Mavzu: Aylanmadan olinadigan soliqni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari reja


Aylanmadan olinadigan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 34,58 Kb.
səhifə2/3
tarix01.06.2023
ölçüsü34,58 Kb.
#121728
1   2   3
Aylanmadan olinadigan soliqni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari

Aylanmadan olinadigan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari
Aylanmadan olinadigan soliqni to’lashga o’tish uchun soliq to’lovchilar aylanmadan olinadigan soliqni to’lashga o’tishi to’g’risida soliq hisobida turgan joyidagi soliq organini O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan shaklda, biroq aylanmadan olinadigan soliqni to’lashga o’tilayotgan navbatdagi soliq davri boshlanishiga qadar o’n kundan kechiktirmay xabardor qiladi.

Aylanmadan olinadigan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari


Soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million so’mdan oshgan, lekin bir milliard so’mgacha bo’lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million so’mdan oshganda, agar Soliq kodeksining 462-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, soliqning oshib ketgan summasidan aylanmadan olinadigan soliqni to’lashga o’tadi.

Aylanmadan olinadigan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari


Yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan e’tiboran tadbirkorlik faoliyati sub’ektini davlat ro’yxatidan o’tkazish chog’ida tanlangan soliq solish tartibini ko’rsatish orqali aylanmadan olinadigan soliqni to’lash tartibini tanlash huquqiga ega.
Yuridik shaxslar aylanmadan olinadigan soliqni qo’llashni Soliq kodeksining 237-moddasiga muvofiq qo’shilgan qiymat solig’ini to’lovchi sifatida ro’yxatdan o’tish uchun va bir vaqtning o’zida aylanmadan olinadigan soliqni to’lashni rad etishga doir ariza berilgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab ixtiyoriy ravishda rad etishga haqli.
Aylanmadan olinadigan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari
Agar yangi tashkil etilgan yuridik shaxsda yoki yangi ro’yxatdan o’tgan yakka tartibdagi tadbirkorda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad summasi ro’yxatdan o’tilgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar, 365 ga bo’lingan va ro’yxatdan o’tilgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar bo’lgan kunlar soniga ko’paytirilganda bir milliard so’mga teng summadan oshsa, u holda bunday shaxslar ro’yxatdan o’tilgan yildan keyingi yildan e’tiboran qo’shilgan qiymat solig’i va foyda solig’ini to’lashga o’tadi.

Aylanmadan olinadigan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari


Vositachilik, topshiriq shartnomasi va vositachilik xizmatlari ko’rsatishga oid boshqa shartnomalar bo’yicha vositachilik xizmatlari ko’rsatuvchi soliq to’lovchilar, shu jumladan telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko’rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadni realizatsiya qilish bo’yicha umumiy aylanmadan (bitim summalaridan) kelib chiqqan holda aniqlaydi.

Aylanmadan olinadigan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari


Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobidan ob’ektlar qurilishini (bundan joriy va kapital ta’mirlash mustasno) bajaruvchi yuridik shaxslar bunday qurilishga doir shartnoma rasmiylashtirilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan e’tiboran qo’shilgan qiymat solig’i va foyda solig’ini to’lashga o’tadi.
Soliqni to’lash soliq to’lovchini quyidagilardan ozod etmaydi:
-Soliq kodeksi bilan uning zimmasiga yuklatilgan soliq agentining majburiyatlarini bajarishdan;
-agar Soliq kodeksida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, hisobvaraq-faktura taqdim etish, xaridlarni hisobga olish kitobini va sotishlarni hisobga olish kitobini yuritish majburiyatidan.
Aylanmadan olinadigan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari
Soliq kodeksining 463-moddasiga muvofiq jami daromad soliq solish ob’ektidir, bundan o’ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda soliq solish chog’ida inobatga olinmaydigan daromadlar (Soliq kodeksi 304-moddasi “Soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar”) mustasno.
Soliq solish maqsadida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad deganda quyidagilar tushuniladi:

Soliq solish ob’ekti va soliq bazasi


- qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun - o’z kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Bunda, agar yuqorida qayd etilgan xizmatlarni materiallar bilan ta’minlash majburiyati shartnomaga binoan buyurtmachining zimmasida bo’lsa, ushbu materiallarga bo’lgan mulk huquqi buyurtmachining o’zida saqlanib qolgan taqdirda, o’z kuchlari bilan bajarilgan xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar bajarilgan hamda tasdiqlangan xizmatlarning buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan holdagi daromadi sifatida belgilanadi;

Soliq solish ob’ekti va soliq bazasi


- mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) beruvchi yuridik shaxslar uchun — moliyaviy ijara (lizing) bo’yicha foizli daromad summasi;
- vositachilik va topshiriq shartnomalari hamda vositachilik xizmatlari ko’rsatishga oid boshqa shartnomalar bo’yicha vositachilik xizmatlari ko’rsatadigan yuridik shaxslar uchun — ko’rsatilgan xizmatlar uchun haq summasi;
- tovarlarni (xizmatlarni) tekin beruvchi yuridik shaxslar agar Soliq kodeksida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, uchun - tovarlarning (xizmatlarning) tannarxi yoki ularni olish bahosi (tovarni olish bilan bog’liq xarajatlarni hisobga olgan holda). Mazkur norma ekologiya, sog’lomlashtirish hamda xayriya jamg’armalariga, madaniyat, sog’liqni saqlash, mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport, ta’lim muassasalariga bepul beriladigan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi;
-notijorat tashkilotlarining Soliq kodeksi 318-moddasida ko’rsatilmagan daromadlari.
Soliq solish ob’ekti va soliq bazasi
Soliq kodeksining 464-moddasiga ko’ra, jami daromad soliq bazasi deb e’tirof etiladi, bundan quyidagilar mustasno:
- O’zbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qog’ozlari bo’yicha daromadlar, shuningdek O’zbekiston Respublikasi rezidentlari bo’lgan yuridik shaxslarning xalqaro obligatsiyalari bo’yicha daromadlar;
- soliq agentida soliq solinishi lozim bo’lgan dividendlar;
- qaytariladigan ko’p marta aylanadigan tara qiymati, agar uning qiymati ilgari tovarlarni (xizmatlarni) sotishdan olinadigan daromadga kiritilgan bo’lsa;
- amortizatsiya qilinadigan aktivlarni tugatishda ularni qo’shimcha baholashda olingan, oldingi narxni tushirishlardagi summadan ortiqcha summa hisobidan olingan daromadlar;

Soliq solish ob’ekti va soliq bazasi


- hisobot yilida aniqlangan o’tgan yillardagi daromadlar. Mazkur daromadlarga ular shakllangan davrdagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar bo’yicha qayta hisob-kitob o’tkazilganligi inobatga olingan holda soliq solinadi;
- tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olingan daromadlar, agar tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olingan daromadlar umumiy daromadning 15 foizidan ko’prog’ini tashkil etsa.

Soliq solish ob’ekti va soliq bazasi


Hisobot soliq davrida soliq bazasini ko’paytirish yoki kamaytirish daromadlarga tuzatish kiritish deb e’tirof etiladi.
Daromadlarga quyidagi hollarda tuzatish kiritiladi:
- tovarlar to’liq yoki qisman qaytarilganda;
- bitim shartlari o’zgarganda;
- narxlar o’zgarganda, sotib oluvchi siylovlardan foydalanganda;
- ko’rsatilgan xizmatlardan voz kechilganda.
Daromadlarga tuzatish kiritish bir yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (xizmatlar) bo’yicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi.

Soliq solish ob’ekti va soliq bazasi

Soliq stavkalari
Aylanmadan olinadigan soliq stavkalari Soliq kodeksining 467-moddasida keltirilgan bo‘lib, u quyidagicha tabaqalashtirilgan holda belgilangan:
Soliq stavkalari
Soliq kodeksining 468-moddasiga ko’ra, turli soliq solish ob’ektlari va (yoki) soliq stavkalari belgilangan bir necha faoliyat turi bilan shug’ullanadigan soliq to’lovchilar bunday faoliyat turlari bo’yicha alohida-alohida hisob yuritishi hamda soliq to’lovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar bo’yicha soliqni to’lashi shart.
Ushbu qoidalar chakana savdo sohasidagi mustaqil yuridik shaxs bo’lmagan turli aholi punktlarida joylashgan bir qancha savdo nuqtalariga ega soliq to’lovchilarga nisbatan ham qo’llaniladi.

Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to’lash tartibi


Soliq kodeksining 469-moddasiga muvofiq, kalendar yil soliq davri, yil choragi hisobot davridir. Soliq kodeksining 470-moddasiga muvofiq, hisobot (soliq) davri yakunlari bo’yicha soliq summasi soliq to’lovchi tomonidan mustaqil aniqlanadi.
Hisobot davri yakunlari bo’yicha soliq summasi soliq davri boshidan ortib boruvchi yakun bilan soliq bazasining mos soliq stavkasiga foiz ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.

Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to’lash tartibi


Soliq hisoboti soliq to’lovchi tomonidan soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
- hisobot davri yakunlari bo’yicha — hisobot davridan keyingi oyning o’n beshinchi kunidan kechiktirmay;
- soliq davri yakunlari bo’yicha — soliq davridan keyingi davrning 15 fevralidan kechiktirmay;
Hisobot (soliq) davri yakunlari bo’yicha soliqni to’lash tegishli hisobot (soliq) davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay, ya’ni:
- hisobot davri yakunlari bo’yicha — hisobot davridan keyingi oyning o’n beshinchi kunidan kechiktirmay;

- soliq davri yakunlari bo’yicha — soliq davridan keyingi davrning 15 fevralidan kechiktirmay amalga oshiriladi.


Солиқ хизмати – инсофли солиқ тўловчиларнинг ишончли ҳамкори
Aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb quyidagilar e’tirof etiladi: 1) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi bir milliard so‘mdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari (bundan buyon ushbu bo‘limda yuridik shaxslar deb yuritiladi); 2) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million so‘mdan oshgan, lekin bir milliard so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar. Aylanmadan olinadigan soliq quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi: 1) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirishni (importni) amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga; 2) aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi va foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga; 3) yuridik shaxslar — qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga, basharti ularda ellik gektar va undan ortiq sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekin maydoni mavjud bo‘lsa; 4) benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga; 5) lotoreyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga; 6) oddiy shirkat ishlarini yuritish o‘z zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxsga — oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat bo‘yicha; 7) bo‘sh turgan binolar, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdori bo‘lgan yuridik shasxlarga, ulardan samarasiz foydalanilayotganligi bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda xulosa kiritilganda; 8) markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan obyektlarni (joriy va kapital ta’mirlash bundan mustasno) qurishni bajaruvchi yuridik shaxslarga. Oldingi tahrirga qarang. 9) alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish bo‘yicha turg‘un savdo shaxobchalariga; 10) bozorlarga va savdo komplekslariga Ushbu Kodeksning 461-moddasi birinchi qismi 1-bandida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lash o‘rniga aylanmadan olinadigan soliq (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) to‘lashni nazarda tutadigan maxsus soliq rejimini tanlashga haqli. Ushbu Kodeksning 461-moddasi birinchi qismi 1-bandida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar aylanmadan olinadigan soliq to‘lashga navbatdagi soliq davridan boshlab o‘tishga haqli. Aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga o‘tish uchun soliq to‘lovchilar aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga o‘tishi to‘g‘risida soliq hisobida turgan joyidagi soliq organini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda, biroq aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga o‘tilayotgan navbatdagi soliq davri boshlanishiga qadar o‘n kundan kechiktirmay xabardor qiladi. Ushbu Kodeksning 461-moddasi birinchi qismi 2-bandida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilarning soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million so‘mdan oshganda, agar ushbu moddaning to‘rtinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, soliqning oshib ketgan summasidan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga o‘tadi. Ushbu Kodeksning 461-moddasi birinchi qismi 2-bandida ko‘rsatilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash o‘rniga qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tishga haqli. Soliq solish tartibini tanlash uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari yuz million so‘mdan oshgan sanadan besh kundan kechiktirmay, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda bildirishnoma yuboradi. Bildirishnoma ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan muddatlarda taqdim etilmaganda yakka tartibdagi tadbirkor aylanmadan olinadigan soliq to‘laydi.



Yüklə 34,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin