Mavzu: bioxilma-xillik to'G'rsida konvensiya



Yüklə 42,79 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix29.11.2023
ölçüsü42,79 Kb.
#169875
BIOXILMA-XILLIK TO\'G\'RSIDA KONVENSIYA ( RIO-DE-JANEYRO 1992 )



MAVZU: BIOXILMA-XILLIK TO'G'RSIDA KONVENSIYA ( 
RIO-DE-JANEYRO 1992 ) 
 
REJA: 
1. Bioxilma-xillik nima ?; 
2. Konvensiyadagi ma’lumotlar;
3. Dunyo bioxilma-xillikka qanchalik muxtoj.
 
 
 



1.
Bioxilma-xillik oʻzi nima? – degan savolga koʻpchilik mujmal 
qilib bu “tabiat” yoki “yovvoyi hayvonlar” deb javob beradi. Ammo 
Bioxilma-xillik ancha keng tushuncha boʻlib, u hayotning barcha turlarini 
va sayyoramizda mavjud tabiiy tizimlarni oʻz ichiga oladi. Tabiat 
"chekinmoqda", bioxilma-xillikning qisqarib ketish jarayonlari rekord 
darajaga yetdi. Yer o‘z hosildorligini yo‘qotdi. O‘simlik va hayvonot 
dunyosi turlarining milliondan ortig‘i yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi. 
Insoniyat yangi biologik tahdidlar, xususan, koronavirus pandemiyasiga 
ro‘baru keldi. Ammo bioxilma-xillik hayotning barcha turlarini va 
sayyoramizda mavjud tabiiy tizimlarni o‘z ichiga oladi. Bioxilma-xillik 
turg‘un tushuncha emas. U tabiat barcha biologik qismlarining o‘zaro 
bog‘liqligi va bir-birini taqozo etadi. Ko‘pincha mazkur tushunchaning 
uch darajasi farqlanadi: turlarning biologik rang-barangligi, genetik rang-
baranglik va ekologik tizimlarning rang-barangligi. Bu uch daraja 
jamuljam holda bioxilma-xillikni tashkil etadi. Shu sababli, mazkur 
darajalarning har birini asrash umuman bioxilma-xillikni asrash uchun 
muhim.
Biz “biosfera”da, ya’ni sayyoramizning jonli qismida yashaymiz. 
Biosfera – juda faol substansiya. Lekin o‘zining turli biologik 
qismlarining boyligi tufayli u hayotni asrash nuqtai nazaridan juda 



barqaror. Biosfera faqat biologik hayotning boyligi tufayli sirtdan 
ko‘rsatilgan ta’sirlarga dosh beradi.
Yerda hayotning rang-barangligi qancha kamaysa, biosferaning 
sirtdan aralashuvlarga ta’sirchanligi shuncha ortadi. Bioxilma-xillik 
qancha kam bo‘lsa, sayyoramizning uzoq muddatli istiqbolda yashab 
qolish imkoniyatlari shuncha oz bo‘ladi. 
Bioxilma-xillik mamlakatimizda xalqning iqtisodiy, estetik, 
sog‘liqni saqlashga oid va madaniy farovonligining muhim manbai 
hisoblanadi. Ammo butun dunyoda bioxilma-xillik kamayib borayotgani, 
chunonchi, noyob genlar, turlar va ekologik tizimlar yo‘q bo‘lib 
ketayotgani yurtimizga ham tahdid solmoqda. Buning sababi bitta – 
odamlar. Odamlar shunday bir sharoitlarni yaratdilarki, ularda yo‘q bo‘lib 
ketgan turlar miqdori 65 million yil oldingi dinozavrlar davridan boshlab 
butun tarix mobaynida yo‘q bo‘lib ketgan turlar miqdoridan ham ko‘proq.
Agar bioxilma-xillik yo‘qolishining hozirgi tezligi saqlanib qolsa, 
odamlarning tabiiy yashash joylarini buzish, ifloslash, iqlimni o‘zgartirish 
borasidagi harakatlari natijasida sayyoramizdagi turlarning yarmi 100 
yildan ham kamroq vaqt ichida yo‘q bo‘lib ketadi.
Masalan, so‘nggi 40 yil davomida baliq ovlash yiliga 20 million 
tonnadan 135 million tonnaga oshdi. Baliq zaxiralarining 75 foizi 



yo‘qolib ketdi. Shunga qaramasdan, Yer yuzida yashovchi insonlarning 
har 
beshinchisining 
ovqatlanish 
ratsioniga 
baliq 
kiradi.
Bioxilma-xillikka odamlar ta’sirining bosh omillari biologik resurslar 
iste’molining o‘sib borayotgani, insonning ishlab chiqarish faoliyati, 
qishloq xo‘jaligi hamda odamlar yashaydigan joylar kengayib 
borayotganidir.
Bu odamlar rivojlanish jarayonlarini, o‘z iste’moli, savdo-sotiq va 
hokazolarni butunlay to‘xtatishi kerak, degan ma’noni anglatadimi? 
Yo‘q. Ammo insonning hayot faoliyati va mavjudligi uchun ne’matlar 
ishlab chiqarish jarayonida bioxilma-xillikka ziyon yetkazmaslik va uni 
kelajak avlodlar uchun saqlab qolish yo‘llarini topish ustida barcha 
odamlar bosh qotirishlari lozim.
2.
1992-yiIda BMTning Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan atrof muhit 
va rivojlanish bo‘yicha konferensiyasida biologik xilma-xillik haqidagi 
Konvensiya imzolandi.l993-yildga kelib, 168 davlat uning ishtirokchisi 
bo‘ldi. 1995-yilda O‘zbekiston ham ushbu Konvensiyaga qo‘shildi. 
Biologik xilma-xillik deganda, barcha tirik organizmlarning populatsiya, 
tur va ekotizim darajasidagi yig‘indisi tushuniladi. Ekotizimlaming 
mahsuldorligi, ulaming o‘zini-o‘zi boshqarishi va tiklay olishi, tabiiy va 
antropogen omillarning ta’siriga bardosh bera olishi bioxilma-xillikka 



bog‘liq ekanligi ко‘p lab olimlar tomonidan aniq isbotlab berilgan. 
Hozirgi kunda Biologik xilma-xillik noyob qiymatga va umumjahon 
ahamiyatga ega ekanligi e’tirof etilmoqda. Biologik turlami saqlashning 
ahamiyatini chuqur anglash, xalqaro hamjamiyatning xabardorligini 
oshirish maqsadida BMT tashabbusi bilan 22 may “Xalqaro biologik 
xilma-xillik kuni” deb e’lon qilingan. Yer yuzasining biologik resusrlari 
odamzodning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun hayotiy 
zaruriyatdir. Sayyoramizning biologik xilma-xilligi asosini biologik turlar 
tashkil etadi. Ulaming birortasi yo‘q bo‘lib ketsa o‘mini mutlaqo to‘dirib 
bo‘lmaydi. Biologik xilma-xillik muammolari bugunda klassik biologik 
chegaralaridan chiqib ketdi. Ulami hal etishda sistematika, ekologiya 
biogeografiya 
sohasidagi 
ma’lumotlardangina 
emas, 
balki 
landshaftshunoslik, tabiatdan foydalanishning turlari, sohalari, iqisodiyot, 
sotsbiologiya va boshqa sohalaming ma’lumot va uslubiy apparatlaridan 
foydalanish talab etilmoqda. Shu bilan birgalikda yovvoyi flora va fauna 
na ma’muriy va na davlat chegaralarini bilmaydi. Shunga asosan 
Konvensiya ishtirokchilari biologik xilma-xillikni saqlash umurninsoniy 
muammolar 
ekanligini 
tasdiqlaydilar. 
1998- 
yilda 
xalqaro 
tashkilotlarning (GEF, PROOH) moliyaviy ko‘magi bilan 0 ‘zbekiston 
Respublikasining biologik xilma-xilligini saqlash bo‘yicha Milliy 



strategiya va ishlar rejasi tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi hukumati 
tomonidan ma’qullangan (Vazirlar Mahkamasining 1998-yiI 139-sonIi 
qarori) ushbu hujjat biologik xima-xillikni saqlash sohasidagi asosiy 
yo‘nalishlar va tadqiqotlar rejalari, amaliy faoliyat va ta’limning 1998-
2007 va 2017-yilgacha bo‘lgan istiqbolini belgilab berdi. Unda uchta 
asosiy masala qo‘yilgan: maxsus qo‘riqlanadigan hududlar tarmog‘ini 
rivojlantirish va takomillashtirish; bioxilma-xillikni saqlash sohasidagi 
ma’lumotlami yetkazish va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish; biologik 
resurslardan foydalanishda ularga putur yetkazmaydigan mexanizmlami 
ishlab chiqish va joriy qilish. Biologik xilma-xillik, oddiy hayotiy 
shakllarga nisbatan ancha keng qamrovli. U nafaqat amaliy 
tekshirishlaming yo‘nalishlarini aniqlaydi, balki shunday maqomga 
egaki, agar biologik xilma-xillik mavjud bo‘Isa, ekotizimning 
barqarorligi mustahkam bo‘ladi. Shuning uchun ham uni doimiy ravishda 
himoya qilish maqsadga muvofiq va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarida 
biologik xilmaxillikni asrash masalasiga alohida e’tibor beriladi
Har yili 2001-yildan beri 22-mayda Butunjahon biologik xilma-xillik kuni 
nishonlaniladi.
Ushbu kun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1994 yilda qabul 
qilingan 
Biologik 
xilma-xillik 
to'g'risidagi 
konventsiyasi (BTK) 



ishtirokchilari tavsiyasiga asosan 1995-yilda maxsus qaror (№ A / RES / 
49/119) e'lon qildi.
Oldiniga Butunjahon biologik xilma-xillik kunini 29-dekabrda - 
Biologik xilma-xillik to'g'risidagi konventsiya kuchga kirgan kunni 
nishonlash tavsiya qilindi. Shu bilan birga, yil davomida nishonlanadigan 
ko'p sonli bayramlar tufayli ko'plab mamlakatlarda kunni nishonlash 
uchun tadbirlarni rejalashtirish va o'tkazishda qiyinchiliklarga duch keldi 
va bu sana 22-mayga o'zgartirildi.
Biologik xilma-xillik bugungi kunda tezda pasayib borayotgan 
sayyoradagi hayotning xilma-xilligi. O'simliklar o'lib ketmoqda, 
hayvonlar va o'rmonlar Yer yuzidan yo'qolib ketmoqda. Buning asosiy 
sababi - insonning faoliyati faoliyati. Sayyoramizdagi turlarning biologik 
xilma-xilligining kelajagi haqida xavotirga tushish, 1992-yilda Rio-de-
Janeyroda bo'lib o'tgan BMTning Atrof-muhit va Barqaror Rivojlanish 
bo'yicha konferentsiyasida Butunjahon hamjamiyatiga birinchi navbatda 
biologik xilma-xillik ham jonli turlarini saqlab qolish, ham ekologik 
tizimlarga e’tibor qaratishga bag’ishlandi.
Har yili BMT Bosh kotibi Xalqaro bioxilma-xillik kuni munosabati 
bilan keng jamoatchilikka xabar beradi. Bayram har yili turli mavzularda 
nishonlaniladi, qaysiki turli yillarda bo’lgan:"Bioxilma-xillik va 



qashshoqlikni kamaytirish - barqaror rivojlanish uchun qiyinchiliklar", 
"Biologik xilma-xillik: o'zgaruvchan dunyoda hayotni sug'urtalash", 
"iqlim o'zgarishi va bioxilma-xillik", "Biologik xilma-xillik", "Biologik 
xilma-xillik mavzusini yangilash, odamlarning hayotini saqlab qolish va 
ularning turmush darajasini oshirish" va boshqalar.
3. 
Bioxilmaxillik–odamlar 
hayoti 
uchun 
muhim 
resurslar manbai. Bioxilmaxillikning yovvoyi va xonaki (madaniy-
lashtirilgan) komponentlaridan biz oziq-ovqat, kiyim-kechak, ovqat 
pishirish va uy qurish, mebel yasash uchun yogʻoch, tibbiyot, sanoat 
mahsulotlari ishlab chiqarish uchun materiallar olamiz.
Bioxilmaxillikdan olinadigan foydani ikki qismga ajratish mumkin.
Biologik xizmatlar: Oʻzbekiston asosan qishloq xoʻjalik mamlakati. 
Ammo qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarish toʻlaligicha tabiat sifatiga 
bogʻliq. Bioxilma-xillik maqbul sifatni quvvatlash boʻyicha xizmatlar 
koʻrsatadi. Biologik turlar rang-barangligi qancha kam boʻlsa, ular 
shuncha kam xizmatlar koʻrsatadi va qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi 
hamda qishloqlardagi hayot uchun tabiiy resurslar sifati shuncha past 
boʻladi.
Mahsulotlardan toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanish: Mamlakatimizda 
Bioxilma-xillik mahsulotlaridan foydalanish yonilgʻi sifatida ishlatish 


10 
uchun yogʻoch yigʻish, ovchilik, oziq-ovqat sifatida ishlatiladigan 
oʻsimliklarni, dorivor giyohlarni terish va hokazolar orqali amalga 
oshiriladi. Bioxilma-xillik mahsulotlaridan foydalanish koʻpincha 
nooqilona amalga oshiriladi. Yaʼni, tabiat tiklashga qodir boʻlgan 
darajadan koʻproq yigʻiladi.
Yurtimizda ham yildan-yilga bioxilma-xillik yoʻqolib bormoqda. 
Buning asosiy sababi bioxilma-xillik mavjud tabiiy joylar asosan qishloq 
xoʻjaligining kengayishi hisobiga buzilib ketyapti.
Bunday muammolarning oldini olish, aholining ekologik 
madaniyatini yana-da yuksaltirish, yoshlarda tabiatga ehtirom tuygʻusini 
kuchaytirish, biologik xilma-xillikni asrashga yoʻnaltirilgan loyihalarda 
jamoatchilikning faolligini yana-da oshirish dolzarb vazifadir.
Bu odamlar rivojlanish jarayonlarini, oʻz isteʼmoli, savdo-sotiq va 
hokazolarni butunlay toʻxtatishi kerak, degan maʼnoni anglatadimi?
Yoʻq, anglatmaydi. Ammo, insonning hayot faoliyati va mavjudligi 
uchun neʼmatlar ishlab chiqarish jarayonida Bioxilmaxillikka ziyon-
zahmat yetkazmaslik va uni kelajak avlodlar uchun saqlab qolish 
yoʻllarini topish ustida barcha odamlar bosh qotirishlari lozim.


11 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1. zarnews.uz
2. library.samdu.uz
3. https://xs.uz
http://fayllar.org 

Yüklə 42,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin