi. Ya'ni kelgusi yilda kompaniyaning qarzlari uning likvid aktivlari hisobidan qoplanmaydi. Bunday holda, kompaniya qisqa muddatli qarz majburiyatlarini qoplash uchun aktivlarni sotish, uzoq muddatli qarzni kafolatlash yoki boshqa moliyalashtirish usullaridan foydalanishga majbur bo'lishi mumkin.
Aylanma mablag'larning 1,2 dan 2,0 gacha bo'lgan nisbati maqsadga muvofiq deb hisoblanadi, ammo 2,0 dan yuqori bo'lgan nisbat kompaniya daromadlarini oshirish uchun o'z aktivlaridan samarali foydalanmayotganligini ko'rsatishi mumkin. Yuqori nisbat kompaniyaning moliyalashtirishni tegishli darajada ta'minlamayotganligini yoki aylanma mablag'larini samarali boshqarayotganligini ko'rsatishi mumkin.
To'plam nisbati
Inkasso koeffitsienti - bu kompaniyaning debitorlik qarzlarini qanchalik samarali boshqarayotganligi ko'rsatkichidir. Inkasso koeffitsienti hisobot davridagi kunlar sonining hosil bo'lgan debitorlik qarzlarining o'rtacha miqdoriga ko'paytirilgan mahsulotning hisobot davridagi sof kredit sotuvlarining umumiy miqdoriga ko'paytirilgan mahsuloti sifatida hisoblanadi.
To'lov koeffitsienti hisob-kitobi kompaniyaga kredit bo'yicha savdo operatsiyasidan so'ng to'lovni olish uchun o'rtacha kunlar sonini beradi. Agar kompaniyaning hisob-kitob departamenti yig'ish paytida samarali bo'lsa va mijozlar to'lovlarni o'z vaqtida to'lashsa, yig'ish koeffitsienti past bo'ladi. Kompaniyaning inkassatsiya koeffitsienti qancha past bo'lsa, uning pul oqimi shunchalik samarali bo'ladi.
Tovar-moddiy zahiralarning aylanish koeffitsienti
Aylanma mablag'larni boshqarishning yakuniy elementi bu zaxiralarni boshqarishdir. Maksimal samaradorlik bilan ishlash va aylanma mablag'larni qulay darajada yuqori darajada ushlab turish uchun kompaniya mijozlarning ehtiyojlarini qondirish uchun etarli miqdordagi zaxiralarni ushlab
turishi va aylanma mablag'larni bog'laydigan keraksiz zaxiralardan qochishi kerak.
Kompaniyalar odatda bu balansning qanchalik samarali saqlanishini inventarizatsiya aylanmasi koeffitsientini kuzatish orqali o'lchaydilar. Daromadlarni inventarizatsiya qiymatiga bo'linish sifatida hisoblangan tovar zaxiralarining aylanma koeffitsienti kompaniyaning zaxiralari qanchalik tez sotilayotgani va to'ldirilayotganligini ko'rsatadi. Tarmoqdagi tengdoshlar bilan taqqoslaganda nisbatan past ko'rsatkich inventarizatsiya darajasining haddan tashqari yuqori ekanligini, nisbatan yuqori ko'rsatkich esa inventarizatsiya darajasining etarli emasligini ko'rsatishi mumkin.
Aylanma aktivlarning ikkinchi manbasi - bank krediti va boshqa qarz mablag‘lari hisoblanadi.Korxonaning normal faoliyatini olib borish uchun o‘z aylanma mablag‘lari etarli bo‘lmasa, oborotga qisqa muddatli bank kreditlari jalb qilinishi mumkin. Xo‘jaliklar faoliyatida bunday ahvol mavsumiy va vaqtinchalik zahiralar va xarajatlarni qoplash, akkreditiv ochish va boshqa hisobkitoblarni amalga oshirish jarayonida va boshqa shunga o‘xshash holatlarda yuzaga keladi.
Xo‘jalik sub’ektlarining aylanma aktivlarini tashkil qilishda kreditning rolini quyidagilar bilan ifodalash mumkin:
1. Kreditning xo‘jalik oborotida ishtirok etishi aylanma mablag‘larni iqtisod qilishga olib keladi.
2. Kredit xo‘jaliklar faoliyatida uchrab turuvchi mavsumiy ehtiyoj, boshqa holatlar bilan bog‘liq bo‘linishlarning oldini olishga yordam beradi.
3. Kredit ishlab chiqarish, tayyorlov va sotish jarayonini tezlashtiradi va hajmini oshiradi.
4. Kredit o‘z vaqtida hisob-kitoblarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.
5. Bank korxonalarga kredit berish yo‘li bilan ularning faoliyatini yaxshilanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Aylanma aktivlarning uchinchi manbasi - kreditor qarzlardir.
Kreditor qarz shaklidagi mablag‘lar korxonaga tegishli bo‘lmagan mablag‘lar bo‘lsa-da, ular korxona oborotida doimo ishtirok etadi. SHu tufayli ular aylanma aktivlarning manbai hisoblanadi. Kreditor qarzlarga quyidagilar kiradi:
1. Mol etkazib beruvchilar bilan hisoblar.
2. Byudjet bo‘yicha qarzlar.
3. Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarzlar.
4. Ijtimoiy sug‘urta va ta’minot bo‘yicha qarzlar.
5. Mulkiy va shaxsiy sug‘urta bo‘yicha qarzlar.
6. Byudjetdan tashqari to‘lovlar bo‘yicha qarzlar.
7. SHu’ba korxonalariga qarzlar.
8. Uyushma korxonalariga qarzlar
9.Boshqa-kreditorlar.


Yüklə 54,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin