Tijorat banklari tomonidan 2019 yil 1 dekabr holatiga (yil boshidan) ajratilgan investitsion kreditlar to’g’risida
MA’LUMOT
Iqtisodiyotimizni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirish, innovatsion va energiyani tejaydigan texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, jahon bozorida talab mavjud bo‘lgan yangi turdagi tovarlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va shu orqali mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda bank tizimi tomonidan olib borilayotgan investitsion siyosat o‘z samarasini bermoqda. Xususan, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, zamonaviy texnologiya asosida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadlariga tijorat banklari tomonidan 2018 yilning 1 dekabr holatiga 35,1 trln. so‘m yoki 2017 yilning shu davriga nisbatan 2,4 barobarga ko‘p investitsion kreditlar ajratildi. Bunda banklarning investitsiyaviy faoliyati ustuvor ravishda tarmoqlarni rivojlantirish, mahalliylashtirish va hududlarni rivojlantirish Dasturlariga kiritilgan loyihalarni o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirishni ta’minlashga qaratilmoqda.
1.Banklarning evolyutsiyasi, bozor iqtisodiyotidagi o’rni va ahamiyati
O'zbekiston banklari milliy iqtisodiyotga ta'sir etuvchi qudratli tuzilmaga aylanish uchun rivojlanishning uzoq evolyutsion, ya'ni tadrijiy yo'lini bosib o'tishiga, anchagina mashaqqatlarni bartaraf etishiga to'g'ri keldi. 1991 yilda qator banklar shakllana boshladi. Ular O'zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining o'zgaruvchan sharoitlarida faoliyat yuritib, zamonaviy ish uslublarini o'zlashtirgan holda tobora yangi qirralarga ega bo'la bordi. 1991-1992 yillar banklar faoliyatiga doir qarashlarda chinakam burilish yillari bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi "Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonunining qabul qilinishi ikki darajali bank tizimining tarkib topishi va mamlakat Markaziy banki zimmasiga yangi vazifalar yuklanishi uchun asos bo'lib xizmat qildi. Uning oldiga pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizimi hamda to'lov tizimini shakllantirish vazifalari qo'yildi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarini moliyalashtirish endi tashkil etiladigan, zamonaviy tamoyil va talablar asosida faoliyat yurituvchi ixtisoslashgan tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi lozim edi. 1993–1994 yillarda bank tizimidagi islohotlar davom etdi. 1994 yilning 1 iyulidan e'tiboran milliy valyuta so'mning muomalaga kiritilgani mustaqil bank tizimining, umuman, O'zbekiston iqtisodiyotining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu Markaziy bank o'z faoliyatida to'liq mustaqil bo'lganini, kelgusida bozor instrumentlari orqali milliy pul tizimini tartibga solish samarali tashkil etilishiga yordam berishi mumkin ekanini anglatar edi. Mazkur jarayon 1997 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni e'lon qilinganidan so'ng jadallashdi. Unda jismoniy shaxslarning 50 foizdan kam bo'lmagan ulushi bilan banklar ochish uchun imtiyozlar taqdim etish ko'zda tutilgan edi. 1997 yil bank tizimining rivojlanish tarixida bank faoliyatida axborot tizimlarini joriy etish boshlangani bilan ahamiyatlidir.
Dostları ilə paylaş: |