Turli yosh bosqichlarida monologik nutqni o’qitish ishining mazmuni va uning vazifalari Bolalarga monologik nutqni muntazam o‘qitish taxminan besh yoshdan boshlanadi. Lekin bunga tayyorgarlik bola hayotining ikkinchi yilida - bolalarning o‘qish va sanoq she’rlarni yodlash jarayonida boshlanadi. To‘rt yoshdan boshlab bolalar monologning tavsiflash va bayon qilish turlarini qo‘llashga, Yetti yoshdan boshlab esa - qisqa mulohaza yuritishga qodir bo‘ladilar.Monologning qiyinligi shundaki, u diqqat-e’tiborini o‘zi uchun ahamiyatli bo‘lgan voqea yoki badiiy asarga qaratgan boladan bir vaqtning o‘zida nafaqat narsalar, hodisalarni payqash, balki ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni ham sezishni talab qiladi. Bu bir vaqtning o‘zida fikrlash va nutqni rivojlantirish vositasi hisoblangan xotirani ham ishga solishga olib keladi.
Kattalar bolaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatib, monologlar uchun mavzu qidirish, bolalarni tinglash orqali bu mushkulotlarni yengib o‘tishda ularga yordam beradilar. Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqini rivojlantirishdagi asosiy natijalar muloqot sohasidagi chuqur o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Tengdoshlar bilan muloqot qilish birinchi o‘ringa o‘tadi. Bola o‘z tengdoshini kattalardan afzal ko‘ra boshlaydi
Qayta hikoya qilishni o’rgatish metodikasi Qayta hikoya qilishni o’rgatish metodikasi Qayta hikoya qilib berish va hikoya to’qish monologga o’qitish metodi hisoblanadi. Bolalar monologik matnlarni qayta hikoya qilib beradilar, real va xayoliy voqealar haqida hikoya qiladilar, hikoyalar to’qiydilar.
Monologik nutqni o’qitish metodini o’zlashtirib olish pedagog uchun quyidagilarni anglatadi: bolalarni tinglashni o’rganish; qayta hikoya qilish va hikoya qilish, shuningdek hikoya to’qishda bolalarga yordamlashishni o’rganish.Qayta hikoya qilish - eshitilgan badiiy asarni ravon, ifodali aytib berish.Qayta hikoya qilish nisbatan oson nutqiy faoliyatdir, chunki, bola tayyor mazmunni qayta aytib beradi, bunda u muallifning tayyor nutqiy shakllaridan (lug’at, so’z oborotlari, tuzilish), uni o’qiyotgan tarbiyachining nutq ifodaliligi usullaridan foydalanadi. Ammo bu mexanik ravishdagi takrorlash emas, balki matnni tushungani holda erkin va emotsional aytib berishdir.
Qayta hikoya qilib berishni o’rgatish vazifasi ilk yosh guruhlarida asta-sekin qiyinlashtirilib boriladi - yaxshi tanish ertaklar, hikoyalarni aytib berish, yangi o’qib chiqilgan asarlarni aytib berish, hikoyachi shaxsini o’zgartirgan holda (birinchi shaxs nomidan emas, balki uchinchi shaxs nomidan va aksincha) aytib berish, tarbiyachi rejasi asosida aytib berish, bolalar bilan birgalikda tuzilgan reja asosida aytib berish, o’xshashlik asosida (analogiya bo’yicha) aytib berish (qahramonni, mavsumni o’zgartirish va h.k.), sahnalashtirgan holda aytib berish (o’yinchoqlar siluyetlar), bolalar tanlovi bo’yicha aytib berish.