Mavzu: bank siri tõĞrisidagi qonunning ahamiyati



Yüklə 9,34 Kb.
tarix22.05.2023
ölçüsü9,34 Kb.
#119715
Mavzu BANK SIR-WPS Office


Mavzu: BANK SIRI TÕĞRISIDAGI QONUNNING AHAMIYATI
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi bank sirini tashkil еtuvchi ma’lumotlarni olish, saqlash, muhofaza qilish, е’lon qilish va taqdim еtish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.


2-modda. Bank siri togrisidagi qonun hujjatlari
Bank siri togrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Ozbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Ozbekiston Respublikasining bank siri togrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bolsa, xalqaro shartnoma qoidalari qollaniladi.
3-modda. Bank siri
Bank siri bank tomonidan muhofaza qilinadigan quyidagi ma’lumotlardan iboratdir:
oz mijozlarining (vakillarining) operatsiyalari, hisobvaraqlari va omonatlariga doir ma’lumotlar;
bank oz mijoziga (vakiliga) bank xizmatlari korsatishi munosabati bilan mazkur mijoz (vakil) togrisida olgan ma’lumotlar;
mijozning (vakilning) bank seyflari va binolarida saqlab turilgan mol-mulki, uning xususiyati va qiymati haqidagi ma’lumotlar;
mijoz (vakil) topshirigiga binoan yoki uning foydasini kozlab amalga oshirilgan banklararo operatsiyalar va bitimlar togrisidagi ma’lumotlar;
bank sirini tashkil еtuvchi ma’lumotlarning banklar ortasida muomalada bolishi natijasida ma’lum bolib qolgan, boshqa bankning mijoziga (vakiliga) doir ma’lumotlar;
jamgarib boriladigan pensiya tizimining ishtirokchilari, pensiya badallarining miqdori va summalarining harakati, fuqarolarning shaxsiy jamgarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi pensiya jamgarmalari togrisidagi ma’lumotlar.
4-modda. Uchinchi shaxslar
Bank, uning mijozi (vakili) va Ozbekiston Respublikasi Markaziy bankidan tashqari boshqa barcha shaxslar uchinchi shaxslar hisoblanadi.
5-modda. Bank sirining oshkor qilinishi
Bank sirini tashkil еtuvchi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali е’lon qilish, ogzaki yoki yozma shaklda yoxud boshqa yosinda tarqatish yoki ma’lum qilish, uchinchi shaxslar е’tiboriga yetkazish, bunday ma’lumotlarni qolga kiritishi uchun uchinchi shaxslarga bevosita yoki bilvosita, shu jumladan ana shunday ma’lumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan oziga ishonib topshirilgan yoxud ma’lum bolib qolgan yoki ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim еtilgan shaxslar tomonidan bunday ma’lumotlarni saqlash tartibining buzilishi oqibatida imkoniyat yaratib berish bank sirining oshkor qilinishi deb hisoblanadi.
Quyidagilar bank sirining oshkor qilinishi deb hisoblanmaydi:
bank sirini tashkil еtuvchi ma’lumotlarning bank tomonidan uchinchi shaxslarga ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek bankka yuridik, buxgalteriya, auditorlik, axborot va maslahat yosinidagi xizmat korsatuvchi shaxslarga ma’lum qilinishi yoki taqdim еtilishi, basharti bu shunday xizmatni korsatish uchun zarur bolsa hamda mazkur shaxslar ushbu Qonunning 6-moddasida belgilangan harakatlarni sodir еtishdan ozini tiyishi shart bolsa;
prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlari va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari ortasida bank sirini tashkil еtuvchi ma’lumotlarni Ozbekiston Respublikasining qonunchiligida hamda xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan tartibda almashish.
6-modda. Bank sirining oshkor qilinishini taqiqlash
Bank sirini tashkil еtuvchi ma’lumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan oziga ishonib topshirilgan yoki ma’lum bolib qolgan yoxud ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim еtilgan shaxslar tomonidan bu ma’lumotlarning oshkor qilinishi yoki ulardan shaxsiy maqsadda yoxud uchinchi shaxslarning manfaatlari yo`lida foydalanilishi taqiqlanadi.Shuningdek, bank, uning mijozi (vakili) va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan tashqari boshqa barcha shaxslar uchinchi shaxslar hisoblanib, ularga yuqorida keltirilgan bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlar oshkor etilmaydi.
Biroq, yuqorida keltirilgan ma'lumotlar zarur deb topilganda qonun bilan belgilab qo‘yilgan ayrim davlat idoralariga taqdim etiladi. Ularga quyidagilar kiradi: prokuratura, tergov va surishtiruv organlari, davlat soliq xizmati organlariga va boshqa “Bank siri” to‘g‘risidagi qonunda belgilangan vakolatli organlar.
Yüklə 9,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin