Mavzu: “Boshlang’ich sinf



Yüklə 308,24 Kb.
səhifə9/30
tarix21.06.2023
ölçüsü308,24 Kb.
#133545
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Bitiruv malakaviy ishi

Buning sabablari:

    1. ularning mexanik xotirasi boshqa xotira turlariga qaraganda durustroq rivojlangani ma`lumotlarni aynan o’zgarishsiz eslab qolish imkonini yaratadi;


    2. o’quvchilar o’qituvchi qo’ygan vazifani anglab etmaydilar,

    3. natijada uning «to’g’ri tushuntirib ber» degan talabini so’zma-so’z takrorlash deb biladilar;

    4. ularning nutq boyligi yetishmasligi (ilmiy atamalar va til qonuniyatlarini bilmasligi) materialni ijodiy to’ldirish, unga qo’shimcha qilish imkoniyati yo’qligi uni so’zma-so’z

qaytarishni osonlashtiradi;

    1. o’quvchilar matnni to’g’ri usullar yordamida eslab qolishni bilmaydilar. Tadqiqotchi A. A. Smirnov eslab qolishning to’g’ri usuli sifatida matndagi ma`nodosh so’zlarni guruhlarga ajratish, tayanch nuqtani topish, so’zlab

berish uchun reja tuzish va o’tilgan mavzularni idrok etgan holda yangi mavzuni takrorlashni tavsiya qiladi.
Ta`lim jarayonida o’quv materiallarining ma`nosini, mohiyatini, turli mulohazalarni, dalillarni, ilmiy asoslarni eslab qolish va esga tushirish orqali o’quvchilarda mantiqiy xotira takomillashadi. Ularni A. A. Smirnov tavsiya qilgan usul va vositalar bilan qurollantirish o’qituvchining vazifasi hisoblanadi. Aqliy mehnatda mustaqillikni vujudga keltirmay bilishga intilish qobiliyatini o’stirish mumkin emas. Shuning uchun bolalarga izohli o’qish, masalaning shartini sharhlash, muammoli vaziyatni yaratish va hal qilishni o’rgatish muhim ahamiyatga ega. Ixtiyoriy eslab qolish va ixtiyoriy esga tushirishning mahsuldorligi ko’p jihatdan o’quvchilar aqliy faolligining darajasiga bog’liq. Aqliy faoliyat darajasi ularning eslab qolishini tashkil qilish va boshqarish usullarini egallashiga uzviy aloqadordir.
Mnemik (xotira) usullariga ta`rif yoki qoidani so’zma-so’z eslab qolish, o’z so’zi bilan aytib bersa bo’ladigan materialning mohiyatini eslab qolish, birlamchi va ikkilamchi qismlarga ajratish, raqamlarni bir joyga to’plash, eng zarur tushunchalarga alohida e`tibor berish kiradi. Eslab qolish, esda saqlash, esga tushirishning samaradorligi maqsadni anglash va unga intilish negizida vujudga keladi. Xotiraning samaradorligi o’qish motivlariga bevosita bog’liqdir. Rus psixologi T. N. Balarich o’z tajribasida bir guruh o’quvchilarga o’quv matnini bundan keyin sira kerak bo’lmasligini, ikkinchi-guruhga undan tez kunda foydalanilishini aytib o’zlashtirishni tavsiya qilgan. Olingan natijalarga ko’ra birinchi guruhda faoliyatda qo’llash metodikasi yuqori samara bergan, matn tez eslab qolishgan va uzoq vaqt esda saqlangan. L. V. Zankovning tadqiqotida ham eslab qolishga intilishning roli o’rganilgan, uzoq vaqt eslab qolishga intilish ham yaxshi samara berishi isbotlangan. Shunga asoslanib psixologiya faniga «uzoq vaqt eslab qolish», «hamma vaqt esda saqlash» iboralari kiritilgan.
Umuman kattalarning, xususan o’qituvchilarning muhim vazifalaridan biri o’quvchilarda materiallarni eslab qolish uchun muayyan intilishni, tarkib toptirish,
ularga eslab qolishning usullarini, fikr yuritish operatsiyalarini (taqqoslash, tahlil qilishni) o’rgatishdan iboratdir.
Xotiraning mahsuldorligini oshirish uchun ta`lim jarayonida o’zini o’zi nazorat qilish, materialni takrorlashda tekshirish, esga tushirish, mashq qilishdan unumli foydalanish zarur. Agar kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga eslab qolish va eslash usullari o’rgatilmasa, ular materialni bevosita takrorlashda, uzoq vaqt to’xtalib qoladilar. Shuning uchun ham eslash qiyin mehnat (K. D. Ushinskiy) hisoblanadi. Lekin o’quvchilar materialni eslashni hush ko’rmaydilar va uni osongina tiklash yo’lini tushunmaydilar. Materialni eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish va eslash usullarini o’rgatish mantiqiy xotira o’sishining garovidir.

Yüklə 308,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin