Tushunchalar va iboralar: ta’lim va tarbiya, mashg’ulot, musiqa, didaktika, printsiplar, vazifa, metod, rejalashtirish, nutq, tasviriy faoliyat.
Maktabgacha yoshdagi bola nutqiga qo‘yiladigan talablar: O‘qib berilgan badiiy asarni qayta hikoya qilish; ' Taklif etilgan mavzuda suhbatlasha olish; ' Surat asosida hikoya tuzish; ' O‘qilgan asar mazmunini tushuntira olish; ' Ona tilidagi barcha tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etish; ' Grammatik jihatdan to‘liq va to‘g‘ri jumlalar bilan gap tuzish; ' She’rlarni ifodali o‘qish; ' Eitak so‘zlay olish; Suratlarni tavsiflash; □ Ertak boshi, davomi, oxirini bog‘lay olish. Nutqning rivojlanishi qo‘l barmoqlari harakatlari bilan chambarchas bog‘liq. Buning uchun bola bilan tinimsiz ravishda tizimli mashq qilish kerak. Yaxshisi plastilindan yasash, minoracha yig‘ish, munchoqlar terish, bog‘ichlarni tirqichdan o‘tkazish, konstruktor o‘ynash, mozaika terish, don-dun (mosh, guruch, meva donaklari) ni saralash mashqlarini qo‘llash mumkin.
Qo‘l panjalarining harakatlari sust rivojlanganligi bolaning maktabga o‘qishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qo‘lning harakatchanligi sustlashgan bo‘lsa, harakat aniqligi ham buziladi. Bolaning yozishga o‘rganishi qiyinlashadi. U boshqa bolalarga qaraganda sekin yozadi, husnixati xunuk, tushinarsiz bo‘ladi. Hatto yozuv mashg‘ulotlariga nisbatan salbiy munosabat shakllanishi ham mumkin. Natijada, bola dars tayyorlash, maktabga borishdan bosh tortishi mumkin. Mayda qo‘l muskullarining yaxshi rivojlanmaganligi va ular harakatining noaniqligi, oxir