Ey yor sening vaslingga yetmak mushkil, Farxunda hadisingni eshitmak mushkil. Ishqingni dag'i bartaraf etmak mushkil, Boshni olibon har sari ketmak mushkil. Yoki: Keldim sanga yuz umid bila, ey mob, Lekin yondim yuzingni ko‘rmay, yuz oh. Hamsuhbat-u hamrohni netay u yo‘lda, Dardlng manga hamsuhbat-u ishqing hamroh. Zakovatli shoiming mazkur she’rlaridagi mazmunni istang samoga ulang, xohlang yeiga olib tushing. Har ikki holatda ham bosh mohiyat— ishq va sidq, ishq va dard, ishq va sadoqat, ishq va ishonch kabi tuyg'ulaming ohori saqlanadi. Oshiqning ma’shuqa dardi va vasliga yetmoq ilinjidan o'zga tashvish va taraddudi yo'q, bo'lishi ham mumkin emas. Bobur Mirzoning qalbida yongan ishq alangasi uni sira tark etmagan. To‘g‘ri, u komil muslim bo'lgani holda shariatning barcha talablariga rioya qila olmadi. Sharobga ruju qo'ygan paytlari, ma’jun kayfi bilan diliga taskin bergan damlari bo'ldi. Lekin shu bilan bir qatorda u o'sha gunohlaridan komil sadoqat bilan tavba ham qildi. Bobur Mirzo yuksak nazokatli inson sifatida ko'ngilchan, mehrshafqatli shaxs edi. Q izi Gulbadanbegimning «Humoyunnoma» asaridagi juda ko'p lavhalar shunday xulosaga kelish uchun asos beradi. Aytilganlaiga qanoat hosil qilish uchun asardan bir lavha ko'chirish foydadan xoli emas: «Rano Sango bilan jang bo'ldi. Xudoning inoyati bilan podsho g'alaba qozondilar va g'oziy bo'ldilar. Rano Sangoning fathidan bir yil o'tgach, onam—Mohimbegim (Humoyun Mirzoning onasi) Kobuldan Hindistonga jo'nadilar. Men ham podsho dadamni ko'igani u kishi bilan biiga bordim. Onam ko'lga yetganlarida podsho hazratlari uch otliq mahofa yubordilar... Podsho dadam hazratlari to ot keltuigunlaricha sabr qilmay, piyoda yo'lga tushib, Nincha Mohim uylari oldida biz bilan uchrashdilar. Onam otdan tushmoqchi bo'ldilar, lekin podsho dadam qo'ymasdan o'zlari onamning otlari jilovidan ushlab, o'z uylariga yetguncha piyoda ketdilar...» (Humoyunnoma. Toshkent: «Fan», 1959, 35-b.) Bobur M iizo ruboiylaridan birida ifodalangan lavhani xotiiga keltiradi: