I.Tashkiliy qism : Salomlashish , davomatni aniqlash, navbatchining axboroti.
Sinf tozaligini nazorat qilish, o`quvchilarni darsga tayyorgarligini nazorat qilish.
II. O`tgan mavzuni so`rab baholash. Uyga berilgan vazifani tekshirish va baholash. O`tilgan mavzular yuasidan savol-javob o`tkazish.
1.Matn nima? U nimalardan tuziladi?
2.Gap nima? Gap nimalardan tuziladi?
3.So`zlar nimalarni bildiradi? Ular qanday so`roqlarga javob bo`ladi?
4.Kim? nima? so`roqlari qayday so`zlarga beriladi?
5. Qanday? qanaqa/?so`roqlariga javob bo`ladigan so`zlar nimani ifodalaydi? Misollar yozing?
6. Nima qildi? Nima qiliyapti? Nima qiladi? Nima qilmoqchi? So`roqlari qanday so`zlarga beriladi?
Ш. Yangi mavzuning bayoni: 114 – mashq.Qavs ichida berilgan so`roqlarga mos so`zlar qo`yib , matnni ko`chiring.
Mana qish ham ... (nima qildi?). Qor yer ustini ... (nima qildi?). Yer namni yaxshi ... (nima qiladi?). Bahorda daraxtlar tez ... (nima qiladi?). Kurtaklar shig'il ... (nima qildi?). Topshiriq: Gaplarni yozing, kesim vazifasidagi so'zlarning tagiga chizing. Foydalanish uchun so'zlar: gulladi, keldi, saqlaydi, qopladi, uyg'onadi.
IV. Yangi mavuni mustahkamlash; 115-mashq. So`zlardan gaplar tuzing.O`ylab ko`ring. Gapda so`zlarni qanday tartibda qo`yish to`g`rib o`ladi.
Topshiriq: Gaplarni yozing. Gapdagi bosh bo`laklarning tagiga chizing.
V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish va baholash. O'quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o'qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy baholar e'lon qilinadi va faol, bilimdon o'quvchilar rag'batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa. 116- mashq.
“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi”O`TIBDO`: _______________________
Sana______________ 4
Mavzu: Bosh bo`laklarning qo`llanishi (117-119-mashqlar)
Darsning maqsadi: ta`limiy: o'quvchilarning bosh bo'laklar haqida egallagan bilimlariga asoslanib, ega va kesim gapning asosini tashkil etishi, bosh bo'laklar qanday savollarga javob bo'lishini anglatish, o'quvchilar faolligini oshirish, ularning qiziqish va intilishlarini rivojlantirish, husnixat malakalarini takomillashtirish. F.k.1. gapning asosini aniqlab, ikkinchi darajali bo‘laklarning so‘roqlari, ularning kesim yoki egaga
Tarbiyaviy: barkamol avlodga xos odoblilik san'ati va madaniyatini o'rgatish; o'zbek xalqining milliy urf-odat, an'ana va qadriyatlarini amalda qo'llash malakalarini shakllantirish. Tk.3. kattalarga, kichiklarga va o‘rtoqlariga yordam berish.
Rivojlantiruvchi: Og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish. Mustaqil fikrlashga o`rgatish. F.k.2.
mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;
Darsning turi: mustahkamlovchi.
Darsning metodi : amaliy, savol javob.
Darsning jihozi: Mavzuga oid rasmlar, ona tili darsligi
Darsning borishi.