Mavzu: “Boshlang’ich sinf
2-diagrammaTajriba sinfining tajribagacha va tajribadan keyingi natijalar.
3-diagramma Solishtirma bosqichda ko’rinib turganidek tajribagacha va tajribadan keyingi natijalarda 1-me’zon bo’yicha 47 % dan 67 % gacha ko’tarilganligi aniqlandi, 2- me’zon bo’yicha 35 % dan 53 % gacha, 3- me’zon bo’yicha 24 % dan 50 gacha, 4- me’zon 56 % dan 73 % gacha ko’tarilganligi aniqlandi. Shundan kelib chiqib qo’llanilgan usullar o’z tasdig’ini topdi desak bo’ladi. Yuqoridagi natijalardan kelib chiqib quyidagi xulosa va tavsiyalarni berdik: XULOSA VA TAVSIYALARMillat tafakkurini rivojlantiruvchi, ma’naviyat va mafkurani ko’rsatib turuvchi asosiy mezon –tildir. Ona tili ta’limidan asosiy maqsad nutq san’atini mukammal egallagan mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, qiroat va muloqat madaniyatini rivojlangan ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalab yetishtirishdir. Mazkur maqsaddan kelib chiqib, ona tili ta’limi – o’qituvchilarning kuzatish, anglash va fikrlash qobiliyatini rivojlantirish qiyoslash va tasnif qilish layoqatini, mantiqiy tafakkur darajasini o’stirish. – o’quvchilarning o’zligini moddiy boylikni voqea –hodisalarni milliy tilning ifoda vositalari orqali idrok etish hamda o’z fikri dunyoqarashi his –tuyg’ularini mashhur til imkoniyatlaridan foydalanib, go’zal til tarzda aniq va ravon ifodalay olish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Boshlang’ich sinf ona tili ta’limi tizimi o’quvchining ijodiy tafakkuri rivojlantirishni o’z fikrini erkin va mustaqil ifodalay olishga o’rgatishni o’z oldiga asosiy vazifa qilib qo’yadi. Buning uchun. o’quvchilarning tevarak atrofiga buyum, narsa hosilar to’g’risidagi tasavvurlarini kengaytirish. mazkur buyum va hodisalar asosidagi sabab shart –qarama qarshi munosabatlarni to’g’ri farqlay olish qobiliyatini shakllantirish o’z fikrini erkin va ravon ifodalay olish, o’z bilganlarini boshqalarga yetkaza bilish malakalarini rivojlantirish lozim. Respublikamizda ta’lim tizimlarining boshlang’ich bo’g’ini hisoblangan boshlang’ich sinflarda o’quv samarasini oshirish o’quvchi va o’qituvchilarning o’rtasidagi mustahkam ijodiy hamkorlik, pedagoglarning o’zaro hamkorlik jamoasida ilmiy potentsialni kuchaytirish, haqiqiy ijadkorlik va izlanuvchanlik ruhida yo’g’rilgan ifobiy muhitni hosil qilish shu kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo’lib turibdi. Ayniqsa bosh maqsadi yosh avlodni hayonga tayyorlash bo’lgan boshlang’ich sinfda mazkur masalaning to’g’ri yechilishi, topilishi muhim ahamiyatga ega. O’quvchi nfzorat ishi qoniqarli yaratilishi uchun uning lug’at boyligi ko’p bo’lishi kerak. O’quvchining xotirasi yaxshi bo’lsa ijodiy ishlardan bayon to’liq yoziladi. O’quvchi ongini izlanish va ijodga undash savol va topshiriqlar bilan maqsadli rivojlantirish ularda ma’naviy barkamollikni ta’minlash ijodiy va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish izchil va keng qamrovda fikr ifodalash malakasini shakllantirish jarayoni shu tariqa hosil qilinadi va takomillashtirib boriladi. Ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun o’quvchiga beriladigan har bir topshiriq ularda so’zga ehtiyoj hissini hosil qilishi matn yaratish malakasini rivojlantirishiga qaratilgan bo’lishi, ularda badiiyatga, ijodga, komilu fozillikka havas uyg’otishi lozim. Dars mashg’ulotlari ana shunday bosqichli ketma –ketlik, uzluksizlik prinsipiga asoslanib olib borilsa, shuningdek, o’quvchi xususiyatdan umumiyga (matn yaratish) umumiydan xususiyatiga (matn tahlil qilish) qarab borish mustaqil ijodiy mushohada yuritishning eng muhim vosita va usullari bilan bevosita tanishtirib borilsa, bolaning nutqiy faoliyati shakllanadi, rivojlanadi va taraqqiy etadi. Yuqоridagilardan kelib chiqib, quyidagilarni tavsiya etamiz. Bayon yozishda matnning asоsiy o’rinlarini eslab qоlish. Bayon yozishda grammatik qоidalarga amal qilish. Mavjud manbani qismlarga bo’lish malakasini shakllantirish. Matnga reja tuzish va uni imlо xatоlarsiz yozishga e`tibоr berish. Bayon yozishda ko’prоq ijоdiy bayonga e`tibоr berish lоzim. Yozma ishlardagi xatоlarni asоsli tushuntirish kerak. Shuni unutmaslik kerakki, o’quvchilarning ijоdiy tafakkurini o’stirish оrqali ularning nutq faоliyati ham оshib bоradi. Yüklə 308,24 Kb. Dostları ilə paylaş: |