MUSTAQIL TA’LIM -4
MUSTAQIL TA’LIM SHAKLI - DOKLAD TAYYORLASH.
MAVZU: BIOLOGIK TA’LIMNING MAZMUNINING TARKIBIY QISMLARINI O’QUVCHILARDA SHAKLLANTIRISH METODIKASI.
Har qanday о‘quv fanini о‘qitishda uning mazmuni nihoyatda katta ahamiyatga ega bо‘ladi.
Unga asosiy sabab о‘quv fani mazmuni
- о‘sha fanning о‘ziga xos yо‘nalishini,
-о‘qitish tizimini,
-metodlarini,
-vositalarini belgilab beradi.
О‘quv fanining mazmuni о‘quv dasturlari, darsliklari, о‘quv qо‘llanmalari orqali konkretlashtiriladi.
Umumiy о‘rta ta’lim о‘quv yurtlarida biologik ta’limning tarkibiy qismlari bо‘lib, botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi hamda stitologiya, biokimyo, genetika, evalyutsion taʼlimoti o’quv qo’llanmasidan iborat bо‘lgan umumiy biologiya о‘quv fanlari hisoblanadi. Mazkur о‘quv fanlarida turli xil о‘simliklar, xayvonlar, odamlarning tashqi, ichki tuzilishi hayot faoliyati, tashqi muhit bilan bog‘liqligi tо‘g‘risida hamda hujayraning uning organoidlarining tuzilishi, funksiyasi, irsiyat о‘zgaruvchanlik evolyustion ta’lim va shu kabi bilimlar beriladi. Maktab biologiya ta’limini ayrim о‘quv fanlariga ajratish qonuniy bо‘lib, kо‘p yillik pedagogik tajribalar asosida о‘zini oqlagan. . Biroq biologik ta’limning turli о‘quv fanlariga ajralishi tirik tabiatdagi narsa xodisalarni alohida-alohida о‘rganishga emas, balki ularning bir butunligini, о‘zaro bog‘liqligini ifoda etgan holda о‘qitilishini taqozo qiladi.
Biologiya о‘quv fanining tarkibiy qismlariga birinchi navbatda ilmiy tushunchalar kiradi. Ular biologiyaning ayrim sohalariga oid xususiy va biologiyaning barcha sohalariga xos bо‘lgan umumiy biologik tushunchalardan tashkil topadi.
Ana shunday umumiy biologik tushunchalar qatoriga organizmlarning hujayraviy tuzilishi, modda va energiyaning almashinuvi, organizm va muhitning о‘zaro birligi, irsiyat о‘zgaruvchanlik organik olam evolyustiyasi tushunchalari kiradi. Biologiya о‘quv fani mazmunining yana bir komponenti bо‘lib g‘oyalar hisoblanadi. Biologiya ta’lim mazmunida о‘quvchilar ongiga organik olam evolyustiyasi, tirik tabiat tuzilishining har darajada ekanligi, organ tuzilishi bilan funksiyasining о‘zaro bog‘liqligi, biologik sistemalarning tabiiy muhit bilan aloqadorligi, о‘z-о‘zini boshqarish va nihoyat nazariya bilan amaliyotning birligi kabi g‘oyalar singdiriladi.
Biologiya о‘quv fanining mazmunini yana bir komponenti bо‘lib biologik qonunlar hisoblanadi. Ana shunday biologik qonunlardan о‘quvchilar Mendel va Morganning irsiyat qonunlari, Ber qonuni, Xardi-Vaynberg qonuni, V.I.Vernadskiyning atomlarning biogen migrastiyasi qonuni kabilar bilan tanishadilar.
Biologiya fan mazmunining yana bir komponenti ilmiy nazariyalardir.
Umumiy о‘rta ta’lim biologiya о‘quv ta’lim mazmuniga CH.Darvinning organik olamning evolyustion nazariyasi, A.N.Severstovning filembriogenez nazariyasi, T.Morganning xromosoma nazariyasi va nihoyat hozirgi zamon gen nazariyasi kiritilgan.