Mavzu: biznes faoliyati va uning turlari



Yüklə 33,67 Kb.
səhifə3/5
tarix02.05.2023
ölçüsü33,67 Kb.
#106197
1   2   3   4   5
BIZNES FAOLIYATI VA UNING TURLARI.

Maslahat uslublari. Maslahat uslublari turli xil bo'lishi mumkin. Maslahatning uch turi ekspertli, jarayon va o'rgatuvchi maslahatlar keng qo'llaniladi.
Ekspertli maslahat konsaltingning eng passiv shaklidir. Maslahatning bu turida maslahatchi diagnostika, qaror qabul qilish va ularni joriy etishni mustaqil ravishda amalga oshiradi. Mijoz esa bunday hollarda maslahatchiga kerakli axborot yetkazib berishi zarur.
Jarayon maslahatida loyihani ishlab chiqish bosqichlarida konsalting firma maslahatchilari mijoz bilan faol ish olib borib, yuzaga kelgan muammolarni hamkorlikda tahlil qiladi va zarur takliflar beradi.
O'rgatuvchi maslahatida mutaxassislaming asosiy maqsadi goyalarning yuzaga kelishi, yechimlar qabul qilish uchun asos tayyorlashdir. SHu maqsadda mijozlar uchun ma’ruzalar o'qiladi, seminarlar o'tkaziladi, o'quv qo'llanmalari ishlab chiqiladi. Umuman, mijozlar zarur nazariy va amaliy axborotlar bilan ta’minlanadi. Amalda esa yuqoridagi har bir maslahat turiari sof holda qo'llanilmaydi, ular kombinauiyalashgan shaklda uchraydi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda konsalting xizmati ko'p yillar mobaynida bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining muhim elementlaridan hisoblanadi. Konsalting xizmati statistikada maxsus tarmoq deb tan olingan. AQSH da ushbu tarmoqda 700 ming kishi band bo'lib, uning bir yillik xizmat hajmi 50 mini, dollarni tashkil etadi.
Har bir rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda maslahatchilar fikrisiz iqtisodiyot va boshqaruvga oid jiddiy qarorlar qabul qilinmaydi.
O'zbekistonda hozirgi vaqtda xususiy konsalting firmalar soni juda kam (qiyoslash uchun Gollandiyada ularning soni 2000 dan oshiqdir).
Xususiy firmalardan tashqari maslahatli xizmatlarni davlat, o'quv, axborot, ilmiy tekshirish muassasalari tijorat asosida bajaradi. Mamlakatimizda hozirgi iqtisodiy sharoitni yaxshi biladigan, yuqori salohiyatga ega, yuqori intellektual, bozor iqtisodiyoti mexanizmini tushunadigan malakali maslahatchilar soni yildan-yilga ko'payib bormoqda. Ular chet el konsalting firmalarining vakillari bilan hamkorlikda milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda katta ish olib bormoqda. Aytish lozimki, chet el konsalting firmalarining xizmati juda qimmat. Masalan, chet el konsalting firmasi xodimining bir kunlik o'rtacha ish haqi 300 dollarni tashkil etadi.
Konsalting xizmatlari turli xil bo'lishi mumkin. Menejment bo'yicha Yevropa maslahatchilar ma’lumot ko'rsatkichida 84 turdagi konsalting xizmatlari ko'rsatilgan. Ular quyidagi 8 ta guruhga bo'lingan. umumiy boshqaruv, ma’muriy boshqaruv, moliyaviy boshqaruv, xodimlar boshqaruvi, marketing, ishlab chiqarish, axborot texnologiyasi, maxsus xizmatlar.

Yüklə 33,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin