Suvda о‘stirish uchun ozuqa eritmalari tarkibi
Pryanishnikov
eritmasi
Knop eritmasi
Gelrigel eritmasi
Belousov
eritmasi
NH
4
NO
3
– 0,240
CaHPO
4
•2H
2
O
– 0,172
MnSO
4
– 0,060
KCl – 0,160
FeCl
3
•6H
2
O – 0,025
CaSO
4
•2H
2
O – 0,344
Ca(NO
3
)
2
– 1000
KH
2
PO
4
– 0,250
MnSO
4
•7H
2
O – 0,250
KCl – 0,125
FeCl
3
•6H
2
O – 0,0125
Ca(NO
3
)
2
– 0,492
KH
2
PO
4
– 0,136
MnSO
4
– 0,060
KCl – 0,75
FeCl
3
•6H
2
O – 0,0125
KNO
3
– 1000
Ca
3
(PO
4
)
2
– 0,30
MnSO
4
– 0,500
CaSO
4
– 0,500
Fe
3
(PO
4
)
2
– 0,250
Maysalarning muqobil о‘sishini ta’minlash uchun idishlar yorug‘ xonalarga
qо‘yiladi. Ozuqa eritmalaridagi aeratsiyani yaxshilash maqsadida eritmaga har
kuni 4-5 daqiqa davomida maxsus nasoslar yoki rezina nok yordamida havo berib
turiladi.
Oradan 5-10 kun о‘tishi bilan ya’ni maysalar о‘zini tutib olgandan keyin ular
yagana qilinadi. Yaganalashdan maqsad har bir idishda rivojlanishi bir xil bо‘lgan
о‘simtalarni qoldirishdir. О‘simtalarning poyalari (guklari) tirgovuchga bog‘lab
qо‘yiladi. О‘simlikning muqobil ravishda о‘sishi va rivojlanishini ta’minlash
uchun idishlardagi ozuqa eritmasi har 7-10 kunda almashtirib turiladi. Buning
uchun idishdagi eritma rezina shlangda tortib olinadi va ildiz sistemasi distillangan
suv bilan bir necha marta yuvib tashlanadi. Keyin esa idishlar yangi ozuqa eritmasi
bilan tо‘ldiriladi.
Nazorat uchun savollar.
1. Gidroponika deb nimaga aytiladi?
2. О‘simliklarni suv kulturasida о‘stirish bosqichlari qanday?
3. О‘simlilarni suvda о‘stirish uchun idishlar qanday tayyorlanadi?
4. О‘simliklarni suvda о‘stirish uchun qanday tayyorgarlik ishlari olib
boriladi?
5. О‘simliklarni suvda о‘stirilganda qanday eritmalardan foydalaniladi?
6. Gidroponika usullarini sanab bering.
Dostları ilə paylaş: |