3.1. Old va ort bo’laklarini yelka, yon qirqimlarini biriktirib tikish
UM
Old va ort bo’laklarni o’ngiga o’ngini qo’yib yelka qirqimlarini bir-biriga to’g’rilab ko’klanadi. Yon qirqimlarini ham bir-biriga to’g’rilanib, old va ort bel chiziqlariga qo’yilgan kertimlarni bir-biriga to’g’rilab to’g’nog’ich to’g’naladi, so’ngra ko’klanadi.
To’g’nog’ich olib tashlanadi va yelka va yon qirqimlar 1.0 chok haqi kengligida universal mashinada biriktirib tikiladi.
3.2. Yelka va yon qirqimlarini dazmollash
Dazmol
Yelka va yon chok haqilarini bir tomonga yotqizib (ort bo’lakka) teskarisidan namlangan mato orqali dazmollanadi. Ko’klangan iplar olib tashlanadi.
3.3. Yelka va yon qirqimlarini yo’rmalash
MM
Yelka va yon chok haqi qirqimlarini bitta qilib maxsus mashinada yo’rmalanadi.