Yo qahr-u g'azab biria meni tufiroq qil, Yo babri inoyatingda mustag'raq qil. Yo rab, sengadur yuzum qaro, xoh oq qil, H ar nav’e sening rizong erur, andoq qil. Shoir Allohga murojaat qilib, Yaratgan istagiga ko'ra, uning qahr-u g'azabiga uchrab tuproq, ya’ni xor-u zor bo'lishga ham yoki Uning lutfu karamidan bahra olib, inoyat dengizida cho'mishga ham tayyor ekanligini e’tirof etadi. She’r qahramoni bir banda sifatida Tangri oldida gunohkor ekanligini «sengadur yuzum qaro» jumlasida badiiylashtiradi. So'nggi misrada esa Allohning rizoligiga erishish istagida har narsaga tayyor tuiganligi o'z aksini topgan. X V asrda Movarounnahr-u Xurosonni idora qilayotgan temuriy hukmdorlar orasida naqshbandiya tariqatining ulug' peshvolariga e’tiqod qo'yish odat tusini olgan edi. Temuriy shahzodalar ulug' shayxlarga yuksak hurmat ko'rsatish ruhida tarbiyalanib, ulaming komil inson haqidagi yuksak axloqiy-ta’limiy qarashlaridan juda erta bahra olishga ulgurardilar. Bobur Mirzo ham Faig'ona viloyatida dong taratgan naqshbandiya tariqatining ko'zga ko'ringan vakillaridan biri Xoja Abdullo Mavlono qoziy hamda Movarounnahr-u Xurosonda buyuk ma’naviy aibob sifatida tanilgan Xoja Ahror Valiyga ulkan ixlos qo'ygan edi. «Bobumoma»da bu ikki ulug' zotdan birining sharofatli duolari, birining esa ruhiy madadi bois yosh shahzoda tang ahvoldan omon qolganligiga dalolat beruvchi lavhalar keltirilgan. Ulardan ba’zilarini yuqorida ko'rib o'tdik. Bobur Mirzo she’riyatida naqshbandiya tariqatining o'lmas g'oyalari badiiy ifodasini topganligiga shubha yo'q. Shoir ruboiylarida ilohiy va majoziy ishqni bir o'zanga solingan holda ravon uslubda vasf etilishining sababi ham uning qalbi botiniy ma’rifat nurlari bilan yoritilganidir. Mana bu ruboiylarga e’tibor qiling: