Kelichev B
5
yo’qotilish, biologik xilma-xillikni yo’qotish, ko’pchilik o’simlik va
hayvon turlarining yo’qolib ketishi, atrofmuhitni keng ko’lamda
ifloslanishi, chuchuk suv tanqisligi, ozon qatlamining siyraklashishi,
cho’llanish jarayoni va atmosferani “dimiqishi”
natijasida iqlimning
o’zgarishi va boshqa muammolar kelib chiqdi. Insonning o’zi tur sifatida
sayyoramizda yashab qolishi xavf ostida va unga inqirozga uchragan
ekotizimlarda yashashga hech qanday kafolat berib bo’lmaydi. Shuning
uchun ham inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlar muammosi bugungi
kunga kelib, nihoyatda kuchayib ketdi. Tabiat va inson o’rtasidagi
munosabatlar ma’lum qonuniyatlarga bo’ysungan holda boradi. Bu
qonunlarning buzilishi albatta ekologik halokatga olib keladi.
Insonning biosferaga ta’sirini asosiy yo’nalishlari Inson dastlab
biosferaning tuzilmasiga deyarli ta’sir yetmay, ibtidoiy hayot kechirgan.
Ovchilik qurollari va olovdan foydalanish kabilarning kashf etilishi
bilan insonning atrof- muhitga bo’lgan ta’siri biroz kengaydi. Yovvoyi
hayvonlarni qo’lga o’rgatish, o’simliklarni madaniylashtirish kabilar
oziq-ovqat mahsulotlarining ko’payishiga va aholi sonining ortishiga
sabab bo’lib, bu esa o’z navbatida insonning biosferaga bo’lgan ta’sirini
kuchaytirdi.
Dehqonchilikning rivojlanishi davomida o’rmonlar kesilib,
unumdor
yerlarga aylantirildi, chorvachilikning rivojlanishi o’simliklar
qoplamining kamayishiga, payhon qilinishiga sabab bo’ldi. Natijada
million yillar davomida shakllangan barqaror hamjamoalar sun’iy
beqaror ekotizimga aylandi. Insonning biosferaga ta’sirini shartli
ravishda quyidagi yo’nalishlarga ajratish mumkin: 1. O’rmonlarni kesish
va yangi yerlarni o’zlashtirish birinchi navbatda biosferaning suv
rejimiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Natijada
daryolar sayozlanib qolishi,
botqoqlanish, o’t bosish, baliqlar sonining kamayishi kuzatiladi. Yer
ostki suvlari zaxirasi kamayadi, qor va yomg’ir suvlari tuproqqa
singimay uning yuza qismini yuvib ketadi. Suv eroziyasi bilan qo’shilib
tuproqqa yanada kuchli ta’sir etadi.
2.
Insonning biosferaga ta’sirida muhim rol o’ynaydigan
omillardan yana biri sug’orishdir. Inson qadim zamonlardan beri
Kelichev B
6
sug’oriladigan dehqonchilik bilan shug’ullanib keladi. Sug’orish ishlari
unumsiz erlarni unumdor erlarga aylanishiga imkon berishi bilan birga
gidrologik sharoitni ham o’zgartirib yuboradi.
Chunonchi, bunda yer
ostki suvlari sathining botqoqlanishi va suv bosishi mumkin. Bundan
tashqari, sug’oriladigan erlarning kengayishi, daryolar suv rejimining
o’zgarishiga, ba’zan daryolarning qurib qolishiga olib keladi.
3.
Insonning biosferaga ta’siridan
yana biri kimyoviy
o’g’itlardan foydalanish hisoblanadi. Sug’oriladigan dehqonchilikda
kimyoviy o’g’itlardan foydalanish hosildorlikni bir necha marta
oshiradi. Shu bilan birga o’g’itlardan foydalanish ichimlik suvlari
sifatining yomonlashishiga, evtrofikatsiya jarayonining susayishiga, nitrit
va nitratlarning suvda to’planishi natijasida xavfli kantserogen modda –
nitrozaminlar hosil bo’lishiga sabab bo’lmoqda. Ushmu moddalar odam
salomatligiga salbiy ta’sir etadi. Bundan tashqari chuchuk suvlarda
nitratlar va fosfatlarning ortib ketishi
fito va zooplanktonlarning
hayotiga ham ta’sir etib, (azot va kaliy miqdorini cheklaydi)
fitoplanktonlarni ko’payib ketishiga olib keladi. Suvda yashovchi ko’k-
yashil suv o’tlari mineral o’g’itlar bilan ifloslangan suvlarda juda tez
ko’payib ketib, suv havzasining yuzini berkitib qo’yadi, bu esa
baliqlarning yalpi qirilishiga, shuningdek botqoqlanishga olib keladi.
4.
Nihoyat
insonning
biosferaga
ko’rsatadigan
kuchli
ta’sirlaridan biri o’simliklar kasalliklari, zararkunanda hasharotlar va
begona o’tlarga qarshi kurashda foydalaniladigan
kimyoviy kurash
vositalaridir.
Dostları ilə paylaş: