Bankda boshqaruv tizimidagiaxborot tizimlarini avtomatlashtirishni loyihalashtirishdagi muammolar.
Iqtisodiy ATning vazifaviyqisminiloyihalashtirish uning tashkiliy-iqtisodiy obyektlarini avtomatlashtirishning butun tarixi davomida mavjud bo`lgan va hozirgi vaqtda ham muhim bo`lgan muammolardan, birini ajratish mezonini tanlash haqidagi strategik vazifani hal qilish bilan bog`liqdir. Har qanday tizimning tarkibiy tuzilishi va vazifalarini o`rganish uning tahlili va keyinchalik sintez qilinishiga asoslanadi.
Murakkab tizimlarning nazariyasidan ma’lumki, har qanday murakkab tizimni har hil chuyurlikka ega bo`lgan ba’zi bir tizimchalarga ajratish mumkin.
Vazifaviytizimcha ostida an’anaviy ravishda boshqaruvning vazifaviy umumiyligiga muvofiq tizimning ba’zi bir qismi tushuniladi.
Bankda yechiladigan boshqaruv vazifalari ko`p jihatli bo`lganligi uchun BnAATni loyihalashtirishda dekompozitsiya alomatlarini tasniflash muammosi vujudga keladi. Bunday alomatlar sifatida quyidagilarni ajratish mumkin:
vazifa, davrva boshqaruvobyektiva boshqalar.
O`z tarkibining universalligi uchun boshqaruv vazifalari boshqaruv tizimlari dekompozitsiyasining eng keng tarqalgan alomatlaridan biridir. Bankni boshqarish tizimi umuman har qanday boshqarish tizimlari uchun umumiy bo`lgan vazifalarni (rejalashtirish, hisob va nazorat, tahlil va tuzatish kiritishni) bajara turib, ularning boshqaruv tuzilmasining elementlari o`rtasida taqsimlash xususiyatiga ega. Bu vazifalar o`zaro chambarchas bog`liq va har doim maqsadli xarakterga ega.
Bank hisob va nazorat operatsion va buxgalteriya hisoblaridan iborat, ular bir- birlari bilan yaqindan aloqada, chunki tahliliy daraja bank hisobida shaxsiy schyotlar bilan aks ettirilgan, har bir shaxsiy schyot esa belgilangan balansli schyotni ostida turadi. Har bir ish kuni balansni shakllantirish bilan tugashi sababli shaxsiy schyotlarning holatini o`zgartiruvchi buxgalteriya yozuvlari darhol sintetik schyotlarda va balansda aks ettiradi.Statistik hisob ayrim ko`rsatkichlarni uzoq davr ichida o`zgarishi haqida ma’lumotlarni yig`ishga imkon beradi.
Tahlilbank boshqaruvining ham tashqarisida va ham ichkarisida vujudga keladigan iqtisodiy vaziyatlarni bilib olishga imkoniyat beradigan vazifadan iborat bo`ladi. Yirik banklarda ikkita mustaqil bo`limlar mavjudki, ulardan biri bankning ichkihalatitahlilini ta’minlaydi, ikkinchisi tashqi muhitnitahlil qiladi.
Rejalashtirish tahlilning ma’lumotlariga asoslanib, vujudga kelgan vaziyatdan chiqish va qo`yilgan maqsadlarga erishish uchun ehtimol bo`lgan yechimlirni tayyorlaydi. Bunda tashqi o`zaro hamkorlikni rejalashtirish va bankning ichki holatini rejalashtirish o`zaro bog`liqdir, ammo ular tarkibiy bo`linganlar va qisman marketing jarayonlarida (marketing va bankni rivojlanishi departamentida), qisman rejalashtirish bo`limida (iqtisodiy boshqarish departamentida) tashqarida amalga oshiriladi.
Haqiqiy sharoitlarda boshqaruv vazifasining asosiy alomati sifatida integratsiyalashgan BnAATni ishlab chiqarishdan mustaqil foydalanilmaydi. Dekompozitsiyalashning eng keng tarqalgan alomati bo`lib boshqaruv obyekti hisoblanadi. Rejalashtirish bosqichida tayyorlangan yechimlarni tartibga solish vazifasi doirasida boshqaruv amalga oshiriladi.
Maqsadning darajasiga ko`ra boshqaruvning ufqlari haqida gapirish mumkin. Strategik va taktik maqsadlar tushunchalari mavjud. Bu ikki tushunchalar ma’lum darajada shartlidirlar, chunki taktik maqsadlar, masalan, banklarning boshqaruvi boshqaruvning boshqa bosqichlari, masalan, kredit bo`limi uchun strategik bo`lishi mumkin. Ammo shunga qaramasdan bank sohasi uchun maqsadlarni, demak boshqaruv pallalarining davriyligi bo`yicha boshqaruvni tezkor (bir ish kuni), joriy (oy, chorak) va istiqbolli (yil) davrlariga bo`lish mumkin. Shunday qilib, tezkor, joriy, strategik hisob va rejalashtirish tahlili haqida gapirish mumkin. Ammo shuni ta’qidlash kerakki, tahlil o`zicha mavjud bo`lmaydi va rejalashtirish uchun tayyorlov pallasi bo`lib xizmat qiladi va tizimning haqiqiy holatini aks ettiruvchi hisob ma’lumotlariga asoslanadi.
Bankda boshqaruv obyekti bo`lib ham bo`linma yoki bitta hisobning faoliyati va ham bir qator texnologik bosqichlardan iborat bo`lgan alohida bank operatsiyasi xizmat qilishi mumkin. Bankning boshqaruv tuzilmasi har hil usullarda tashkil qilingan bo`lishi mumkin, bu ko`proq bankning kattaligi, ko`rsatilgan xizmatlar turlarining sonlari, mijozlarning va bank tomonidan bajarilayotgan operatsiyalarning soniga bog`liq.