Mavzu: Biznes va uning turlarini davlat tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash siyosati



Yüklə 328,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix05.05.2023
ölçüsü328,56 Kb.
#107646
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Biznesn va tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlashning davlat v



 
Mavzu:
Biznes va uning turlarini davlat tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy 
jihatdan qo‘llab-quvvatlash siyosati
 
 
REJA

 
1. 
Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat 
tomonidan qo'llab- quvvatlashning xorij tajribasi 
2. 
O'zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni davlat 
tomonidan qo'llab- quvvatlashning davlat mexanizmi 
3. 
Moliya - kredit vositasida qo'llab - quvvatlash. Kadrlar
bilan ta' minot. 


 
KIRISH 
 
Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning asosiy omillaridan 
biri innovatsiyalardir. Innovatsion texnologiyalar yordamida kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini chuqur qayta tuzish va ish unumdorligini yanada 
oshirish mumkin. Ma'lumki, bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
sohasi nafaqat milliy iqtisodiyotning o'sish sur'atlarini jadallashtirishda, balki 
bugungi kun uchun dolzarb hisoblangan aholini ish bilan ta'minlash va turmush 
darajasini oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o'rin tutmokda. 
Kichik biznesning ixcham va harakatchanligi, bozor kon'yunkturasi 
o'zgarishlari va iste'molchilar ehtiyojlariga tez moslasha olishi uni jahon 
moliyaviy- iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish va inqirozdan 
keyin iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish sharoitida yangi ish 
o'rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirish borasida eng qulay va makbul 
vositaga aylantirmoqda. 
Darhaqiqat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning izchil rivojlanib 
borishini ta'minlash orqali mamlakatimizda jamiyatimizning
ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo'lgan o'rta sinfning shakllanishiga va 
uning tobora mustahkam bo'lib borishiga erishilmoqtsa. 
Shunday ekan, endilikda kichik biznesni nafaqat son jihatdan ko'paytirish, 
balki uni avvalo sifat jihatdan ham rivojlantirishimiz, bu borada oddiy ishlab 
chiqarishdan ichki va tashqi bozorga yo'naltirilgan murakkab, yuksak 
texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishga o'tish masalasiga alohida e'tibor 
qaratishimiz darkor. 
Yurtimizda fan, ta'lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini yanada 
chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining innovatsion 
rivojlanish yo'llarini ishlab chiqish orqali ilm-fan va ishlab chiqarish o'rtasida 
o'zaro foydali aloqalarni mustahkamlashga bo'lgan e'tibor yildan-yilga oshib 
bormoqda. 
Bugungi kunda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish 


va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli 
turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta'minlaydigan zamonaviy 
innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo'yicha maqsadli loyihalar amalga 
oshirilmoqtsa. 

Yüklə 328,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin