Maktabga tayyorlov guruhlarida kuylashga o‘rgatish metodlari Maktabga tayyorlov guruhida musiqiy-estetik masalalar alohida ahamiyat kasb etidi. 6-7 yoshli bolalarda kuylashga ehtiyoj kuchayadi. Maktabga bolalarni puxta egallagan bilim va malakalar bilan yuboriladi.
Maktabga tayyorlov guruhi bolalaridan talab etiladi:
1. Qo‘shiqni ifodali ijro etishi: jarangdor, kuychan, engil ovoz bilan kuylash; ko‘krak va elkani ko‘tarmasdan nafas olish; jumlani boshida olingan nafasni jumlaning oxirigacha tejab sarflash; artekulyasiya malakalari, so‘zlarni (unli va undosh harflarni) aniq va burro talaffuz qilish.
2. Qo‘shiqni birga boshlab birga tugatishi (tempni tezlashtirmasdan yoki sekinlashtirmasdan); ritm va tempni aniq his qilishi; kuyni sof intonatsiya qilishi, yonidagi do‘stini kamchiligini ayta olishi; tanish bo‘lgan qo‘shiqni asbob jo‘rligida yoki jo‘rsiz ijro eta olish; kuyning yuqoriga va pastga harakatlanishi, uzun va qisqa tovushlarni aniqlay olishi; notalar nomlarini bilishi; yuqori notalar nota yo‘lining yuqorisida, past notalar esa pastiga yozilishini bilishi kerak.
3. Jamoa va yakka kuylay olishi. Bunda qomatini tik tutib, ega bo‘lgan qo‘shiqchilik malakalarini ko‘rsata olishi. 4. Qo‘shiqchilik diapazonini rivojlantirishi (do (do#) 1-re2).
Qo‘shiqchilik malakalarini oshirish yo‘llari 1. Tovush hosil qilish ustida ishlash (engil, yuqori, jarangdor, kuychan). Musiqa rahbari qo‘shiq o‘rgatish jarayonida o‘zi yoki yaxshi kuylaydigan bola misolida ko‘rsatadi.
2. Unli tovushlar (a, o, u, e, i)ni to‘g‘ri talaffuz qilish. Bunda musiqa rahbari kuylashdan oldin ovoz sozlash mashqlarida (lya-le-li bo‘g‘inlari) qo‘llashi maqsadga muvofiqdir.
3. Qo‘shiqchilik nafasi ustida ishlash.
4. Diksiya rivoji. Bola matnni mazmunini tushungan holda to‘g‘ri kuylashi kerak.
5. Intonatsiya (stroy) ning sofligi va to‘g‘riligiga erishish.
Metodik usullar:
1. Qo‘shiq kuylashdan oldin ovoz sozlash.
2. Qo‘shiqni yuqori va past tonalliklarda transportda kuylash.
3. Kuyni eshitish qobiliyatini rivojlantirish.
4. Kuyni qo‘l xaraktida ko‘rsatish (dirijyorlik elementlari).