Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy qobiliyatlarni rivojlanishining o‘ziga xosligi. Bolalarda qobiliyatlarni aniqlash va ularni to‘g‘ri rivojlantirish – asosiy pedagogik vazifalardan biridir. Uni xal etish jarayonida esa bolaning yoshi, psixofizik rivojlanishi, tarbiya sharoitlari va boshqa bir qator olimlarni hisobga olish zarurdir.
Boladagi tasviriy san’atga bo‘lgan qobiliyatlarni rivojlantirish, pedagog tamonidan rasm chizish reja va tizimlashtirilgan holda o‘rgatilgandagina o‘z mevasini beradi. Aksincha holatda esa bu jarayon turli yo‘llar bilan borib, ijodiy qobiliyat boshlang‘ich darajada qolib ketishi mumkin.
Ijodiy qobiliyatni rivojlantirish birinchi o‘rinda atrofdagi predmet va hodisalardagi o‘ziga xosliklarni kuzatish malakasi xarakterni belgisini ajrata olishni o‘rgatishdan boshlanadi. Bunda albatta bolaning yoshini hisobga olish lozim, chunki 3-4 yoshli boladan murakkab syujetni sur’atni talab qilib bo‘lmaydi, xatto bolani juda erta o‘qitish boshlangan bo‘lsa ham. Uning tafakkuri ham katta bog‘cha yoshidagi bola bemalol xal qila olishi mumkin bo‘lgan vazifani qilish darajasida rivojlanmagan.
Shu narsa aniqmi, bir xil yoshdagi bolalar doim ham bir xil rivojlanishda bo‘lmaydi. Pedagog hech qachon buni unitmasligi lozim, zero, individual yondoshuv samarali ta’lim tarbiyaning oltin kalitidir. Tasviriy qobiliyatning rivojlanishning birinchi bosqichi bolaning ilk bora tasviriy faoliyat qurollari bo‘lmish-qalam, qog‘oz, loy bo‘lagi kabilar bilan tanishgan davrdan boshlanadi. Pedagogik adabiyotlarda bu davr “tasvirlashgacha” bo‘lgan davr deyiladi chunki xali biror bir predmetni tasvirlashga xoxish ham, tasvir g‘oyasi ham bo‘lmaydi. Bu davr juda ahamiyatli rol o‘ynaydi. Bola bu paytda material xususiyatlari bilan tanishadi, turli ko‘p harakatlarini o‘zlashtiradi tasviriy shakllarni yaratish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallaydi. Agar material 5-6 va 3-4 yoshli bolalar qo‘liga berilsa, katta bolalar malakani tez o‘zlashtiradi chunki atrof olamni bilish jarayoni ularda ko‘proq.
Tasvirlashgacha bo‘lgan davr bolaning keyingi qobiliyatlarining shakllanishida katta ahamiyatga ega kamchilik bolalar zarur malakalarni mustaqil ravishda shakllantiradi. Tarbiyachi bolalarning ixtiyorsiz harakatlarini cheklab, ularni harakatning turli shakllariga o‘rgatishi keyin ortirilgan tajribaning anglangan holatda chizish va loy ishi jarayonida qo‘llay olishni nazorat qilish lozim.
Sekin-asta bolada predmetlarni ularning ifodali harakatlarini ko‘rsatgan holda tasvirlash ko‘nikmasi paydo bo‘ladi.
Bu keyinchalik qobiliyatlarning rivojlanishidan darak beradi. Bolalar assotsiatsiya (solishtirish) orqali sodda o‘xshashliklarni aniqlaydi. Bunday assotsiyatsiyalar bolalarda ixtiyorsiz ravishda paydo bo‘lishi mumkin, bu qachondir bolalardan biri uning loy bo‘lagi qandaydir predmetga o‘xshashini
sezganda sodir bo‘ladi, bolalar bir tasvirning o‘zida bir necha xil predmetni ko‘rishadi.
Uning ongida rasm chizish davomida hosil bo‘lgan umumiy tasavvur, xotira, tafakkur, hayol chuqur iz qoldirmaydi. Chizilgan oddiy shakl turli predmetlarni eslatishi mumkin. Assotsiatsiyalar bolalarga g‘oya asosida chizishga o‘tishga yordam beradi. Shunday o‘tishning bir yo‘li tasodifiy chizilgan shaklni chizishni takrorlashdir.
Tasvirlangan rasmda biror bir predmetni topganidan so‘ng, bola shu predmetni yana tasvirlash niyatida shu rasmni chizishni takrorlaydi. Odatda birinchi chizilgan rasm tasavvurdagi predmet bilan uncha ko‘p o‘xshashliklarga ega bo‘lmaydi, chunki tasavvur tasodifan hosil bo‘ladi. Ikkinchi rasmda esa bola tasavvuridagi rasmni o‘xshatish maqsadida birinchi rasmni takrorlaydi. Albatta, ikkinchi rasm ijodiy qobiliyatlar rivojlanishning yuqoriroq bosqichida ekanligidan darak beradi chunki u g‘oya asosida chiziladi.
Ba’zida bola birinchi rasmni to‘liq takrorlamaydi, u tasavvurdagi predmetga qo‘shimcha detallar kiritadi: odam qiyofasiga-quloq ko‘zlar, mashina tasviriga-g‘ildiraklar. Bu jarayonda eng katta rolni tarbiyachi o‘ynaydi. U bolaga “nima chizding?”, “qanday chiroyli koptok, uni yana bir bor chiza olasanmi?” kabi savollar berib, tasvirni anglashga yordam beradi. Anglangan rasmlar paydo bo‘lgandan keyin qobiliyat rivojlanishining “tasvirlash” davri boshlanadi. Faoliyat ijodiy xarakterga ega bo‘la boshlaydi. Bu davrda uzluksiz ta’limning masalalari qo‘yila boshlanadi. Ilk rasmlar va ilk yasalgan loy ishlari juda sodda bo‘ladi.Ularda nafaqat qo‘shimcha detallar balki, asosiy belgilarning bir qismi ham bo‘lmaydi. Bu kichkina yoshdagi bolalarda analiz sintez jarayonining xali to‘liq shakllanmaganligi bilan ta’riflanadi.
To‘g‘ri qo‘yilgan ta’limiy-tarbiyaviy ishlar ta’sirida kattaroq yoshdagi bolalar, predmetga harakterli bo‘lgan shaklni saqlagan xolda uning asosiy belgilarini ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘lib boradi. Keyinchalik bolalar tajriba orttirishi va tasviriy belgilarga ega bo‘lishi bilan, ularning oldiga yangi vazifa qo‘ysa bo‘ladi. Bir turga mansub predmetlarning hususiyatlani ifodalash, masalan, yosh va qari daraxt, har xil kiyimdagi odamlar va x.k.
Bolalarning birinchi ishlari disproporsiyali bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bu bolalarning diqqat va tafakkurlari faqat bir qismga qararatilganligi bilan ta’riflanadi. Qismlar o‘rtasidagi aloqa rivojlanmaganligi tufayli ular o‘rtasidagi nisbat bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Bola har bir qismni bir-birining ichiga sig‘adigan qilib tasvirlaydi.Nisbatlarni to‘g‘ri ifodalash qobiliyatininig rivojlanishi tafakkurning analiz qismi bilan bog‘liq bo‘lib, bu faqatgina predmetlarni solishtirib qay biri kattaligini aniqlabgina qolmasdan, balki tasvirlash jarayonida ularning doim nisbatga bog‘liqligini yodda tutishdir.Ta’lim ta’sirida asta-sekinlik bilan bolada predmet va uning qismlari o‘rtasidagi o‘rtasidagi nisbatlarni to‘g‘ri yetkazish qobiliyati shakllanadi. Ba’zida bolalar ihtiyoriy ravishda nisbatlarni buzishadi, ular obrazga shaxsiy munosabatlarini bildirishni xoxlaydilar. Bu ular tasviriy malakani egalladi, endi mustaqil ishlashlari mumkin degan emas. Ammo bu ihtiyoriy buzishda ijodkorlikka qarab birinchi qadam qo‘yiladi.
Pedagog bunga e’tibor berishi shart.Tasviriy vazifalardan murakkabrog‘i bu harakatlarni yetkazishdir. Boshida bolalar predmet harakatini grafik emas, o‘yin, nutq va jestlar orqali tushuntirishadi. Harakatsiz (jonsiz) tasvirlarni ishlash tasvirlash jarayonini yengillashtiradi.
Ammo chinakam harakatdagi obrazni yaratish qiyindir, chunki bolalarda xali idrok rivojlanmagan bo‘ladi. Ularga harakatdagi predmet tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishni ko‘rish va tushunish, ayniqsa uni qog‘ozda yoki loyda
aks ettirish qiyin jarayon sanaladi.
Asta-sekinlik bilangina ularda predmetlarning o‘zgarishini ko‘ra olish, ularni tasvirlash qobiliyati rivojlanadi.
Rasm chizishda yanada murakkabroq masala- tasvirda predmetning fazoviy joylashuvini ko‘rsatishdir. Loy ishida bu masalani predmetni aniq bir maydonda yaqinroq yoki uzoqroq joylashtirish yo‘li bilan xal etiladi. Tasviriy faoliyatda tasvir tekislikda ishlatilganligi sababli, bo‘shliq o‘ziga xos usullar bilan ifodalaniladi. Xaqiqiy katta bo‘shliq tasvirini yaratuvchi shartlarni tushunish bolaga qiyinchilik tug‘diradi. Tasviriy qobiliyat rivojlanishning ilk bosqichida bolalar predmetlarning joylashuvi ustida bosh qotirmaydilar.
U predmetlarni butun qog‘ozni to‘ldirib, yoki qog‘ozni o‘ziga qulay xolda joylash tirib chizadi. Predmetlar aniq bir joylashuvni ular o‘rtasidagi aloqa oldindan belgilandagina oladi. Masalan: uy va uning yonida o‘suvchi daraxt. Ularni birlashtirish uchun bir chiziq ko‘rinishidagi yer chiziladi. Predmetlarning bunday joylashuvi “friz” deb ataladi. Tarkib rivojlanishi bilan friz ham murakkablashadi. Qog‘ozning tepasida osmon ma’nosini beruvchi chiziq tasvirlanadi, ko‘pincha u yerga quyosh, yer ma’nosini beruvchi chiziq esa o‘tlar bilan yopiladi. Barcha predmetlar bir qatorda tasvirlanadi. Har bir predmet alohida chiziladi va hech biri ikkinchisini to‘smaydi.
Rivojlanishnig bu bosqichida bola predmetlarni aslida qanday bo‘lsa, shunday tasvirlashi muhim.
4-5 yoshli bolalar bir rasmning o‘zida ko‘p predmetlarni tasvirlashni yaxshi ko‘rishadi. Ularni qog‘ozga joylashtira olish maqsadida ikkinchi chiziqni chizishadi (ikkitali friz) Bundan tashqari, ularda predmetlarning joylashtirishning yana bir usuli bo‘lib, unda predmetlar butun qog‘ozda tabiiyroq ko‘rinishga ega bo‘ladi, masalan, yashil qog‘ozda gulli maysazor tasvirlanadi. Osmon va yer chiziqlarini chizish bu yerda talab etilmaydi.
5-6 yoshli bola fazoni murakkabroq, xaqiqatga yaqinroq usullar bilan tasvirlaydi. U ayrim predmetlarni yaqin va uzoqqa joylashtirish, osmon chegarasini yer kurrasi bilan tutashtirish vazifalarini uddalaydi.
Bolalarda predmetlarning uzoqda yoki yaqinda joylashganligida bo‘ladigan o‘zgarishlarni tasvirlay olish qobiliyati rivojlanmagan bo‘ladi. Ular uzoqroqda joylashgan predmetlarni orqada kichikroq, yaqindagilarni esa kattaroq qilib chizishadi. Asta sekin uzoqlashib boruvchi predmetlarni kichkinalashtirib borishadi, ular bir qatorda joylashadi. Bu xatoni bolaga tushuntirish – juda qiyin chunki, rivojlanishning bu bosqichida masofaga bo‘lgan bilimlarni anglash mavjud emas.
Bolalar ishlarida o‘ziga xos “rentgen” rasmlarni uchratish mumkin. Ular tasvir haqiqiy va to‘liq bo‘lishi uchun ko‘zga ko‘rinmaydigan predmetlarni tasvirlashadi, masalan, avtobus ichidagi odamlar va x.k.
Bunday hususiyatlar fazoviy munosabatlarni tasvirlash tasvirlash qobiliyati ning rivojlanishida bu bosqich majburiy emas. Odatda ta’lim to‘g‘ri olib borilganda ular bo‘lmaydi.
Ko‘rinib turibdiki, tasviriy qobiliyatlar rivojlanish jarayonida bir necha bosqichlarni bosib o‘tadi.
Ijodkorlik qobiliyati odamning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, uni hayvonot olamidan ajratib turadi, u faqat borliqdan foydalanishni emas, balki, tasvirda olamni o‘zgartirish imkonini ham beradi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda idrok maqsadga yo‘nalgan bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi ko‘rish hissiyotlariga asoslanadi, ularning yordamida bola rang, o‘lcham, shaklni idrok qiladi. Lekin idrok yetarli darajada rivojlanmaganligi tufayli, ko‘rish - tasvir to‘liq bo‘lishi uchun lozim bo‘lgan tasavvurni yaratib bera olmaydi.
Tarbiyachining yana bir vazifasi – bolani olamni ko‘rishga o‘rgatish. Bu degani bolada kuzatuvchanlik, ko‘rgan narsasini anglashga o‘rgatish bu orqali tafakkur, analiz, fikrlash operatsiyalarini rivojlanlantirish lozim.
5-6 yoshli bola atrofdagi ob’yektlarni idrok qilar ekan, ularning qobiliyatlarini ajratishga, analiz qilishga, umumlashtirishga harakat qiladi. Lekin ular yuzaki. Odatda bolalarning e’tiborini ikkinchi darajadagi, ko‘pincha rasm chizishda uncha ahamiyatga ega bo‘lmagan yorqin, jo‘shqin detallar tortadi. Bu ularning tasavvur xarakterida, predmetning rasmdagi tasvirida va loy ishida aks etadi.
Katta maktabgacha yoshdagi davrga kelib, bolalarda tafakkurning analiz-sintez qismi tobora rivojlanib boradi, bu bosqich tasvir ishlash jarayoni uchun muhim ahamiyatga ega. Faoliyatda bora-bora hayol kata rol o‘ynay boshlaydi. Lekin kichik yoshdagi bolalarda hayol hali beqaror, fragmentar bo‘ladi, bu ularning rasmlarida ham ko‘rinadi. Yil sayin bolalarda hayol boyib boradi va bolalarga o‘z ishi mazmunini mustaqil tuzish va yangi obrazlar kiritish imkonini beradi.
Tasviriy faoliyatga qiziqish uyg‘otuvchi yana bir ahamiyatli vosita - bu kayfiyatdir. U diqqatni va bola xissatlarni jamlaydi va hayolni kuchaytiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga tasviriy bilimlarni va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish qulay. 2-3 yoshda bola qalam ushlash, mo‘yqalam bilan ishlash malakalarini oson o‘zlashtiradi va foydalanadi. 6 yoshga kelib, bolada anchagina kerakli malakalar to‘planib qoladi, bolalar ularni anglagan holda mustaqil yangi predmetlarni yaratish chog‘ida foydalanadi. Ilmiy izlanishlarda, bolalar ijodiga oid savollarga bolalarda boshlang‘ich ijodiy faoliyatning mavjudligini xarakterlovchi bir qator qirralarni keltirishadi. Bular faoliyatning namoyon bo‘lishi, o‘zlashtirilganlarni qo‘llashda mustaqil bo‘lish va tashabbus ko‘rsatish, qo‘yilgan masalalarni hal etishda yangi yo‘llarni topish, turli tasviriy vositalardan foydalanib o‘z hissiyotlarini ifodalashdir. Tasviriy faoliyatda atrof-olamni anglash tasviriy qobiliyatlar bilan bog‘liq bo‘lmaydi va jihoz xususiyatlarini anglashdan iborat bo‘ladi bola ular orqali faoliyat yuritadi: qalam va bo‘yoqlar qog‘ozda iz qoldiradi, loy yumshoq undan yasash mumkin.
Bu davr keyinchalik tasviriy faoliyat yuritish uchun muhim rol o‘ynaydi, chunki bola bu davrda o‘z tasavvurini obrazlarda namoyon etishga yordam beruvchi qurollar bilan tanishadi.
Shunday qilib, ijodiy faoliyatning birinchi bosqichi bo‘lmish, g‘oyaning tug‘ilishi, bolalar faoliyatida ham mavjud. Biroq rassom g‘oyani amalga oshirish uchun uzoq vaqt rejalashtirsa, odatda bolalarda bu jarayon bo‘lmaydi. Bola qanchalik kichik bo‘lsa, u shuncha tez ishga kirishadi. U hali ish natijasini va bajarish ketma-ketligini oldindan ko‘ra olmaydi. Oldindan o‘ylash, ishni rejalashtirish bajarish jarayoni bilan qo‘shilib ketadi. Shuning uchun ham mazmunning o‘zgarishi, tasvir obrazlariga xos bo‘lmagan detallar tez-tez uchrab turadi. Katta maktabgacha yoshdagi bola ayrim elementlarni va mazmunni, bajarish qurollarini oldindan o‘ylab chiqishga qodir. U mustaqil qaror qabul qila oladi, nima chizishni hal qiladi, tasvirdagi asosiy va qo‘shimcha detallarni ajratadi, vositalarni tanlay oladi. Jarayon davomida bola rejani bajaradi va mazmuniga ko‘ra to‘ldiradi.
Bola tasviriy faoliyati natijasida yaratgan obrazni rassomning obrazi bilan tenglashtirib bo‘lmaydi, bola hali katta odamdek umumlashtira olmaydi. Ular tomonidan yaratilgan obrazlar qobiliyatning umumiy rivojlanish bosqichiga bog‘liq holda, ozmi ko‘pmi ta’sirchanlikka ega bo‘ladi.