Mavzu: bola shaxsi, vazifalari reja: I. Kirish II. Asosiy qism bola shaxsi va uning vazifalari


Xulosa Ushbu kurs ishini yozar ekanman quyidagi xulosa



Yüklə 136,5 Kb.
səhifə6/7
tarix13.04.2023
ölçüsü136,5 Kb.
#97114
1   2   3   4   5   6   7
BOLA SHAXSI, VAZIFALARI

Xulosa
Ushbu kurs ishini yozar ekanman quyidagi xulosa va takliflarni berib o’tmoqchiman.
1. Mustaqil fikr yuritish faoliyatida eng avvalo hal qilinishi zarur bo`lgan muammo inson tomonidan yaxshilab anglab (tushunib) olinishi kerak. Agarda inson oldida hech qanday masala yoki muammo vujudga keltirilmagan bo`lsa, u holda u biron-bir narsa to`g`risida fikr ham yuritmaydi. Mushohada ham qilmaydi. Inson tanballikka moyildir. Mabodo shaxs hal qilinishi shart bo`lgan masala yuzasidan qanchalik aniq va to`laroq ma'lumotga ega bo`lsa, uni oqilona yechish yo`l va vositalarini shunchadik yengillik bilan topadi.
2. Muammo yoki masalani hal qilish uchun eng zarur bo`lgan barcha bilimlarni, muhim munosabatlar, urf-odatlar, bog`lanishlarni yaxshi bilishi va uni tadbiq qila olishi zarur. Buning uchun shaxsiy tajribada uchragan holatdan, usullarlan xolatlarni xotirada saqlash va uni o`xshash muammolarni yechishda qo`llash jarayoni amalga oshiriladi.
3. Masala yoki muammoga taalluqli faraz ilgari suriladi, bosqichlar tahlil qilinadi, yechish to`g`risida mulohazalar bildiriladi. Turli variantlar hakida fikr yuritmladi, ular o`zaro qiyoslanadi va eng samaradi variantlar ajratiladi.
4. Muammo oldiga qo`yilgan gipotezani muayyan mezonlar yordami bilan tekshirish zaruriyati tug`iladi. Uni tekshirish uchun o`zaro o`xshash holatlar ma'noviy, shakliy, tuzilmaviy jihatdan taqqoslanadi. Bu o`rinda ijodiy hayol materiallaridan atroflicha foydalaniladi, ya'ni ijodiy rejalar tuzish, umumlashma obrazdar yaratish, maqsad natijalarini ko`z oldisha keltirish, taxminiy munosabatlarni idrok qilish amalga oshiriladi. Uning haqqoniy ekanligiga ishonch hosil qilish uchun aqliy xatti-harakatlar tizimini tadbiq qilib ko`riladi va ayrim o`zgartirishlar kiritish mo`ljali oydinlashtiriladi. Gittoteza mantiqiy usullar yordamida fikran analiz va sintez qilinadi, muhim alomatlari ajratiladi, uniig to`g`riligi, hakkoniyligi bo`yicha tezkor hukm va xulosalar chiqariladi.
5. Muammoni nazariy jihatdan hal qilish uchun ilgari surilgan gipoteza to`g`ridagi yoki noto`g`ri ekanligi aniqlansa, u fikr yuritish ob'yektidan siqib chiqariladi va yangi farazlar, o`ylar, taxminlar qabul qilinali yoki o`ylab topiladi. Yangi amaliy gipioteza fikran bir nyecha marta tekshiriladi va undan so`ng amaliyotga joriy qilish uchun sinashga tavsiya qilinadi. Ta'kidlab o`tilgan mulohazalarning aksariyati konstruktiv texnik masaladarni hal qilishda, kashfiyotlarni yaratisha, ixtirochilik takliflarida, ratsionalizatorlikda, texnologik qurilmalarni joriy qilishda turli-tuman vaziyatlar, texnologik kartalar va boshqa modellar fikran tahlil qilinadi. So`ngra ulardan eng ma'quli, omilkori, eng maqsadga muvofiqi tanlanadi va uning ustida bosh qotiriladi.
6. Muammo va masalani hal qilish, yechish, olingan natijalarni to`g`riligiga ishonch, qanoat hosil qilish uchun yechuvchi shaxs uni tekshirish bilan mustaqil fikr yuritish xatti-harakatlarini yakunlaydi. Ana shu fikriy operatsiyalar, mulohazalash shakllaridan so`ng masala (topshiriq) batamom hal qilinali va bu muammo to`g`risyada o`ylash nisbiy jihatdan vaqtincha to`xtatiladi. Erishilgan muvaffaqiyat hayotga joriy qilinadi. Boshqacha aytgatsda bu muammo va uning yechimini topish uchul qilingan harakatlar va yechimlar kelgusi muammochi vaziyatni hal qilish uchun kerak bo`ladi.
Har bir shaxs o`z aql-idroki, tafakkurning terandigi, intellektual shakllanganligiga xos va mos holda muammolarni yechadi va hayotga joriy etadi. Inson hayotga joriy etgan muammolar yechimining saviyasiga qarab, kishilar orasida o`z o`rni va mavqyeini egallab boradi. Shu yo`sinda shaxsning mustaqil fikrlash qobiliyati sayqallanib boravyeradi.
Hamma davrlarning ilg`or kishilari tarbiyaga yuqori baho berganlar. Xalq donishmandlari va mutafakkirlaridan Abu Ali ibn Sino, Farobiy, Beruniy, Ulug`bek, A.Navoiy, Zavqiy, Furqat, Hamza, A.Avloniy inson kamolotini ilm-fan va tarbiya deb bildilar.
Zero, ilm-tarbiya bo`lgan joyda odob, tarbiya ham bo`lishi muqarrar.


Yüklə 136,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin