Mavzu: Beton va temir beton, temir konstruksiyalar tarixi. Reja


Beton, temir beton to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar



Yüklə 85,5 Kb.
səhifə2/6
tarix23.07.2023
ölçüsü85,5 Kb.
#137178
1   2   3   4   5   6
Mavzu Beton va temir beton, temir konstruksiyalar tarixi. Reja

Beton, temir beton to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar.
Beton boshqa materiallar singari siquvchi kuchlanishlarga ancha katta qarshilik ko'rsatadi, cho‘zilishga juda ham kam qarshilik ko‘rsatadi. Betonning cho'zilishdagi mustahkamligi siqilishdagiga nisbatan 10—15 marta kichik. Shu sababli beton konstruksiyalari asosni mustahkamlashda, ma’suliyati cheklangan imoratlarning poydevorlarida, o‘zining og‘irligini ko‘tarishi mumkin bo'lgan devorlarda va shu kabi sharoitga ega konstruksiyalarda keng qo'llaniladi. Oldindan zo‘riqtiriladigan konstruksiyalar uchun mustahkamligi va zichligi yuqori, cho'kishi va tobtashlashligi cheklangan betonlar ishlatiladi. Betonning fizik-mexanik xossalari qorishmaning tarkibi, bog'lovchi va to‘ldiigichlaming turi, suv-bog‘lovchi nisbati, betonning tayyorlanish usuli, yotqizilishi va unga ishlov berish usullari, qotish sharoitlari (tabiiy qotish, avtoklavda ishlov berib qotirish), betonning yoshi va boshqalarga bog'liq. Beton uchun material tanlashda, uning tarkibini belgilashda bularning hammasini hisobga olish kerak. Qurilishda odatdagi og‘ir betonlar eng ko‘p tarqalgan bo'Iib, ularning zichligi 2200—2500 kg/m3, odatdagi zich to'Idirgichlar qo'shib tayyorlanadi. Zichligi 2500 kg/m3 dan ortiq betonlar og'ir betonlarga kiradi. Ulardan radiatsiyadan himoyalanishda foydalaniladi va hajmiy massasi oshirilgan to'ldirgichlarning maxsus turlari (magnetit, limonit, barit, cho'yan pitrasi va boshq.) qo'shib tayyorlanadi. Zichligi 1800 kg/m3 dan yuqori va 2200 kg/m3 gacha bo'lgan betonlar yengillashtirilgan betonlarga kiradi, zichligi 1800 kg/m3 bo'lgan betonlar yengil betonlarga kiradi. Betonning og'irligi g'ovak to'ldiigichlar qo'shib (keramzit, agloporit, pemza, tuf, ohak-chig'anoq va boshqalar) yoki beton aralashmasiga g'ovak hosil qiluvchi qo'shimchalar solib yengillashtiriladi. Betonning mustahkamligi yetarli darajada yuqori bo'lishi, armatura bilan yaxshi tishlashishi va zichligi yuqori bo'lishini, armaturani zanglashdan himoya qilishni va konstruksiyaning uzoqqa chidashini ta’minlash zarur. Ba’zan qo'shimcha ravishda betonga suv o'tkazmasligi, suvga nisbatan chidamli bo'lishi, sovuqqa nisbatan chidamli bo'lishi, o ‘tga chidamliligi va zangbardoshligi juda yuqori bo'lishi, og'irligi kam bo'lishi, issiq va ovoz o'tkazuvchanligi past bo'lishi kabi talablar qo'yiladi. Temir-beton konstruksiyalar o'tgan asrning o'rtalarida paydo bo'ldi, o'sha asrning oxiridayoq temir-betondan tayyorlangan qovurg'ali orayopmalar, dastlabki ko'priklar, quvurlar qurildi. XX asr boshida Moskvada to'sinsiz temir-beton orayopmalar, Nikolayev shahrida esa dunyoda birinchi marta temir-beton mayoq qad ko'tardi. Keyinchalik temir-beton konstruksiyalar binolar va inshootlarning yaxlit konstruksiyalari tarzida tobora keng tarqaldi. XX asr 30- yillaming boshida birinchi marta oldindan zo'riqtirilgan konstruksiyalar paydo bo'ldi. Urushdan keyingi yillarda yig'ma temir-beton konstruksiyalar gurkirab rivojlandi. Sanoat binolarida (ustunlar, to'sinlar, fermalar, arkalar), yirik panelli turar-joy va jamoat binolarida, muhandislik inshootlari (ko'priklar, estakadalar, gidrotexnika inshootlari va boshqalar)da temirbeton konstruksiyalaming qo'llanishi qurilish muddatlarini ancha qisqartiradi, tannarxini kamaytirishga olib keladi. Temir-beton hozirgi zamonda qurilishning asosi bo'lib qoldi, u jamoa, sanoat va qishloq xo'jaligi binolari qurilishida ko'plab ishlatilishidan tashqari, ko'prik, gidrotexnika qurilishida va boshqa sohalarda muvaffaqqiyat bilan ishlatilmoqda. Temir-betonning rivojlanishi hamda uning texnik-iqtisodiy samaradorligining o rtish i, o q ilo n a ta n la n g a n k o n stru k tiv sh ak llam i q o 'lla sh hisobiga og'irliklarining kamayishi, yengil va g'ovakli betonlaming, armosementning ishlatilishi buyumlami tayyorlash texnologiyasining takomillashuviga bog'liq. Temir-beton konsruksiyasi aksariyat standart yig'ma elementlardan tashkil topgan bo'lib, ular asosan temir-beton zavodlarida tayyorlanadi va qurilish maydonidayig'iladi. Chet el, M DH davlatlari, xususan, O'zbekiston sharoitida yig'ma elementli temir-beton konstruksiyalari fuqaro va sanoat binolarida keng qo'llaniladi. Bir qavatli sanoat binosining konstruksiyasi 8.1- rasmda ko'rsatilgan. Po'lat siqilish va cho'zilishga juda yaxshi ishlaydi. Ала shu boisdan ham temir-beton yaratish g'oyasi paydo bo'ldi, unda siquvchi yuklarni beton, cho'zuvchi yuklarni esa po'lat armatura qabul qiladi. Egiladigan tem ir-beton elem entlarda ishchi armaturani, odatda, elementning cho'zilgan qismida joylashtiriladi. Ishchi armatura element kesimlarini kichraytirish va konstruksiyaning xususiy og'irligini kamaytirish uchun qo'yiladi. Beton (armaturasi yo'k) elementlar to'satdan yemiriladi, ayni bir paytda temir-beton elementlar asta-sekin yemiriladi, bu esa ulaming mustahkamlik zaxiralarini kamaytirish imkonini beradi. Respublikamizni issiq kunlariga kelsak, harorat 40 gradus va undan ortiq bo'lganda betonning holati o'zgarganini ko'ramiz. Odatdagi betonga yuqori harorat uzoq vaqt ta’sir etganida sement toshining qotganligi, juda ko'p cho'kkanligi va mustahkamligi pasayganligi, sement toshi va to'ldirgichlaming harorat tufayli deformatsiyalanish koeffitsiyentlari turlicha bo'lganligi va boshqa sabablar tufayli yemiriladi. Shu sababli sement bog'lovchilardan harorat 50 °C dan oshmaydigan hollardagina foydalanishga ruxsat etiladi.

Yüklə 85,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin