Mavzu: Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va vazifalari


Maktabgacha davrdagi katta yosh (5-7 yosh)



Yüklə 44,84 Kb.
səhifə7/7
tarix02.01.2022
ölçüsü44,84 Kb.
#46407
1   2   3   4   5   6   7
MAVZU

Maktabgacha davrdagi katta yosh (5-7 yosh)

Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqini rivojlantirishda erishilgan asosiy natijalar muloqot sohasidagi chuqur o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Tengdoshlar bilan muloqot qilish birinchi o’ringa o’tadi. Bola o’z tengdoshini kattalardan afzal ko’ra boshlaydi. O’yin jarayonidagi o’rtog’iga qaratilgan nutq kattalar bilan bo’lgan muloqotga qaraganda ancha mazmunliroq bo’la boshlaydi. Sherik bilan dialog - muvofiqlashtirilgan predmetli va nutqiy faoliyat tusiga ega bo’ladi. Bolalar endi qo’shnilari e'tiborini jalb qila oladilar, o’zlari ham uning ishlari va bildirgan fikrlari bilan qiziqadilar.

Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqining vazifalari turlichadir. Nutqdan atrofdagilar bilan aloqa o’rnatishda, o’ziga, o’z ishlariga va kechinmalariga diqqatni jalb qilishda, bir-birini o’zaro tushunishda, sherik xulqiga, uning fikri va hissiyotlariga ta'sir ko’rsatishda, o’z faoliyatini tashkil etishda, o’yindagi o’z o’rtog’ining harakatlarini muvofiqlashtirishda foydalaniladi. Nutq atrof-muhit haqidagi muhim bilim manbai, tabiat, narsalar va odamlar dunyosi haqidagi tasavvurlarni qayd etish vositasi, bilish faoliyati vositasi bo’lib xizmat qiladi. Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning nutqi shuningdek, ob'yektiv aloqalarning o’ziga xos sohasi sifatida namoyon bo’ladi, u bularni so’z, tovush, qofiyalar va fikrlar bilan o’ynab turib anglaydi.

Nutqiy rivojlanishga til qobiliyatlarini - til elementlari va ular bilan operatsiyalar o’tkazish qoidalarini o’z ichiga oluvchi harakatchan, funksional tizimlarni shakllantirish sifatida qaraladi. Bu til umumlashtirmalari negizida yaratiladigan individual til tizimidir. Turli yosh bosqichlarida turli til vositalarini, ya'ni: nutq tovushlari, leksik-grammatik materiallar va boshqalarni o’zlashtirishda bolalar nutqida individual farqlar kuzatiladi. Shuningdek, bolalar nutqi shakllanishining asosiy bosqichlarida ham individual farqlar kuzatiladi.

Bolalar tili nafaqat kattalar tilining dastlabki bosqichi, balki o’z xususiy qonunlariga bo’ysunadigan to’la mustaqil tuzilmalar hamdir.



Bola nutqi - bolaga oid bo’lgan o’ziga xos submadaniyatning qimmatli ovozidir. Nutqni rivojlantirish nafaqat bolani atrof-olam bilan tanishtirish tomoni, balki umumiy psixik rivojlanish ustuni hisoblanadi. Bola nutqining rivojlanishi umuman shaxsni va shu bilan birga barcha psixik jarayonlarni shakllantirish bilan bog’liqdir. «^Tilni egallash jarayoni - bu faqat va shunchaki bilimlar, mahorat hamda ko’nikmalarni berish jarayoni emas. Bu eng avvalo tarbiyadir. Qalbni tarbiyalash, aqlni tarbiyalash, fikrlar tuzishni shakllantirish, inson ruhiy qiyofasining eng nozik qirralariga chidam bilan ishlov berishdir» (K.D.Ushinskiy).

Bola nutqiy rivojlanishining, bir tomondan, tashqi ta'sirlar bilan belgilanishi, ikkinchi tomondan esa uning to’satdan yuz berishi, «o’z-o’zidan harakatga kelishi» bilan tavsiflanishini tushunish nutq ontogenezi haqidagi zamonaviy tasavvurlarga xos holatdir. Nutqni rivojlantirishning ana shu qonuniyatlari va mexanizmlarini tushunib yetish ularni batafsil ko’rib chiqishni talab qiladi.

Qayd etish lozimki, olimlar fikriga ko’ra, o’z-o’zini rivojlantirish jarayonlari nafaqat nutqda, balki mutlaqo bolalar faoliyati bo’lmish o’yinlar va bolalar qiziquvchanligi jarayonida ham yorqin namoyon bo’ladi (N.N.Podyakov) hamda u kattalar rolini inkor etmaydi: kattalar bolalarning faolligiga javob beradi, bolaga e'tiborini qaratgani holda uni faoliyatga, muloqotga chorlaydi.

So’nggi yillarda nutq rivojlanishidagi ayrim bosqichlarni o’rganishga katta e'tibor qaratilmoqda. Ma'lumki, har bir inson butun umri mobaynida til boyliklarini egallagani holda o’z nutqini takomillashtirib boradi. Har bir yosh bosqichi uning nutqiy rivojlanishiga biron-bir yangilik olib kiradi. Nutqni egallashdagi eng muhim bosqich maktabgacha yoshga to’g’ri keladi.

Verbal bosqichgacha bo’lgan davrni (yoki tayyorgarlik bosqichini) psixologik tahlil qilish tadqiqotchilarni nutqning muhim omillari aynan ushbu davrda shakllanadi, degan xulosaga olib kelmoqda. Zero, mazkur davrda muloqotga ehtiyoj shakllanadi, atrofdagi kattalar bilan emotsional aloqa o’rnatiladi, ovoz munosabatlari, nutq-harakat apparati, fonematik tinglash qobiliyati, kattalar nutqini faol qabul qilish va tushunish rivojlanadi. Ushbu omillarning shakllanishi - rivojlanishning nutq bosqichiga o’z vaqtida o’tishning muhim shartidir.

So’nggi yillarda olingan faktlar bolaning o’z vaqtida va to’g’ri tashkil etilgan kattalar bilan bevosita-emotsional muloqotining bolaning kattalar nutqini qanday tushuna boshlashini, uning qachon faol so’zlay boshlashini va kelgusida uning nutqi qanday sur'atda rivojlanishini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga egaligidan dalolat bermoqda.

Ilk bolalik davri chegaralari bilan tutash bo’lgan nutqning shakllanish bosqichi turli soha olimlarini, jumladan: psixologlar, pedagoglar, lingvistlarni eng avvalo bu nutq rivojidagi o’ziga xos alohida davrligi bilan qiziqtirib keladi. Buning o’ziga xosligi shundaki, u nutqni rivojlantirish uchun sentiziv hisoblanadi; mazkur davrda nutq muloqot vositasi sifatida paydo bo’ladi va takomillashadi; uning rivojlanishi shunday tez sur'atlarda amalga oshadiki, keyin u kelgusidagi barcha ontogenez mobaynida boshqa kuzatilmaydi. K.D.Ushinskiy shunday qayd etgan edi: «bola^ ikki-uch yoshida shunchalik yengil va tez o’zlashtirib oladiki, keyin yigirma yil qunt bilan o’qiganida ham uning yarmini ham o’zlashtira olmaydi».

Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalalari ko’p yillar mobaynida ishlab chiqilgan. Ushbu davr tadqiqotchilarni nutq rivojlanishining nafaqat muayyan davrda, balki bolaning kelgusi rivojida ham katta rol o’ynaydigan tomonlari bilan o’ziga jalb qiladi. Nisbatan katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishdagi nuqsonlar va kechikishlarni keltirib chiqaruvchi sabablarning ko’pchiligi ko’pincha ilk bosqichlarda bola nutqi shakllanishining o’ziga xos jihatlariga bog’liq bo’ladi. Ushbu jihatga Ye.I.Tixeyeva ham e'tiborni qaratgan. Ilk yoshlardagi bolalar nutqini o’rganish ishiga Ye.I.Tixeyeva, N.M.Shelovanov, V.I.Fradkina, N.M.Aksarina, G.M.Lyamina, V.A.Petrova kabi taniqli olimlar, amaliyotchi pedagoglar va metodistlar sezilarli hissa qo’shdilar.

Bolaning faol nutqqa o’tishi paytida uning nutqini rivojlantirishga oid ko’p sonli tadqiqotlar natijalarini umumlashtirib, ushbu asosiy qoidalarni bayon qilamiz.

Ilk yoshda nutqni rivojlantirish ikki yo’nalish bo’yicha olib boriladi: bola nutqini takomillashtirish va uning o’z faol nutqini shakllantirish. Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish chog’ida nutqning talaffuz jihatlarini shakllantirish muddati va sur'atlaridagi individual farqlar juda sezilarli bo’ladi, odatda faol nutq 2-2,5 yoshlarga kelib paydo bo’ladi. Bolaning o’z yaqinlari bo’lgan kattalar bilan muloqotga ehtiyoji nutqni o’z vaqtida va to’g’ri rivojlantirishning hal qiluvchi sharti hisoblanadi. Kommunikativ funksiya nutqning birlamchi vazifasidir.

Ushbu davrda nutq bolani ijtimoiy tajriba bilan tanishtirish, uning faoliyatini kattalar tomonidan boshqarishning eng muhim vositasiga aylanadi, nutq ta'siri ostida barcha psixik jarayonlar qayta quriladi. Bolaning kattalar bilan amaliy hamkorligiga oid vaziyatlarda faol nutqdan foydalanishi nutq shakllanishining uchinchi bosqichiga - uni muloqot vositasi sifatida takomillashtirish davriga o’tishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Nutq ontogeneziga oid ko’p sonli tadqiqotlar aynan shu bosqichga bag’ishlangan.

90-yillarning oxiridan boshlab A.S.Vo‘gotskiy, A.A.Leontyev, F.A.Soxin, A.M.Shaxnorovich, Ye.I.Negnevitskaya va boshqa olimlar tomonidan yaratilgan qoidalarga tayangan holda R.M.Qodirovaning ilmiy rahbarligi ostida ona tilida va shu bilan birga chet tillardagi nutq ontogenezi qirralarini tadqiq qilish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, D.Babayeva tomonidan maktabgacha yoshdagi katta bolalarni atrof-olam bilan tanishtirish jarayonida ularda nutqni (ona tili - o’zbek tilida) rivojlantirish, N.Nurmuhammedova tomonidan ikki tillilik sharoitida bilingv bolalarda ravon nutqni (rus tilida) rivojlantirish, Sh.Sharipova tomonidan maktabgacha yoshdagi katta bolalarda vaziyatli o’yinlar asosida nutqiy muloqot (rus tilida) madaniyati ko’nikmalarini tarbiyalash masalalari bo’yicha tadqiqotlar o’tkazilgan.

TIlga o’rgatish, nuqtni rivojlantirish nafaqat lingvistik sohada (bolaning til ko’nikmalarini - fonetika, leksika, grammatikani egallab olishi), balki bolalarning o’zaro hamda kattalar bilan muloqotini shakllantirish sohalarida ham korib chiqilmoqda. SHundan kelib chiqqan holda, etiborga molik vazifa nafaqat nutq madaniyatini, balki muloqot madaniyatini ham shakllantirishdan iborat boladi.

Fanning turli yo’nalishlari vakillarining asarlari to’g’ri yo’lga qo’yilgan kommunikatsiyaning nutqni rivojlantirishda qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini isbotlab bermoqda.

Maktabgacha yoshdagi bola nutqini rivojlantirishning asosiy vazifasi bola tomonidan ona tilining har bir yosh bosqichi uchun belgilangan normalari va qoidalarini o’zlashtirilishi hamda uning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir. Qayd etish lozimki, bir xil yoshdagi bolalarning nutqiy darajasi bir-biridan mutlaqo farq qilishi mumkin.

Maktabgacha yoshda nutqni rivojlantirish (ona tilini egallash) o’z tabiatiga ko’ra ko’p qirrali jarayon hisoblanadi. U aqliy rivojlanish bilan uzviy bog’langan, chunki insonning rivojlangan tafakkuri - bu nutqiy, til, so’z-mantiqiy tafakkurdir. Nutqiy rivojlanish, tilni egallash va aqlni, bilishni rivojlantirish o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik tafakkurni rivojlantirish uchun tilning qanchalik muhim ahamiyatga egaligidan dalolat bermoqda.

Shu bilan birga nutqiy (til) va intellektual rivojlanishdagi o’zaro bog’liqlikni teskari yo’nalishda - intellektdan tilga qarab ham ko’rib chiqish zarur. Bunday yondashuvni shartli ravishda intellektning til (lingvistik) funksiyasini tahlil qilish, ya’ni intellekt, fikrlash faoliyatining tilni egallashdagi ahamiyatini aniqlash sifatida ham belgilash mumkin (F.A.Soxin).

Ayniqsa, ravon nutqni, ya’ni mazmunli, mantiqiy, izchil nutqni shakllantirishda nutqiy va intellektual rivojlanish o’rtasidagi uzviy aloqa yanada aniqroq ko’rinadi. Biron-bir narsa haqida tushunarli qilib so’zlab berish uchun hikoya ob’ektini (predmet, voqeani) aniq tasavvur qilish, tahlil qila olish, asosiy xususiyat va sifatlarni tanlab olish, predmet bilan hodisalar o’rtasida turli nisbatlarni (sabab-oqibat, vaqt) o’rnata olish lozim. Bundan tashqari, ushbu fikrni ifodalash uchun eng maqbul so’zlarni tanlay olishni, oddiy va qo’shma gaplarni tuzishni bilish, alohida gaplar va fikrlarning bo’laklarini bog’lash uchun turli vositalardan foydalanish zarur.

Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda erishilgan asosiy natijalar tengdoshlar bilan muloqot asosiy o’rin egallaydigan muloqot sohasidagi chuqur o’zgarishlar bilan bog’liq. Bola katta yoshdagi odamdan ko’ra o’z tengdoshini afzal ko’ra boshlaydi. Birga o’ynayotgan o’rtog’iga qaratilgan nutq kattalar bilan bo’lgan nutqdagiga nisbatan mazmunliroq bo’lib boradi. SHerik bilan dialog muvofiqlashtirilgan predmetli va nutqiy harakatlar tusiga ega bo’ladi. Bola endi qo’shnisining e’tiborini o’ziga jalb qilishni biladi, uning o’zi o’rtoqlarining ishlari va fikrlari bilan qiziqadi.

Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqining funksiyalari ko’p qirralidir. Bunda bola nutqdan atrofdagilar bilan muloqot o’rnatish, o’ziga, o’z ishlari va kechinmalariga e’tiborni jalb qilish, bir-birini tushunish, sherigining xulqiga, fikr va hissiyotlariga ta’sir qilish, o’z faoliyatini yo’lga qo’yish, o’zining va birga o’ynayotgan o’rtoqlarining harakatlarini muvofiqlashtirish uchun foydalanadi. Nutq atrofdagilar haqidagi bilimlarning muhim manbai, tabiat, narsalar va kishilar olami haqidagi tasavvurlarni qayd etish vositasi, bilish faoliyatining vositasi bo’lib xizmat qiladi. Maktabgacha katta yoshdagi bola uchun nutq ob’ektiv munosabatlarning alohida sohasi bo’lib, bola ularni so’zlar, tovushlar, qofiyalar, ma’nolar bilan o’ynash orqali anglab yetadi.

Bola o’zining amaliy, bilish va shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun o’zida mavjud bo’lgan barcha vositalardan va noixtiyoriy vaziyatlarda fikr bildirishdan, nonutqiy vositalardan (imo-ishoralardan, mimika va harakat) va bevosita nutqning o’zidan foydalanadi. Nutqning barcha turlari va shakllari til shaxsining takrorlanmas individual portretini hosil qilgani holda o’zaro birgalikda mavjud bo’ladi.

Jaranglayotgan nutqqa bo’lgan qiziqishning shiddat bilan rivojlanishi, til borlig’ini eng oddiy anglashning shakllanishi maktabgacha katta yoshdagi bolalar erishgan eng muhim yutuq hisoblanadi. So’zga nisbatan lingvistik munosabat tovushlar, qofiyalar, mazmunlar bilan to’satdan boshlangan o’yinlar, so’z mazmuni, ularning jaranglashi va mazmuni haqidagi masalalarda ko’rinadi. Til borlig’ini anglash uning barcha - fonetik, leksik, grammatik tomonlarini qamrab oladi. Nutqqa nisbatan ongli munosabat lug’atni takomillashtirishga (antonimlar, sinonimlar, ko’p ma’noli so’zlarni tushunishga), nutqning tovush madaniyatini (tovush talaffuzi, talaffuz, tinglay olish qobiliyati, ohang ifodaliligi) rivojlantirishga, nutqning grammatik to’g’riligini (morfologiya, so’z hosil qilish, sintaksisni) shakllantirishga, ravon nutqni rivojlantirishga ta’sir qiladi.

Lug’atni rivojlantirishda uni sifat jihatdan takomillashtirish dastlabki o’ringa chiqadi. Bu antonimiya (o’tkir-o’tmas, achchiq-chuchuk), sinonimiya (o’tkir - uchi o’tkirlangan, o’tkirlangan), ko’p ma’nolilik (o’tkir pichoq, achchiq qalampir, achchiq til) kabi hodisalarni tushunish va ularni nutqda faol qo’llashga taalluqlidir. Bolalar narsalar, tabiat hodisalari, insonlar qilmishlarini ko’rib, ulardagi har xillik va umumiylikni aniqlashni hamda ularni ma’nosi qarama-qarshi yoki bir-biriga yaqin bo’lgan so’zlar, taqqoslashlar, aniq fe’llar, tashbeh (epitet)lar yordamida nutqda aks ettirishni o’rganadilar. So’z birikmasiga sinonim yoki antonimni tanlab olish usullari bolalarga so’zlarning ko’p ma’noga egaligini tushuntiradi. Narsalarning funksiyalarini taqqoslash asosida umumlashtiruvchi nomlar (hayvonlar, idish-tovoqlar, transport va boshq.) shakllanadi.

Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ham til borlig’ini eng oddiy anglashni shakllantirish bilan o’zaro bog’liqdir. Maktabgacha yoshdagi katta bolalar so’zlar, tovushlar, qofiyalar bilan faol o’ynaydilar. Ular so’z jaranglagandagi umumiy va alohida jihatlarni payqay oladilar, artikulyatsion va akustik jihatdan bir-biriga yaqin bo’lgan tovushlarni (S-SH, S-Z) farqlay oladilar, maqol, matal va tez aytishlardagi 4-5 ta so’zda uchragan tovushlarni sezadilar.

Maktabgacha katta yoshda nutqning grammatik to’g’riligini shakllantirish nutqqa nisbatan tanqidiy munosabat paydo bo’lishi hamda rivojlanishi, aniq va to’g’ri so’zlashga intilish bilan bog’liq. To’g’ri so’zlashga intilish grammatikaning barcha sohalari - morfologiyada (aniq shakl hosil qilishda, shakllarning turli-tumanligini o’zlashtirishda: stollar, stullar, qavatlar va boshq.), so’z hosil qilishda, (non uchun - nondon, tuz uchun tuzdon va boshq.) sintaksisda (og’zaki nutq qurilmasini yengib o’tish: va bog’lovchisini ko’p marta

qo’llash orqali gapni cho’zib yuborish, bitta gapda to’g’ri va bilvosita nutqni aralashtirib yuborish va boshq.) ko’zga tashlanadi. Nutqning grammatik to’g’riligiga intilish ko’proq yetti yoshli bolalarga xosdir. Besh yoshli bolakay hali ham grammatik shakllar ustida zavq bilan mashq qiladi va aynan mana shu so’z bilan mashqlar kelajakda grammatik jihatdan to’g’ri ifodalangan nutq uchun poydevor yaratadi.

Lug’atni rivojlantirish, nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, grammatik jihatdan to’g’rilikni shakllantirish ravon nutqni tuzish usullarini (gaplarni bog’lovchilar, leksik takrorlashlar, sinonimlar yordamida bog’lash vositalari; tavsiflash, bayon qilish, mulohaza yuritish tuzilmasi) o’zlashtirish bilan uzviy bog’liqdir. Turli funksiyalarni bajarish bilan bog’liq dialogli muloqot negizida rivojlangan nutqning barcha tomonlari til ongining shakllanishiga bevosita bog’liq bo’ladi va ular buning uchun bolaning kattalar bilan muayyan shakldagi muloqotiga, to’g’rirog’i, nafaqat tashqi olam va boshqa odamni bilishga qaratilgan muloqotga, balki tilning o’zini, uning tuzilishi va faoliyatini anglab yetishga qaratilgan muloqotga muhtoj bo’ladilar.

Nutqiy rivojlanishdagi individual qobiliyatlar kirishimlilikda ham, til hamda ravon nutqni o’zlashtirish sur’atlarida ham ifodalanadi. Ko’pchilik bolalar o’z harakatlarini sharhlashni, atrofdagilarning diqqat-e’tiborini o’zigajalb qilishni yoqtiradilar. SHu bilan birga bunda ayrim bolalarning nutqiy rivojlanishi ularning amaliy faoliyatiga mos kelmaydi, natijada bunday sergap bola ish bajarishda guruhdagi boshqa bolalardan ortda qoladi. Unchalik kirishimli bo’lmagan bolalar kam gapiradilar, biroq odatda amaliy vazifalarni boshqalardan ko’ra tezroq va to’g’riroq bajaradilar.

Ravon nutqning vujudga kelish muddatlari va uning mahsuldorligi ham farqlanishi mumkin. Nutqiy rivojlanishning ilk xilida bolaning maxsus o’qitilmasidan turib hikoya qilishi 4-5 yoshlarda paydo bo’ladi. Bolalar sehrli ertaklarni bir-birlariga aytib beradilar, o’yinchoqlar yordamida o’zlari ham original voqelarni to’qiydilar. Agarda bola yetti yoshda an’anaviy tanish ertakni mustaqil aytib bera olsa, o’yinchoqlar, suratlarga qarab kichik og’zaki hikoya tuza olsa - bu normal holat hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining yuqori darajada rivojlanganligi quyidagilarni nazarda tutadi:

- bola ona tilining barcha tovushlarini va tovush birikmalarini to’g’ri, ya’ni adabiy til normalariga muvofiq holda talaffuz qiladi; ovozni ko’tarishni (pasaytirishni) biladi; aniq talaffuzga ega; fonematik qabul qilish va nutqni tinglash qobiliyati rivojlangan; nutqdagi xatoliklarni sezadi va ularni tuzatadi; maishiy leksikaga ega, mebel, poyabzal, kiyim, daraxtlarni anglatuvchi umumlashtiruvchi so’zlarni, narsalarning ayrim detallari va qismlarini biladi; antonimlar, otlarga ta’riflarni to’g’ri tanlay oladi; otdan sifat yasay oladi (yog’och- yog’ochdan ishlangan va boshq.); barcha ranglarni aytib bera oladi; turli kasb kishilarining (vrach, oshpaz va boshq.), hayvonlarning harakatlarini ko’rsatib bera oladi (vovullaydi, miyovlaydi, pishqiradi va boshq.); nutqda ravish, sifatdosh, ravishdoshlarni qo’llaydi;

- nutqda barcha kundalik so’zlarni, ayrim turlanmaydigan otlarni (pianino, metro, palto) to’g’ri qo’llaydi; otlarni sonda, kelishikda sifat bilan moslashtira oladi; qaratqich kelishik shaklini to’g’ri qo’llaydi; old qo’shimcha, suffiks, qo’shimchalar yordamida so’zlar hosil qiladi; nutqda oddiy (yoyiq, yig’iq), qo’shma (bog’langan qo’shma gap va ergashgan qo’shma gap) gaplardan, har xil turlanadigan fe’llardan (xohlashmoqda, yugurishmoqda, uxlashmoqda, va boshq.) foydalanadi; hikoyani mustaqil aytib bera oladi; matn mazmunini voqealar ketma- ketligiga rioya qilgan holda ortiqcha pauzalarsiz aytib beradi; nutqda ifoda vositalaridan foydalanadi; asosiy qismlarni o’zga darajali qismlar bilan bog’lay oladi; narsalarni mustaqil bayon qiladi, o’z shaxsiy hayotida ro’y bergan voqealar (hodisalar) haqida hikoya qilib bera oladi.

Fikr bildirish hajmi va nutqning tezkorligi nafaqat bolaning faol lug’at zahirasini, balki uning «o’ta tezkor sintez» qila olish qobiliyatini ham tavsiflaydi. Bundan tashqari, fikr bildirish hajmi uning ob’ekt bilan tanishlik darajasidan dalolat bermoqda. Bolalarning biron-bir narsa, hodisa haqidagi bilimlari qanchalik chuqur va xilma-xil bo’lsa, ularning fikr bildirishlari ham shunchalik keng bo’ladi.

Bolalarning nutqida oddiy gaplar ko’pchilikni tashkil qiladi. Ba’zan ESA, VA kabi bog’lovchilar ishtirokida tuzilgan va ba’zan esa ularsiz bog’langan qo’shma gaplar ham uchrab turadi. Bildirish xususiyatiga ko’ra bolalar hikoyalaridagi aksariyat gaplar darak gaplardir, nutq bir xil ohangda jaranglaydi, ko’pincha so’zlar o’rtasidagi sintaktik bog’liqlik, ya’ni: gapdagi so’zlar tartibi, inversiya buzilishiga oid xatoliklarga yo’l qo’yiladi.

Bolalar fikrlarining tahlili shuni ko’rsatdiki, ularning nutqida aniq ma’noli otlar ustunlik qiladi. Nutqni otlar bilan boyitish quyidagi sharoitlar ta’sirida ro’y beradi: bola o’zi uchun qandaydir ahamiyatga ega bo’lgan narsalarninggina nomlarini o’zlashtirib olmoqda; unga tanish narsalar va shaxslar ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Shuni ta’kidlash lozimki, bolalar nutqida sifatdosh va ravishdosh uchramaydi. Ularning nutqida qiyosiy daraja mavjud emas. Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning ravon nutqini tadqiq etish natijalari

Ertakni aytib berishda bolalar tomonidan qo’llanilayotgan so’zlar soni 19 dan 65 tagacha yetdi; gaplar soni esa 5-14 ni tashkil qildi. Bolalar nutqda asosan, oddiy, ikki tarkibli gaplardan foydalanishdi.

O’zbek tilidagi nutq madaniyatini tadqiq etish natijalari shundan dalolat bermoqdaki, o’rganilayotgan bolalarning artikulyatsiya apparatlarida biron-bir organik kamchiliklar qayd etilmagan (qisqa qizilo’ngach, dislaliya - tinglash qobiliyati normal bo’lgani holda tovushlarni talaffuz qilishning buzilishi va boshq.). 3 nafar bolada yashirin rinolaliya (ovoz tembri va tovush talaffuz qilishning buzilishi) - ya’ni, poliplar tufayli burundan havo o’tmasligi aniqlangan; 4 nafar bolada disfoniya - haddan tashqari baland ovozda gapirish (qo’shiq aytish, o’yin paytida qichqirish) natijasidagi zo’riqish sababli ovozning zaiflashib, xirillab qolishi kuzatildi.

Bolalar nutqida nutqiy nafas olishning shakllanmaganligi, bolalarning nutqiy nafas

chiqarishni so’zlanayotgan jumlaning uzunligiga mos ravishda taqsimlay olmaganliklari tufayli pauzalar kuzatildi.

Leksik buzilishlar shundan iborat bo’ldiki, bolalar kerakli so’zlar o’rniga ushbu vaziyatga mos kelmaydigan boshqa so’zlarni qo’lladilar.

Grammatika sohasidagi kamchiliklar shundan iborat bo’ldiki, bolalar gapda so’zlarni noto’g’ri joylashtirdilar (inversiya).

Axborot tusiga ko’ra bolalar hikoyalaridagi aksariyat gaplar darak gaplardan iborat bo’ldi. Hikoya tuzishda bolalar nutqi bir xil ohangda jarangladi (monoton), savol yoki undov ovoz bilan ta’kidlanmaydi,

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ona (o’zbek) tilidagi ravon nutqini tadqiq qilish natijalari og’zaki matnni so’zlab berishda jumlalar hajmi 4-10 ta gap doirasida, yoki 1345 ta so’zdan iborat bo’lishini aniqlash imkonini berdi. Eng ko’p jumlalar hajmi ertakni aytib berish, suratga qarab hikoya tuzish hissasiga to’g’ri keladi. Bolalarning hikoyalari leksik jihatdan juda sayoz bo’lib, ularda sifat, fe’lning sifatdosh va ravishdosh shakllari mavjud emas. Hikoyalar faqat sanab berish bilan cheklanildi, ularda obrazli so’zlar va ifodalar mavjud emas, o’z fikrlarini bayon etishda ketma-ketlikka rioya qilinmaydi. Bolalarning nutqi ifodali emas.

Hikoya qilish chog’ida bolalar tomonidan qo’llanilgan so’zlar 13-45 tani, gaplar esa 410 tani tashkil qildi. Bolalar asosan oddiy, ikki tarkibli gaplardan foydalandilar.

Jaranglayotgan nutqqa bo’lgan qiziqishning jadal rivojlanishi, til borlig’ini uning barcha - fonetik, leksik, grammatik tomonlarini qamrab oluvchi oddiy anglashning shakllanishi maktabgacha katta yoshdagi bolalar erishgan eng muhim yutuqlardir.

O’zbekiston Respublikasining “Ta'lim to’g’risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi Respublikamizda ta'lim tizimini isloh qilish, o’quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish va zamonaviy talablar darajasiga kutarish, yaxshi pedagogik texnologiyalarni ta'limga joriy etish, yosh avlodning yosh xususiyati, bilish faoliyati, tafakkuri, iqtidorini nazarda tutgan holda ta'lim-tarbiya berish, davlat dasturlari, ta'limning davlat meyorlariga mos bo'lgan bilim va malakalarni shakllantirishga imkoniyat yaratdi, har bir fuqaroga O’zbekiston Konstitutsiyasining 29-moddasida ifoda etilgan “Har kim fikrlash, so’z va e'tiqod erkinligiga egadir”, 41-moddasida ifoda etilgan “Har kim bilim olish huquqiga egadir, bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi” degan huquqidan to’la foydalanish imkoniyatini berdi, mamlakatimizda uzluksiz ta'lim tizimi joriy etildi.

Demak, yurtimizda har bir inson o’z extiyojidan kelib chiqqan holda qobiliyatini rivojlantirish, ijtimoiy hayotda o’z o’rnini topish imkoniga ega bo’ldi. Chunki Milliy istiklol mafko'rasining asosiy g’oyalaridan biri yoshlarning bilimli, aql-zakovatli bo’lishlari, har qanday sharoitda o’z bilimi, aql zakovatiga ishongan holda faoliyat Korsatishi, o’z ona tilida aniq, ravon, erkin fikrlashini shakllantirishdan iboratdir. Shu bois Mo’staqilligimiz-ning dastlabki kunlaridan boshlab o’z ilmi, malakasi, teran fikri bilan Respublikamizning iqtisodiy, ma'naviy extiyojiga mos keladigan, yuksak malakali mutaxassislar tayyorlashga ahamiyat berildi.

Ayniqsa, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov yoshlar tarbiyasiga, ularning ilm-ma'rifatli bo’lishlariga alohida e'tibor berdilar, ularni mo’staqil fikrlashga o’rgatish zarurligini; “...tafakkur

о

ozod bo’lmasa, ong va shuur tazyiqdan, qo'lllikdan qutulmasa, inson to’la ozod bo’lolmaydi ”, - deb ta'kidladilar.



Demak, Mo’staqil Respublikamizda yoshlarga ta'lim berish, fanlarni o’rgatish bilan birga ularni mo’staqil fikrlovchi shaxs sifatida tarbiyalash vazifasi belgalandi. Chunki fikrlash til va nutq, tafakkur bilan bohlik bo'lib, fikrlash jarayonida faraz, mo’shoxada, isbotlash, tahlil qilish paydo bo'ladi, aqliy faoliyat, ongli harakat, aql-zakovat, maqsad sari intilish, tafakkur shakllanadi, fikr esa nutq orqali ifoda etiladi.

Maktabgacha ta'limdan boshlab bolalar og’zaki nutqini o’stirish, ularni ko'rgan, eshitgan voqea hodisalari haqida eslab qolganlarini erkin fikrlash orqali bayon qilish, o’z fikrini tushunarli, tartibli ifodalash bilan birga ijodiy fikr yuritishga ham o’rgatiladi, chunki nutq tufayli inson o’zaro fikrlasgadi, muloqot qiladi.

Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o’stirish, ularni fikrlashga, uni boshqalarga tushunarli bayon etishga o’rgatish, bolalarning “obrazli, mantiqiy, ijodiy, abstrakt” fikrlashini shakllantirish va maktabga tayyorlashda nutq o’stirish usullarining o’rni, mohiyati muhimdir. Shuning uchun har bir tarbiyachi pedagogning ta'lim usullarini puxta bilishi, bolalar nutqini rivojlantirishning eng qulay usullarini tanlashi va qo'llay olishi, uni takomillashtirishi lozim.

Bu esa tarbiyachi pedagogdan bolalarni yoshlikdan u yoki bu narsa, buyum, o’yinchoq, voqea-hodisa haqida fikr yuritish, fikrni bayon qilish uchun mos so’z tanlashi, fikrni nutq orqali ifodalashi kabi murakkab jarayonni boshqarishning eng qulay yo'li, usulini tanlay bilishni talab etadi.

Demak, ta'lim usuli va usullarining mazmuni tarbiyachi-pedagog va tarbiyalanuvchilarning tartibga keltirilgan o’zaro munosabati, nutqiy faoliyati shakli bo'lib, ta'limda maqsadga erishish yo'lini ifodalaydi.

O’shbu jihatdan karaganda ta'lim usullari ko’p qirrali bo'lib, uni bir necha tomondan o'rganish, turkumga ajratish mumkin. Shuning uchun ham pedagogikada ta'lim usullari, ta'lim mazmuni, uni o’zlashtirish, o’quv jarayoni maqsadi, o’quv faoliyatini boshqarish, bilish faoliyati xususiyatlari, aqliy faoliyatni tashkil etish kabi jihatdan turkumga ajratiladi.

Yu.K.Babanskiy o’quvchi faoliyati nuqtai-nazaridan usullarni quyidagi turlarga bo'ladi. o’quv-biluv faoliyatini tashkil etish va boshqarish usullari; o’quv-biluv faoliyatini rahbatlantirish usullari; o’quv-biluv faoliyati samaradorligini nazorat qilish usullari;

O.R.Roziqov, S.Yu.Ogaev, M.M.Mahmudova, B.R.Adizovlar ta'lim usullarini ikki guruhga ajratadi; o’zaro ta'sirni tashkil etish va boshqarish usullari; o’zaro ta'sir natijasini nazorat qilish usullari. Har bir guruhdagi usullar o’z navbatida yana bir necha guruhlarga ajratiladi.

Ma'lumki, maktabgacha ta'limda nutq o’stirishning asosiy maqsadi bolalarning nutqni egallashga intilishi va qizikishini uyhotish, ona tilini o’rgatish, ya'ni “Fikrni ona tilida aniq, ravon, lo'nda ifoda etish” malakalarini shakllantirish, shaxs sifatlarini rivojlantirish va bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashdan iborat.

O’shbu vazifani bajarish bolalarning obrazli, mantiqiy fikrlashi, bilishiga qizikishi, o’quv faoliyatini kuzatishi, eshitishi va eslab qolishi, ko'rib eslab qolishini rivojlantiradi.

Shuning uchun ham tarbiyachi nutq o’stirish usullarini puxta bilishi, mashg’ulotlar jarayonida qo'llashi, eng qulay usullarni tanlashi va takomillashtirishi lozim.

Pedagogik adabiyotlarda nutq o’stirish usullari quyidagicga tasnif qilinadi;

1. So’z yoki og’zaki usullar.

2. Ko'rsatmalilik usullari.

3. Amaliy usullar.

4. O'yin usuli.

Og’zaki usulda bolalarga beriladigan bilim, malaka va kunikma tarbiyachining so’zi, tushuntirishi, hikoya qilishi, tasvirlashi, suhbatlashishi, o’qib berishi, yoddan aytishi orqali

shakllantiriladi. Jumladan, tarbiyachi og’zaki usullardan foydalanganda aniq, lo'nda fikrlashi, gap va so’zlarni aniq oxanh va tuxtamlarga rioya qilgan holda bayon qilishi, savollami aniq, kiska tuzishi va unga bolalarning oson javob topishini uylashi lozim.

Og’zaki usullar o’qib berish, hikoya qilib berish, yoddan aytish, suhbat,savol-javob usuli kabilardir. O’qib berish, hikoya qilib berish, yoddan aytish usullari badiiy adabiyot, bolalar folklori materiallarini o’rgatish, she'rni ed oldirishda qo’llaniladi .

Suhbat usuli maktabgacha ta'limda eng ko’p qo’llaniladigan, eng qulay usul bo'lib, berilgan mavzu yo’zasidan savol-javob tarzidagi muloqotdir, ya'ni bolalar bilim, malaka, kunikmani tarbiyachi savollariga javob berish orqali egallaydilar. Shuning uchun tarbiyachi savollarni kiska, aniq, bolalarga tushunarli bo’lishi, ularning javob bera olish malakasini nazarda tutgan holda tuzishi, zarur urinlarda yullovchi savollar berishi, bolalarning ham savollarga aniq, lo'nda javob bera olishiga erishishi lozim.

Suhbat o’yinchoq, buyum, narsa, rasm, bolalar ko’rgan-kuzatgan, o’zlari ishtirok etgan voqea-hodisalar, tevarak-atrof, tabiat, badiiy asar mazmuni yo’zasidan bo’lishi mumkin.

Suhbat usuli qadimiy usullardan bo'lib, XI-XII asrda yashagan buyuk alloma, komo’siy olim Burxoniddin Zarnuji oqitishning ko’satmali tajriba, amaliy (mashq, takrorlash) nazorat usullari bilan birga, so’zlash o’slublari, bilimni bayon qilish, hikoya qilish, savol-javob o’slubini ham tavsiya etadi.

Buyuk olim va mutafakkir Ibn Sino ham suhbat, tushuntirish usullarini eng qulay usul deb

biladi.


Suhbat usulining afzalligi shundaki, mashg’ulotda bolalar ham, tarbiyachi ham faollik Korsatadi, o’zaro hamkorlik bir-birini qo'llab-kuvvatlash, o’zaro fikrlash,bilimni nazorat qilish, uni to’zatish imkoniyatiga ega bo'ladi, bolalar ta'limda sub'ekt va ob'ekt sifatida ishtirok etadilar.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishda ta'limning so’z usullaridan maktabgacha ta'limda foydalanish imkoniyatlari yanada kengaydi. O’qib berish, hikoya qilib berish usullaridan barcha guruhlarda foydalanilmokda, ertak, hikoya, she'r, erkalama, ko’shik, lapar, aytishuv, tez aytish, topishmok kabi bolalar adabiyoti va halk og’zaki ijodi namunalari yuqorida aytilgan usullarda o’rgatilib, bolalarning nutqi, nutq madaniyati, badiiy nutq malakalari shakllantirilmokda.

Og’zaki usullardan foydalanish bolalarni maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni ham ta'kidlash lozimki, og’zaki usullar bolalarni kattalar bilan nutqiy muloqotga kirisga olishi, ularning savollarga javob berishi, hozirjavoblik, nutqni ifodali, tartibli bayon etish, nutq meyorlariga rioya qilishni o’rgatish bilan birga ularni maktabga tayyorlash, xotirasini shakllantirishga xizmat qiladi, ya'ni eshitib eslab qolish xotirasini rivojlantiradi.

Ko'rsatmalilik usuli. Bu usulda o’quv materiali ko’rgazma, texnik vositalar, turli didaktik materiallar asosida o’rgatiladi. Ko'rsatmalilik usuli maktabgacha ta'limda eng ko’p qo’llaniladigan usullardan biridir. Ko'rsatmalilik usulida bolalar narsa, buyum, voqea hodisani ko'rish, kuzatish, rasm-illyo’strtsiyalarni ko’rish, sayr ekskursiyadagi kuzatishlari asosida mulohaza qiladi, fikrlaydi va nutqni bayon qiladi. Bu usulda guruh xonasidagi buyumlar, tabiat burcgahidagi o’simlik, hul va hayvonlar, ko’shlarni kuzatishi, kattalar mexnati, tevarak - atrofdagi voqea-hodisalar ko’rgazmalilik

vositasi bo'lib xizmat qiladi, bolalar bilim, malaka va kunikmalarni ko'rish orqali idrok qiladilar va eslab qoladilar, ularda korib eslab qolish xotirasi rivojlanadi.

Ko’rgazmali vositalar bolalarning tasavvuri, fikrlashi va nutqining tartibli, izchil bo’lishini, umumlashtirish, bilimlarni tartibga solish imkoniyatini shakllantiradi, fikrlash faoliyatlarini mustahkamlaydi.

Shuni ham ta'kidlash lozimki, Korsatmalilik usuli og’zaki usullar bilan birgalikda qo’llaniladi, ya'ni ko’rgazma yo’zasidan bolalarga savollar berish, ko’rgazma mazmunini tushuntirish, hikoya tuzish kabi faoliyatlar og’zaki usulda amalga oshiriladi, natijada bolalar bilim va malaka, nutqni ham ko'rish, ham eshitish, tarbiyachi savollariga javob berish orqali egallab boradi.

Korsatmalilik usulida kuzatish muhim ahamiyatga ega, chunki kuzatish bir necha usullar bilan bohlik bo'lib, rasm-illyo’strtsiyalarni kuzatish, diafilm, teleKo'rsatuvlarni ko'rish, ularni tasvirlash, u xakda mazmunli hikoya tuzish yoki suhbat uyo’shtirish orqali bolalar nutqini o’stirish mumkin. Bu jarayonda tarbiyachining tushuntirishi, savollar berishi, rasm-illyustratsiyalarni izoxlab berishi, bolalarning ko'rib tushunish va eslab qolishi bilan birga eshitib eslab qolishini ta'minlaydi.

Ko'rsatmalilik usulida quyidagilarga diqqat qilish lozim.

1. Rasm-illyustratsiya, narsa, buyum va boshqa ko’rgazmalar-ning bolalar yoshiga mos bo’lishi, ranglarning aniq yorkin bo’lishiga ahamiyat berish.

2. Ko’rgazmali vositalarning asosiy mazmunini ifodalovchi jihatlarga bolalar diqqatini jalb etish.

3. Ko'rsatmali vositalarni bolalarning kuzatishlari uchun imkoniyat berish va har bir yosh guruh uchun bu usulda olib boriladigan ishlarni aniq belhilab olish.

Maktabgacha ta'limning kichik guruhidan boshlab ko’rgazmali usulni qo'llash orqali bolalar nutqi o’stiriladi, bunda kiyoslash, ajratish, tuplash, umumlashtirish va tasvirlashga alohida ahamiyat beriladi.

Katta va tayyorlov guruhlarda ko’rgazmali vositalar asosida tasviriy, ijodiy hikoya tuzishga alohida etibor beriladi, bunda quyidagicga ish olib boriladi.

Rasm, buyum ko’rgazmani bolalar ko’zatadilar; tarbiyachi tomonidan ko’rgazma yo’zasidan suhbat uyo’shtiriladi;

ko’rgazma asosida tasviriy va ijodiy hikoyalar to’ziladi, bolalar hikoyani so’zlab beradilar; hikoya mazmuni, gap qurilishi, bolalarning hikoyani bayon qilish qobiliyatlari, nutqni egallashi, nutq odobiga rioya qilishiga kora tahlil qilinadi.

Amaliy usul. Amaliy usulning asosiy maqsadi bolalar egallagan bilimlarni amalda qo'llash, nutqiy malakasini oshirishdan iboratdir. Amaliy usulda bilim va malakalar mashq qilish, topshirikni mo’staqil bajarish orqali, oddiy tajribalar o’tkazish kabi amaliy faoliyatda egallanadi, amaliy usulda ko’rgazmalilik usuli, so’z usuli birgalikda qo’llaniladi va nutq o’stirishning barcha vazifalarini bajarishda ishtirok etadi, bolalar mo’staqil ravishda tapshiriklarni bajaradi, nutq uchun so’z va gapni o’zi amaliy izlanish orqali topadi; bolalarning xonani tozalashi, kitoblarni tartibga keltirishi, o’yinchoqlarni ta'mirlashi, tabiat burcgahidagi mexnat faoliyatida amaliy usuldan foydalaniladi,ular o’zi bajargan ishlarni so’z va gap orqali ifodalaydilar.

Amaliy usulda bolalarning xotirasi, tafakkuri, ishlash qobiliyati shakllanadi, mo’staqil faoliyat, mo’staqil fikrlashi o’sadi, tevarak-atrofdagi hayotga, kattalar mexnatiga qiziqishlari, qadriyatlarimizga xurmati ortib boradi, kasb egallashga doir amaliy malakalari shakllanadi.

O'yin usuli. Maktabgacha ta'limda o'yin usulining bir necha turi kenh qo’llaniladi, ya'ni didaktik o'yin, so’z o'yini, harakatli o'yin, rolli, mazmunli o'yin kabilar nutq o’stirishda muhim ahamiyatga egadir. Masalan, “Bu uyda kim yashaydi”, “Nima o’zgardi”, “Kimga nima kerak”, “O’yinchoqlar dukoni”, “Hikoyani kim davom ettiradi” kabi didaktik o'yinlar bolalarning so’z boyligini oshirish, bohlanishli nutqini o’stirish, nutqning tovo’sh madaniyatini shakllantirishga yordam beradi.

Ma'lumki, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, maktabgacha ta'limda bolalar ta'lim tarbiyasining davlat talabi meyoriga ko'ra katta va tayyorlov guruhda bolalar faoliyatining 80 foizi oyin mashg’ulotlaridan iborat bo’lmohi lozim. Bu talabni bajarish uchun maktabgacha ta'limda bolalarning so’z boyligini oshirish, nutq tovo’shlarini aniq eshitishi va talaffo’z qilishini, ularni so’zlardan ajrata bilishini, bolalarning fikrlash kunikmasini, urtoklarini tushunishi, urtoklari va tarbiyachi bilan hamkorlik qilishini shakllantirish uchun nutq o’stirish mashg’ulotlarida o'yin usulidan foydalanish yaxshi natija beradi. Ayniqsa, bolalar xotirasini rivojlantirishga, aqliy faoliyatini shakllantirishga doir didaktik va rivojlantiruvchi o'yinlarga kenh ahamiyat berilmokda. Chunki o'yin bolaning narsalar olami, odamlar faoliyati va munosabatini anhlash negizidir.

Har bir tarbiyachi nutq o’stirish mashg’ulotlarida bolalar bilish faoliyati, nutqiy rivojlanishini hisobga olgan holda usullarni tanlash va qillab qo'llashga, mashg’ulotlar samaradorligini oshirishga, bolalar nutqiy malaka va kunikmalarini shakllantirishga yordam beruvchi eng qulay usullarni qo'llashga ahamiyat berishi lozim.

Shuningdek, nutq o’stirish usullarining har biri nutq o’stirish maqsadi vazifasiga ko'ra bir necha usullarni o’z ichiga oldi. Masalan, suhbat usuli kuzatish, ko'rish kabi usullarni o’z ichiga olsa, o’qib berish usuli to'liq o’qib berish, kiskartirib o’qish, tanlab o’qib berish kabi usullarni o’z ichiga oladi.

Nutq o’stirish usullari usul kabi so’z-og’zaki usullar, Ko'rsatmali va o'yin usullarga ham bo’linadi. Og’zaki usullarda nutq namunasini berish, tasvirlash, tavsiflash, aytilganlarni takrorlish, Ko'rsatma berish, yullanma berish kabi usullar qo’llanilsa, Ko'rsatmalilik usulida rasmni, o’yinchoqni Ko'rsatish va harakatlantirish, tushuntirish, boshlab berish kabi usullar muhimdir.

Nutq o’stirish usullari yuqoridagi kabi bolalarning, yosh xususiyati, mashg’ulot turiga ko'ra tanlanadi va qo’llaniladi.



Respublikamizdagi maktabgacha ta'lim muassasalarida “Uchinchi mingyillikning bolasi” tayanch dasturini amalga oshirish, bolalarni intellektual jihatdan maktabga tayyorlashda nutq o’stirish mashg’ulotlarini samarali tashkil etish uchun eng qulay usullarni qo'llash orqali bolalar nutqini o’stirish, mashg’ulotda o’zaro bir-birini tushunish, qo'llab quvvatlash, hamkorlik asosida bilimlarni egallashga e'tibor berish zamon talabidir.

1S.Nabiyeva. Maktabgacha ta'limda nutq o’stirish metodikasi. O’quv dasturi. Qo'qon 2001-yil.

Yüklə 44,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin