Guliston davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi 7-17-guruh talabasi Anorboyev Davronning Kompyuter ta’minoti fanidan tayyorlagan
Shaxsiy kompyuterlar ikkita tashkiliy qismlardan iborat bolib, ularga texnik ta’minot (hardware) va dasturiy taminot (software)lar kiradi.
Texnik ta’minoti – bu, birinchi navbatda, kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo’shimcha qurilmalaridir.
Dasturiy ta’minot – kompyuretning ikkinchi muhim qismi bo’lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuosini va kompyuretni ishlatish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga oladi.
Istalgan shaxsiy kompyuter, hattoki so'ngi rusumdagi zamonaviy kompyuter bo'lsada, u dasturiy taminotsiz shunchaki uskunadan boshqa narsa emas. Bunday holatda u eng elementar masalani ham hal eta olmaydi. Dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi Buning uchun dasturiy ta'minot muhim ahamiyatga ega. (DTyoki software). Dasturiy ta'miton - dasturlar to'plami bo'lib, u kompyuter muhitida tizimga bO'g'lanib, masalalami va muammolami hal etrish kabi vazifalami bajaradi. Dasturiy ta’minot deb shaxsiy kompyuter tomonidan bajariladigan aniq bir buyruqlar ketma-ketligining majmuosiga aytiladi.
Zamonaviy kompyuterlar o'z tarkiblariga millionlab dasturlami qabul qila oladi. Ular ko'ngil ochar o'yinlardan tortib to murakkab darajadagi ilmiy ishlargacha bo'lishi mumkin. DT avlodlari, operatsion tizim yangilanib borilmoqda, hatto mayda dasturlarning ham bir qancha turlari yaratildi. Ular ko'payib borishi bilan dasturning imkoniyatlari, hajmi, qulayliklari oshirilib borildi. Dasturlarga bo'lgan talablar tez va jadal oshib bormoqda. Kecha o'rnatilgan dastur ertasiga bir oz qulaylik bilan yangi ko'rinish olmoqda. Hattoki operatsion tizimlar ham yildan-yilga o'z ichiga chuqurroq manoga ega bo'lgan funksiyalarni olgan holda ishlab chiqarilmoqda. Bu borada texnika inson aql-zakovati va ftkrlash darajasiga yaqinlashib bormoqda.