Avtomatlashtirilgan bank tizimining rivojlanish tendensiyasi
Bank — kredit-moliya tashkiloti bo‘lib, vaqtincha erkin pul vositalarini (omonat) jamg‘aradi, ulardan kredit shaklida (zayom, qarz) vaqtincha foydalanishni taqdim etadi, korxona, tashkilot yoki alohida shaxslararo o‘zaro to‘lov va hisobotlar o‘rtasida dallol hisoblanadi, mamlakatda yangi pul chiqarishni (emissiya) o‘z ichiga olib, pul muomalasini nazorat qiladi. Bankning asosiy vazifasi – kreditordan qarz rluvchiga va sotuvchidan xaridorga pul vositasini almashlash uchun dallolik operatsiyalarini amalga oshirishdan iborat.
Bank tizimi — umumiy pul-kredit mexanizmi doirasida faoliyat yurituvchi milliy bank va kredit muassasalarining turli shakldagi majmuasidir.
O‘zbekistonning bank tizimi O‘zbekiston Markaziy bankini, banklarni, bank bo‘lmagan kredit tashkilotlarini, shuningdek, chet el banklarining filiallari va vakolatxonalirini o‘z ichiga oladi. Bank tizimi ikki darajadan iborat: yuqori darajada O‘zbekiston Markaziy banki davlatning emission valyuta siyosatini olib borib, zahira tizimning yadrosi hisoblanadi; ikkinchi darajada kredit tashkilotlari bank operatsiyalarini amalga oshiradi (22.1-rasm).
O‘zbekistonning bank tizimiga bank ishi rivojlanishining jahon tendensiyalari ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi: zamonaviy komyuter teexnika vositalari rivoji, o‘chib boruvchi raqobat, moliyaviy bank bo‘limining internatsionalizatsiya va globallashuvi va boshqalar. Tendensiya ma’lumotlari ma’lum ma’noda bank ishida axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishisiz imkonsiz bo‘lishi mumkin edi.
O’zbekiston bank tizimi.
Bank tizmida axborot kommunikatsion texnologiyalarini rivojlanishi quyidagilarga imkon beradi (22.2-rasm):
bank texnologiyalari, buxgalter hisobi va auditida tubdan o‘zgarishlar olib borish;
bank xizmatlarining yangi spektrlarini: real vaqt rejimida banklararo hisobni; mijozlarga interfaol bank xizmatlarini (avtomatlashgan bank kioskalari,
intelektual bpnk videotelefonlari, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish terminallari va hokazolar);
elektron hujjatlardan foydalanish uchun qog‘ozli hujjatlardan voz kechish;
intelektual plastik karta, elektron hamyon, raqamli naqd pullarga va hokazolarga o‘tish.
Dostları ilə paylaş: |