Mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat). Bilish amaliyot ijod uyg‘unligi



Yüklə 87,6 Kb.
səhifə2/13
tarix24.12.2023
ölçüsü87,6 Kb.
#191209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
5-mavzu (1)

Ratsionalizm (ratsionalistlar) insonda tug‘ma g‘oyalar, adolat, insoniylik, uyg‘unlik g‘oyalari va tajribadan olinishi mumkin bo‘lmagan boshqa g‘oyalar mavjudligidan kelib chiqadi. Zotan, tajriba to‘la adolat, yalpi insoniylik mavjud emasligini, bizni qurshagan dunyoda uyg‘unlik ustidan xaos hukm surishini ko‘rsatadi. Bunda ayrim ashaddiy ratsionalistlar (masalan, Platon, Avgustin va ularning hamfikrlari) ko‘rsatib o‘tganidek g‘oyalar inson aqliga xos tug‘ma g‘oyalar bo‘lib, ularni inson faqat o‘z aqlidan olishini qayd etadilar; boshqa, mo‘‘tadil ratsionalistlar (masalan, Leybnits, Volf, Baumgarten) esa, g‘oyalar aqlga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lsa-da, biroq ular faqat aqlda tafakkur va falsafiy mushohada yuritish jarayonida tug‘ilishini ta’kidlaydilar.
Empirizm (empiristlar, Frensis Bekon, Lokk, Gobbs, YUm, Feyerbax), aksincha, inson, insoniyat shaxsiy yoki ijtimoiy tajribaga ega bo‘lgunga qadar biron-bir g‘oya mavjud bo‘linishni inkor etadilar. Ular barcha g‘oyalar inson ongi zamirida yo shaxsiy tajriba, yo boshqalar tajribasi, butun insoniyat tajribasini umumlashtirish orqali tug‘ilishini qayd etadilar va bu tezisni isbotlashga harakat qiladilar. Ularning fikriga ko‘ra, tajriba inson ongida uning sezgilari va o‘zini qurshagan dunyoni idrok etishi orqali aks etadi. Falsafada idrok etishni persepsiya (lotincha «perception» - idrok etish) deb atash odat tusini olgan. Persepsiya o‘zini qurshagan dunyodagi narsalar va hodisalarni sezgilar orqali idrok etishga aytiladi, borliqni aql bilan anglash, bilish, ularni g‘oyalarda ifodalash esa appersepsiya deb ataladi.
Gnoseologiya inson bilimining chegaralari to‘g‘risidagi masalani echishni ham o‘z ichiga oladi. Ko‘pgina empiriklar (masalan, David YUm, Dyubua Raymond, agnostiklar) va ratsionalistlar (masalan, Kant va uning hamfikrlari) inson nafaqat umumiy narsa va hodisalarni, balki muayyan, konkret narsalarni ham bilishi mumkin emas, degan fikrga qo‘shiladilar. Ayrim narsalar, hodisalar va konsepsiyalar borki, ular persepsiyamizning chegaralariga ham, tafakkurimiz, refleksiyamiz (lotincha «reflexes» - orqaga qaytish) doirasiga ham sig‘maydi. Masalan, Kant Koinot ibtidosi yoki ibtidosizligi, Xudoning borligi yoki yo‘qligi, jonning boqiyligi yoki foniyligi, axloqning sababiyligi yoki sababsizligi aqlning bilish chegaralariga sig‘maydigan, oqilona o‘rganib bo‘lmaydigan transsendental (lotincha «transcendentalism» - chegaraga sig‘maydigan) masalalardir, deb hisoblagan. XX asr pozitivistlari, empirizm g‘oyalarini himoya qilgan yirik olimlar (Moris SHlik, Rudolf Karnap, A.J.Ayer) Katnning transsendental muammolarini mantiqsiz deb e’lon qildilar.

Yüklə 87,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin