Mavzu: Biosfera va uning vazifalari



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə2/5
tarix20.05.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#118249
1   2   3   4   5
LECTURE 2 BIOSFERA RESURSLARI VA ULARDAN OQILONA FOYDALANISH

Biosferadagi barcha tirik organizmlar yig’indisini 1. Vernadskiy «jonli modda» deb ataydi va uning tarkibiga insoniyatni ham kiritadi. Biosferaning o'zgarishida inson ongi butunlay yangi qudratli omil ekanligini takidlaydi. Aqlli inson o'z taraqqiyotida biosferaning inson tomonidan boshqariladigan yangi sifat holati noosfera (aql,tafakkur qobig'i) ga o'tishi muqarrardir .


https://images.app.goo.gl/WjNomp7DPJD1m4bA8
Vernadskiyning fikricha noosfera (biosfera rivojining oliy bosqichi) bizning sayyoramizdagi yangi geologik hodisalardir. Inson noosferada birinchi bor yirik geologik kuchga aylanadi.
U o'z aqli va mehnati bilan yashash makonini o'zgartiradi va qayta bunyod qiladi.
Lekin shuni takidlash kerakki, insonning biosferani o'zgartirishi uning imkoniyatlari chidamliligi darajasidan oshib ketmasligi kerak. XX asrning ikkinchi yarmida fan-texnikaning jadal rivojlanishi, ishlab chiqarish vositalarining takomillashuvi biosferada ko`plab salbiy o'zgarishlar keltirib chiqaradi. Insoniyatning yaqin kelajakdagi faoliyati birinchi navbatda biosferadagi salbiy o’zgarishlar oqibatlarini bartaraf qilishga qaratilmogi lozim.
Biosferaning tarkibi: V.I.Vernadskiy boʹyicha biosferaning quyidagi tarkibiy qismlari ajratiladi:
- tirik modda(biota)lar –barcha tirik organizmlarning yigʹindisi;
- oʹlik moddalar –hosil boʹlishida tirik organizmlar qatnashmaydigan togʹ jinslari, suv, minerallar va boshqalar;
- biogen moddalar –organizmlar hayot faoliyati mahsuli sifatida hosil boʹlgan koʹmir, torf, neft, gaz va boshqalar;
- oraliq moddalar – biogen moddalarning noobiogen kelib chiqqan mineral jinslar bilan aralashmalari-tuproq, slanetslar va boshqalar.
Tarkibidagi energiya yoki uglerod miqdoriga asoslangan maʹlumotlar boʹyicha biosferadagi tirik, biogen va oraliq moddalar miqdori nisbati 1:20:4000 ga toʹgʹri keladi.

Biosfera haqidagi V.I.Vernadskiy ta’limoti;
1875 yilda bu tushunchani birinchi bor avstriyalik geolog olim E.Zyuss ishlatdi. Yerning alohida qobiqlari-geosferalarini oʹrganayotganida hayot tarqalgan qobiqni u “biosfera” deb ajratdi.
Biosfera xaqidagi taʹlimotning asoschisi rus olimi, akademik V.I.Vernadskiy (1863-1945) hisoblanadi. V.I.Vernadskiy birinchi boʹlib Yer sayyorasi evolyutsiyasida tirik organizmlarning roli va ahamiyatini ochib bergan, biosferani biogeokimyoviy oʹrganishni boshlagan.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin