Mavzu: Bola tafakkurida egotsentirizmning yuzaga kelishi. Reja: Kirish



Yüklə 75 Kb.
səhifə1/2
tarix30.09.2023
ölçüsü75 Kb.
#150808
  1   2
Bola tafakkurida egotsentirizmning yuzaga kelishi


Mavzu: Bola tafakkurida egotsentirizmning yuzaga kelishi.


Reja:
Kirish

  1. Bola tafakkurida egotsentirizmning yuzaga kelishi.

  2. Predmetli harakat faoliyatining rivojlanishi.

  3. Ilk bolalik davrida o‘z-o‘zini anglashi

Xulosa
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


Kirish
Bolalarda 1-3 yosh oralig‘ida kattalarga taqlid qilish holati kuchayib ketadi.
Bolalar 1,5-2 yoshdan boshlab o‘zlarini boshqa insonlar va predmetlardan alohidan ekanligini anglay boshlaydilar va ulardun yoni quyidagicha idrok eta boshlaydilar: "Men odamlar e’tiborining markazidaman", "Bu tun olam mening atrofimda aylanadi".Bu holatlarni qanday izohlaysiz?
Nerv sistemasi ham tez taraqqiy etadi. Bu davrda bolalarda qo‘zg‘alish tormozlanishda ustunlik qiladi. Bolada shartsiz reflektor faoliyatiga endi bosh miya po‘sti nazorati ostida yuzaga keladigan xilma-xil harakatlar bo‘ladi. Masalan, issiq choynak. Bu 1 signal sistemasini faoliyati bo‘lib, endi 2 signal sistemasi yani nutq so‘z orqali xatti harakatlarni boshqarishda katta rol o‘ynaydi. Bu davrda sezgi organlari yaxshi takomillashadi. (eshitish, tuyg‘u, og‘riqni sezish) bular psixik taraqqiyot uchun zamin yaratadi.
Idrok va tasavvurni o‘sishi.Bolada shartsiz orenterovka refleksi asosida har narsaga qiziqish va dunyoni bilish ishtiyoqi uchun ularda idrok va tasavvur hisobiga bo‘ladi. Bu analizator (sezgi organlari) takomilashishi sababli go‘dak tevarak atrof haqidagi tarqoq tasavvurlar butun-butun obrazlardan idrokka aylanadi. Yana harakat ko‘paygan sari uning bilish imkoniyati kengayadi. Faqat emaklab yurib qolmasdan zinalardan tushish to‘siqlarni aylanib o‘tish, stulga chiqish, o‘yinchoqlarni mustaqil o‘ynash va boshqalar. Tortmalarni sumkalarni titqilab, qiziqib, tekshirib yangiliklarni bilib oladi. Bu bola idroki rivojlanishini ko‘rsatadi.

Differensiallashish (rang,katta, kichik) idrokda nus’ha ko‘chirish shakllangan. (rasmda kuchuk kallasi) Soyasini kuzatadi. Bola narsalarning katta kichikligini idrok etishda qiynaladi. Fazani tusmallab idrok qiladi. Vaqtni idrok qilishga juda ko‘ptirishadi. Erta-bugun kecha tushunchalarini ishlatishda qiynaladi. Maktab yoshida ham qiynaladi. (ba’zida). Nutq idrok uchun boy materiallari bo‘lib, u yordamida tasavur ham shakllana boradi.


Diqqat: Bu yoshda bolalarga ixtiyorsiz diqqat xosdir. Rang-barang narsalarga ko‘proq e’tibor beradi. Beqaror diqqat (bir o‘yinchoqdan ikkinchi o‘yinchoqga o‘tib ketishi) fiziologik asosi bosh miyada qo‘zg‘alish tormozlanishiga nisbatan kuchli. Shuning uchun miyada muvozanatga kelish qiyin bo‘ladi. Bog‘chagacha davr oxirlarida diqqatni barqarorligi 2 barobar o‘sadi. Bu davrda ixtiyoriy diqqat hali bo‘lmaydi.
Xotira. Bu davrda ixtiyorsiz xotira bo‘ladi. Bola materiallarni ongli ravishda esda saqlab qololmaydi. Lekin tanish protsesslar esga tushirishga sabab bo‘ladi. 2 yoshga yakinuylarni, o‘z buyumlarini tanib oladi. Rasmlardan ismlarini aytib beradi. Dastlabki xotiralar paydo bo‘ladi. Bolada kuchli kechinma va juda yorqin obraz tug‘dirgan narsa uzoq vaqt esda qolishi va esga tushishi mumkin. Bola idrok qilgan narsasini konkret obraz tasavvurlar shaklida esda saqlab qoladi.
Taqlid qilish. Kattalardan nusxa ko‘chirish orqali ularning imo ishoralarini o‘rganib, shu harakatlarni takrorlashga intiladi. (Telefonda, chaqaloq qaqarash, kir yuvish supurish sigaret chakish) Ularda mexanik xotira yaxshi o‘sgan bo‘ladi. 3 yoshga yaqin bolada ertak mazmunlarini ham 4 satrlik she’rlarni ham oradan bir oy vaqto‘tkazib ayttirilganda yaxshi eslagan. Savol berib uning manosini ham bilishga harakat qiladi.
Nutq va tafakkur. Sekin aytilgan so‘zlarni tushuna boshlaydi. 1 davr. 1-1,5 yosh 20-30 ta so‘zni biladi. “oyi” so‘zini imo ishoralar bilan aytadi. Bu “situativ nutq vaziyat nutqi” deyiladi. Birga bo‘lgan kishisi tushunadi. Bolada lug‘at passiv ravishda rivojlanadi, yani 1 tomonlama faqat tushunib, o‘ziga singdirib beradi.
2 davr. Aktiv lug‘at rivojlanadi. Nutq egallash protsessi sifati o‘zgaradi. Yangi so‘zlarni osonlikcha o‘rgana boshlaydi.
1 yoshda o‘rgangan so‘z 3ta
1,3 yoshda o‘rgangan so‘z 19-20
1,6 yoshda o‘rgangan so‘z 25-30
1,9 yoshda o‘rgangan so‘z 120
2 yoshda o‘rgangan so‘z 280
2,6 yoshda o‘rgangan so‘z 450
3 yoshda o‘rgangan so‘z 800-900
Bu ko‘rsatkichlar turlicha bo‘lishi ham mumkin. Ko‘proq muloqotda bo‘lishning ham tasiri ko‘p. Avval faqat nutqda extiyojlari ifodalangan bo‘lsa, endi nutqning kam berish funksiyasi oshadi. Mano kira boshlaydi. Bu nima? Nima qiladi?. Nutqning rivojlanishi tevarak atrofni bilish uchun vosita bo‘lib ifodalanadi. Imo ishora qilib afakkur bolada idrok va ish harakatlar bilan bevosita bog‘langan bo‘ladi. Fikarlarni so‘zlar bilan tushuntira olmaydilar. Yaqqol konkret tafakkur bo‘ladi. 3 yoshga qarab ketganda nutq orqali tafakkurni shakllana boshlaydi. Asosiy fikrlash operatsiyalari oddiy ko‘rinishda paydo bo‘ladi. Analiz taqqoslash sintez umumlashtirish, sodir bo‘la boshlaydi. Tom manoda fikrlash operatsiyalari emas, grammatika rivojlangan sari fikrlarni aniq ayta boshlaydi. Kattalar nutqidagi noto‘g‘rilikni anglab tez takrorlashga harakat qiladilar. Bolada tafakkur rivojlanishi undagi qiziquvchanlik va sinchkovlik xususiyatidan kelib chiqadi. Titqilash, bunima? Savollar berish kattalar ishiga tiqilish va x.k. bola atrofdagi informatsiyalarni kattalarning tushuntirishlari bilan o‘zlashtiring yaxshiroq tushunadi. Yuqorida aytilgan operatsiyalarni miyalari ayniqsa solishtirish analiz sintez rivojlanadi. Bolada “qo‘l tafakkuri” davri 2 yoshda bo‘ladi. Masalan vazani ichidan biror buyumni olish. Endi savollar bunima? Shaklidan buni nima qiladi? Ko‘rinishga yani predmetning funksiyasini bilishga qaratilgan. Nutq o‘sishi tafakkur o‘sishi uchun zamin deyilgan edi. Tafakkur rivojlanishi ham o‘z navbatida so‘z zapaslarini oshishiga olib keladi.
Shunday qilib, yuqoridagi mulohazalar asosida umumiy bir xulosaga kelish maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, ikki yoshga to‘lgan bola tilninig barcha tovushlarini fonetik jihatdan idrok qilish asosida nutqni tushinish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ilk bolalik davrida harakatlarning shakllanishi orientirovka faoliyati xususiyati o‘zgarishi bilan uzviy bog‘liqdir. Bola u yoki bu harkatni amalga oshirish uchun avval predmet bilan tanishadi: unga ko‘z yugurtiradi , qo‘liga oladi va hokazo. Bolaning predmetlarning shakli, rangi, vazni bilan tanishtirshda kattalar amalga oshrish mo‘ljallangan harakatning mohiyatini tushuntiradilar va harakatni qay yo‘sinda bajarishni o‘rgatadilar: Bolani “Olib kel”, “Joyiga qo‘y”, “Rasm chiz”, “Ushlab tur” kabi so‘z birikmalaridan iborat topshiriqning mohiyati bilan tanishtirib, keyin unga harakatni bajarish yo‘llari (“Qalamni mana bunday ushla”, “Avval qo‘lingga ol”, “Oldin o‘ng qo‘ling bilan tut”, “Qoshiqni bunday ushlab og‘zinga olib bor” deb) ko‘rsatiladi. Shuning uchun ham bolada predmetli harakatni o‘stirish murakkab jarayondir.
Ilk bolalik amaliy harakat tafakkuri vujudga keladigan davr hisoblanib, qo‘l operatsiyalari turli narsalar va qurilmalar bilan almashinadi. Bola ijtimoiy qurollardan foydalanish usullarini o‘zlashtirish natijasida unda predmetli harakat ko‘nikmasi shakllanadi. Jismlar bilan turli harakatlarni o‘zlashtirishda ulardagi muhim va o‘zgarmas alomatlarni ajratish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi, natijada umumlashtirish va umumiy tushunchalarni o‘zlashtirish jarayoni ro‘y beradi. Yangi sharoitda predmetli harakatdan foydalanish bolaning aqliy o‘sishiga ijobiy ta’sir qiladi. O‘z xatti-harakatini kattalarning harakati bilan solishtirish va uning o‘xshash jihatlarini topish bolaning aqliy o‘sishi uchun muhim ahamiyatga ega. Aqliy o‘sishi to‘g‘ri yo‘naltirish uchun bo’la bilan maxsus reja asosida mashg‘ulotlar o‘tkazish zarur.
Bu davrda bolada “Men o‘zim” konsepsiyasining vujudga kelishi shaxsiy fazilatlar shakllanishiga olib keladi va xuddi paytlarda bola shaxs sifatida tarkib topa boshlaydi. Bolada shaxsiy harakatlar paydo bo‘lishi o‘sishning yangi davri boshlanganini bildiradi.
Bolalar idrokining takomillashuvda so’z katta axamiyatga ega. Suz moxiyati jixatidan umumlashgan xarakterga ega bulib, u narsalarni umumlashtirish imkonini beradi. Bola suz yordamida uxshash narsalarni oddiygina guruxlarga ajrata boshlaydi.
Ilk bolalik davridagi bolalarning analizatorlari yaxshi takomil­lashgani va ular erkin xapakat qila olish imkoniyatiga ega bulganliklari tufayli bu davrda psixik jixatdan tez rivojlanadi­lar. Ma’lumki, ilk bolalik davridagi bolalar faqat yurib va emaklab­gina qolmay, yugurish, sakrash xamda baland va past tusiqlardan oshib imkoniyatiga xam eta buladilar. Barchagacha tarbiya yoshidagi bola­larning ertadan kechgacha turli xarakatlar qila olish imkoniyatlari tevarak-atrofdagi muxitni bilish extiyojini qondishda juda katta sharoit yaratib beradi.
Ilk bolalik davridagi bolaning turmush tajribasi deyarli yuk bulgani uchun xamma narsa qiziktiradi. Uuzining kundalik tinimsiz xarakatlari davomida kattalarga taklid qilib, mustakil ravishda kiy­inish, ovqat yeyish, yuvinish kabi xarakatlarni uzlashtira boshlaydi. Bog’chagacha tarbiya yoshidagi bola uzining kundalik xarakatlari davomida xech bir erinmay, ko’z o’ngidagi xamma narsalarni tekshirib ko’radi. Natijada juda ko’p yangiliklarni bilib oladi, uzining sezgi va idroki­ni, tasavvur va xotirasini, tafakkur va nutqini. Xissiyot va xayolini umuman xamma psixik jarayonlarini rivojlantiradi.
Bu yoshdagi davrda sezgilarning rivojlanishi analizatorlarning tobora takomillashuvi bilan bogliqdir. Ikki yoshdan oshgan bolaning sezgilari (kurish, eshitish, xid va ta’m bilish, teri va xarapakat kabi uning xar kungi xilma-xil xarakatlari davomida turli narsalarga be­vosita to’qnash kelishi natijasida rivojlanadi. Sezgilarning normal rivojlanishi bola idroki o’sishi uchun zamin yaratadi.
Ilk bolalik davridagi bolaning idroki ancha rivojlangan bo’lsa xam xali katta odamlar idrokidan keskin farq qiladi. Birinchidan, bolalarda turmush tajribasi yukligi tufayli ularning idroklari xam anglashilmagan xarakterga ega buladi. Ular ko’p narsalarga birinchi marta duch keladilar. Shuning uchun bolalar idrok qiladigan ko’p narsa­lar ularga yangilik, ya’ni dastlabki taassurot kuchiga eta buladi. Ik­kinchidan esa, bolalarning idroki ko’pincha ixtiyorsiz xarakterga ega buladi, ya’ni ularning idrokida muayyan bir maqsadni kuzlash xali se­zilmaydi. Shuning uchun ularning idroki bir narsadan boshqa bir nar­saga beixtiyor kechib ketaveradi. Lekin bu yoshdagi bolalarda xissiyot kuchli bulgani uchun ular uzlarini qiziqtiradigan xayron qoldiradigan, xissiy kechinmalar uyg’otadigan narsalarni idrok qiladilar.
Bu yoshdagi bolalar idrokining yana farqlanadigan tomoni shundaki, ular idrok qilayotgan narsalarni umumlashtira olmaydilar. Atrof­muxitdagi narsalarni qanday bo’lsa shundayligicha idrok qiladilar. Bu xususiyat ularning rasmlarni idrok qilishlaridayaq qo’l kurinadi. Ma­salan, ikki yarimyashar bolaga otning kallasi solingan surat kursatilsa, xayron bulib, otning uziqani, deb suraydi.
Bunda sizdan psixik rivojlanishning ilk bosqichlariga xos xususiyatlarni aniqlab, quyidagi jadvalda tegishli xususiyat va yosh bosqichining nomi kiritilgan satr bilan ustun kesishgan joyga belgi qo‘yishingiz, qolavrsa, ushbu yosh davrlarining o‘zaro qiyosiy tahlilini amalga oshirishingiz talab qilinadi.





Psixik rivojlanishning muayyan davriga xos xususiyatlar

Psixik rivojlanish davrlari

Chaqaloqlik

Go‘daklik

Ilkbolalik

1

Bolada ko‘rgazmali-obrazli tafakkur shakllana boshlashi










2

Bolaning ko‘zguda o‘z aksini kattalar yordamisiz tanishni boshlashi










3

Bola tug‘ulganidayoq mavjud bo‘lgan shartsiz reflekslarning ko‘pchiligi yo‘q olib ketishi










4

Bolada turli jinsdagi kishilarga nisbatan har xil reaksiya kuzatila boshlanishi










5

Bolaningtovushlarnibalandlikvatembrxususiyatlarigako‘rafarqlayboshlashi










6

Bolaning atrofdagi odamlar nutqida diqqatni jamlay boshlashi










7

Bolanutqirivojlanishida “so‘z-gap” bosqichiningboshlanishi










8

Bolada hamdardlik qilishga xos ilk xatti-harakatlarning kuzatilishi










9

Bola yuzida shaklan tabassumga o‘xshash harakatlarning ilk bora kuzatilishi










10

Bolada muayyan narsa-buyumlar o‘ziga tegishli ekanini qayd etish xususiyati shakllanishi










Ilk bolalik davridagi bolalar so’zlay boshlagan bo’lishiga qaramay, ular xali vaqt va fazo kabi murakkab tushunchalarni to’g’ri idrok qila olmaydilar, chunki ularda xali turmush tajribasi yo’q. Bunday murak­kab tushunchalar kundalik xayot davomida sekin-asta xosil qilib bori­ladi.


Bir yoshgacha bo’lgan bolalarning diqqatini hayatda beqaror va ixti­yorsiz bo’lsa, ikki yoshga to’lgan bolalarning diqqatida yangi sifatlar yuzaga kela boshlaydi. Bola o’sib ulg’aygan sari uning diqqati barqarorroq bo’la boshlaydi. Diqqatning ozmi ko’pmi barqaror bo’la boshlagani shunda ko’rinadiki, bola o’zini qiziqtirgan biron narsa bi­lan uzoq vaqt mobaynida shug’ullana oladi. Ikki yoshga to’lib, uch yoshga qadam qo’ygach so’zlarni tushunadi. So’z boyligi orta borgach, bolaning uziga xos bo’lgan situativ tili xaqiqiy tilga aylanadi.
Bu yoshdagi bolalarning tafakkurlari o’ziga xos xususiyatlarga xamda konkret xarakterga ega. Ular ayni chog’da idrok qilib turgan nar­salari xaqida juda sodda tafakkur qila oladilar. Bundan tashqari, bu yoshdagi bolalarning tafakkur jarayonlarida harakat elementlari ko’p bo’ladi. Shuning uchun xam ularning tafakkurlari ba’zan xarakatli ta­fakkur deb xam yuritiladi.
Ilk bolalik davridagi bolalarda xali tafakkurning fikriy operatsiyalarini, ya’ni analiz, umumlashtirish kabilarni ko’ramiz. Ular qo’llaridagi o’yinchoqlarini yoki qo’llariga tushgan narsalarni amaliy aylantirib, paypaslab, buzib analiz qiladilar. Lekin sintez qilishga xali qurbi yetmaydi. Bu yoshning oxiriga kelib tafakkurning usishida nutqning roli juda oshadi. Bolaligi so’zlarni mumkin qadar ko’proq bilib olib, ulardan so’z tafakkurida keng foydalana oladilar. Bu esa fikrlash operatsiyalarining o’sishiga yordam beradi. Bolada so’zlar vosi­tasi bilan analiz va sintez qilish, abstraksiyalash xamda umumlashti­rishning dastlabki alomatlari kurina boshlaydi.
Tafakkurning usishida yana bir muxim bosqich shundan iboratki , ilk bolalik yoshining oxiriga kelib bola ayrim tushunchalarni bilib olishga va bu tushunchalarning eng muxim belgilarini o’zlashtirishga muvaffaq bo’ladi. Uch yoshga to’lay deb qolgan bola, katta yoshdagi xamma odamlarning ishga barvaqt ketishlarini juda yaxshi biladi. Agar bu yoshdagi bolaga «adang endi barvaqt ishga ketmaydi» deyilsa, u xayron bo’lib qoladi. Chunki katta odam bo’lgan adasining ishga bormasligi, uning tushunchasiga to’g’ri kelmaydi. Uning tushunchasida xamma katta odamlar ertalab barvaqt ishga ketishi kerak. Shuning uchun xech bir o
o’ylab o’tirmay, «adam kattalar-ku?» deb javob beradi. Bolalar tushun­chalardan foydalanib, sodda xulosalar chikarishga o’rgana boshlaydilar. Ular bir necha xukmlardan foydalanib, katta, kichik, baland, past, ko’p, oz kabi sodda xulosalar chikara oladilar, bu esa tafakkurining yanada rivojlanishi uchun zamin yaratadi.
Ilk bolalik davridagi bolalarda murakkab psixik jarayonlardan biri bo’lmish xayol anchagina rivojlana boshlaydi. Lekin bu asosan ix­tiyorsiz xayol bo’ladi. Ular xali ma’lum maqsad asosida ixtiyoriy tarzda xayol yurgiza olmaydilar.
Bola ikki yoshga to’lgach, uning uyinlarida jiddiy uzgarish ro’y be­radi. Bolaning uyiniga endi taqlidiy xarakatlar qo’shiladi. Bola kat­talardan ko’rgan-bilganlarini uyinda talidan takrorlay boshlaydi. Bu davrda bola mashinasini uyoqdan bu yoqqa siljitish yoki tepalikdan sirgantirib tushirish bilan cheklanmay, haydovchilarning harakatlarini bajaradilar. Mashinaning motori ovoziga taqlid qilib ovoz chiqaradi, mashinada yuk tashiydi va hokazo.
Nutqnning o’sishi bola xayolining o’sishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bolalar kattalarning gaplariga tushunadigan bo’lgach, xar xil ertak va xikoyalarni qiziqib tinglaydigan bo’ladi. Bolalar u o’zlari biladigan, o’zlariga yaxshi tanish bo’lgan narsalar xakidagi xikoyalarni joni dili bilan eshitadilar. Xar bir hikoyani eshitganda bolada xilma-xil tasav­vurlar yuzaga keladi. Bola bu tasavvurlari yordamida xayol qilish kobiliyatiga ega bo’ladi. Bola xikoyalarni eshitish orqali olgan tasav­vurlarini so’zlar bilan ifodalaydi. So’z esa bolaning narsalarni boshkacha idrok qilishiga, ularning boshka narsalarga o’xshashligini aniqlashiga va ana shunday o’xshashliklarni aniqlash asosida yangi ob­razlar, yangi tasavvurlar yaratishga yordam beradi.
XULOSA
Ilk bolalik davridagi bolalarda barcha psixik jarayonlar ma’lum darajada rivojlanar ekan, bu umuman ular ongining rivojlanishiga zamin yaratadi. Tili chiqib, idrok va tafakkuri anchagina o’sgan bola tevarak-atrofdagi xar turli narsalarga ongli munosabatda bo’la bosh­laydi. Bola uzining turli extiyojlarini anglab, uzining shaxsini shakllantira boshlaydi. Mashxur fiziolog I.M.Sechenovning tili bi­lan aytganda, bola ana shu davrdan boshlab, o’z sezgilarini tevarak at­rofdagi narsalardan ajratib, o’z-o’zini anglay boshlaydi. Bu yoshdagi bolalarning so’z boyligida o’z shaxsini bildiruvchi «men» degan olmosh tez-tez uchrab turadigan bo’ladi. Ana shu tariqa bola juda elementar tarzda bo’lsa xam uzini shaxs sifatida anglay boshlaydi. Binobarin, ana shu davrdan boshlab ilk bolalik davridagi bolalarning shaxsiy (individual) xususiyatlari kamol topa boshlaydi.



Yüklə 75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin