3- SINF 1.
Bir va ikki qavatli turar-joy uylari 2. Jamoat binolari va inshootlari komplekslari tarkibidagi yordamchi va
ho‘jalik ahamiyatidagi binolar
3. Vaqtinchalik binolar va inshootlar
4. qishloq ho‘jalik mahsulotlari, o‘g‘itlar, ximikatlar, ko‘mir va h.k.larni
saqlash uchun mo‘ljallangan, . saralash va upakovka ishlari bajarilmaydigan
ombohonalar
5. Simli aloqa, yoritish va to‘siqlar tayanchlari
6. Issiqhona va parniklar.
6. Ko‘chmas mulk ob’ketlari iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha - quyidagi 3 ta
guruhga bo‘linadi:
1. Egasi tomonidan tijorat ishlarini yuritish uchun foydalaniladigan
ko‘chmas mulk. Bunday ko‘chmas mulk ob’ektlari ikki elementga bo‘linadi:
Ixtisoslashtirilgan ko‘chmas mulk - ma’lum tijorat ishini yuritish uchun
moslashtirilgan va odatda tijorat ishi bilan birga sotiladigan. Masalan, neftni haydash
zavodlari, ximiya korhonalari, mashina va jihozlar joylashtirish uchun mo‘ljallangan
tsexlar, odatda o‘zining o‘rnashgan joyi, o‘lchamlari, konstruktsiyasi tufayli hech qachon
bozorda sotilmaydigan yoki ijaraga berilmaydigan binolar.
Ixtisoslashtirilmagan ko‘chmas mulk -
magazinlar, ofislar, fabrikalar,
omborhonalar - odatda sotiladi yoki ijaraga beriladi.
2. Sarmoyalar uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk - ularga ijaraga berish
orqali tushadigan daromad uchun yoki kiritilgan mablag‘dan foyda chiqarish uchun
egalik qiladilar.
3. Ortiqcha ko‘chmas mulk - binolari bor yer yoki tijorat yuritish uchun shu kunda
yoki bo‘lg‘usida boshqa kerak bo‘lmaydigan bo‘sh yer maydonlari.
7. Konstruktiv tuzilishi bo‘yicha: Zilzilaga qarshi choralar ko‘rmasdan bunyod etilgan binolar