Mavzu: boshlang’ich sinflaeda so’z tarkibi mavzusini o’rgatish metodikasi ilmiy rahbar : Eshonkulova Surayyo Isomiddinovna chirchiq-2023



Yüklə 76,91 Kb.
səhifə8/11
tarix10.06.2023
ölçüsü76,91 Kb.
#127965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ABDURASHIDOVA OYDIN TOLIB QIZI

Topshiriq. Ajratib ko’rsatilgan so’zga o’zakdosh bo’lgan bir so’z toping. Uning qaysi so’z turkumiga kirishini ayting va uniso’z tarkibiga ko’ra tahlil qiling.
Olma daraxti ko’p joy (Olmazor)
Paxta yetishtirish bilan shug’ullanadigan kishi (Paxtakor)
Bog’yaratadigan va uni parvarish qiladigan kishi (Bog’bon)
Traktor bilan ish bajaradigan kishi (Traktorchi)
Gul solib qo’yiladigan idish(Guldon)
O’quvchilar o’qituvchi yordamida shu so’z qaysi so’zdan va qanday qo’shimcha yordamida yasalganini aniqlaydilar.
3. Har xil so’z turkumiga kiradigan o’zakdosh so’zlardan qatnashtirib gap tuzish.
4. So’z yasashga doir vazifalar:
Oq, ish so’zlaridan -la, -chi qo’shimchalari yordamida yangi so’zlar yasang. Berilgan va siz yasagan so’zlar qaysi so’z turkumiga kirishini ayting va fikringizni asoslang.
Ish, paxta, suv otlaridan o’zakdosh otlar yasang. So’zlarni tarkibiga ko’ra tahlil qiling. Yangi ot hosil qilish uchun siz so’zning qaysi qismidan foydalandingiz?
Chiz, o’r fe’llaridan o’zakdosh otlar yasang. Otlarni so’z tar­kibiga ko’ra tahlil qiling. Fe’ldan ot yasash uchun qanday qo’shimchalardan foydalandingiz?
Bu vazifalar o’quvchilardan so’z yasalishi xususiyatlariga, so’zlarning morfemik tarkibiga e’tibor berishni talab etadi va so’zning morfemik tarkibi shu so’zning muayyanbir so’z turkumigaoid ekani bilan bog’liqligini aniqlashga qaratiladi. Boshlang’ich sinflarda u yoki bu so’z turkumining yasalishini kuzatish propedevtik xarakterda bo’ladi, uning natijasi mashqning mavzuni o’zlashtirish maqsadiga qaratilishi, darsda faol va individual ishlarni to’g’ri uyushtirish, foydalanilgan leksik mate­rialning o’quvchilar saviyasiga mosligi va ko’rgazmalilikka bog’liq.O’qituvchi o’quvchilarning biror morfemani qay darajada o’zlashtirganini ularning morfemik tarkibi bolalar saviyasiga mos so’zlardagi morfemalarni ajratish ko’nikmasiga, o’zak va shakl yasovchi qo’shimchadan yo o’zak va so’z yasovchidan, yoki o’zak, so’z yasovchi va shakl yasovchidan tuzilgan so’zlarni mustaqil tanlay bilishiga, so’zdagi morfemalarning rolini so’z bilan tushuntirish ko’nikmasiga, gapda so’z yasovchi qo’shimchali so’zlarni to’g’ri ishlatish ko’nikmasiga qarab aniqlaydi.
Quyidagicha savol va topshiriqlarni bajarish asosida o’quvchilar so’zning morfemik tarkibini qanday o’zlashtirganini aniqlash mumkin:
I. Savollarga javob berish:
1. So’zda qaysi qism eng asosiy hisoblanadi? Nima uchun?
2. So’z yasovchi qo’shimcha qanday vazifani bajaradi? Misol bilan isbotlang.
3. So’zda shakl yasovchi qo’shimcha nima uchun xizmat qiladi? Isbotlang.
II. Ikki so’zning ma’nosi va tarkibini taqqoslash. Buning uchun o’quvchilar o’zak va so’z yasovchi qo’shimchalarning semantik ahamiyatini qanchalik tushunganini aniqlashga imkon beradigan so’zlar tanlanadi (ishladi va boshladi, paxtakor va paxtazor).
III. So’zlarni taqqoslab, o’zakdosh yoki o’zakdosh emasligini isbotlash (tuz, tuzdon, tuzli, tuzsiz, tuzladi). Qaysi qism ularni o’zakdosh qilyapti? Qaysi qism har xil ma’noli so’z hosil qilyapti? kabi savollarga javob berish.
IV. Bog’bon, o’roq, bog’ni, ishchidan so’zlarini tarkibiga ko’ra tahlil qilish. 1) o’zak va so’z yasovchi qo’shimchadan, 2) o’zak va shakl yasovchi qo’shimchadan, 3) o’zak va so’z yasovchi, shakl yasovchi qo’shimchalardan tuzilgan so’zlar tanlash.
V. Tayanch so’zlar asosida o’qituvchi tavsiya etgan mavzuga oid kichik hikoya tuzish.
Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich sinflarda so’zning morfemik tarkibi va so’z yasalishini o’rgatish o’quvchilarning har bir so’zga ongli munosabatda bo’lishlarini ta’minlaydi, so’z tarkibi va uning yasalishi haqidagi dastlabki tushunchalarni shakllantiradi.Boshlang’ich sinflar uchun ona tili o‘quv fanini o‘rganish, asosan, ko`nikkan, asosiy mashg‘uloti ona tili ekanligini anglagan, fikri, tushunchasi bog’cha yoshidagi bolalik davriga nisbatan ancha rivojlangan, eng muhimi, psixologik jihatdan ona tiliga tayyor davr sanaladi. “Ta’limga psixologik tayyorgarlik deganda, - deb qayd qiladi E.G‘oziyev, - bolaning ob’ektiv va sub’ektiv jihatdan maktab talabiga munosibligi nazarda tutiladi? Bu yoshdagi bolalarda idrok ancha o‘tkirlashadi, ona tiliga qiziquvchanligi oshadi, xayoli yorqinlashib, xotirasi chiniqadi, tafakkur doirasi nisbatan kengayib, ijodiy fikrlashga moyillik ortadi.
Boshlangich sinf o‘quvchilarida yaqqol obrazli xotira ancha taraqqiy etgan bo’ladi. Bu yoshda o’quvchilar ko’rgan, kuzatgan narsalarini xotirada uzoq vaqt saqlay oladi. Shu sababli ona tili mashg‘ulotlarida ko‘rsatmali vositalardan: diafilm, o‘quv filmlari va audiovizual vositalardan unumli foydalanishga jiddiy e’tibor qaratishga to‘g‘ri keladi. 7-11 yoshli bolalar o‘qiganini yoki eshitganlarini yetarli darajada tushunadi; o‘z fikrlarini ona tilida izchillik bilan bayon qila oladi;mantiqiy operatsiyalarni kuzatish, taqqoslash, guruhlash, umumlashtirish singarilarni bemalol bajara oladi; o‘rganganlari asosida umumlashma hosil qilishi mumkin. O`qituvchi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan qaysi yo‘nalishda ish tutsa, ular tez shunga moslashadi. O‘quvchini fanga qiziqtirish, undagi qobiliyatni yuzaga chiqarish kichik sinf o‘qituvchisidan mohirlikni, o‘ziga xos uslubiyatni, bolajonlikni talab etadi Shu sababli ona tili mashg`ulotlarida o`qituvchi nafaqat qayta xotiralashga asoslangan o`quv topshiriqlardan, balki qisman ijodiy topshiriqlardan ham unumli foydalanishi lozim. Ijodiy topshiriqlar ustida ishlash bolalarning yoshi va bilim saviyasi oshgan sari asta-sekin murakkablashib boradi.Bola ilk bor maktabga qadam qo’ygan ekan, ma’lum so’z jamg’armasi bilan keladi.U oilada, bog’chada ko’p so’zlarni ishlatsa-da, hali ularning ma’nosini chuqur anglamaydi.8-9 yoshli bolalar esa bir yildan ziyodroq tajribaga ega bo`lgan bolalar bo`lib, ularda dars jarayonida mustaqil xulosalar chiqarish ancha tarkib topgan bo’ladi. Mashhur psixolog V.A. Kruteskiyning ta`kidlashicha, bu davrda ular o`z oldilariga “ Nima uchun bunday?” – “Nima uchun shu narsani o`rganish kerak?” degan savolni qo`ya oladigan bo`lishadi. Bu davrda ular “Nima uchun o`z ona tilimizni bilishimiz kerak?” degan savolga javob bera oladilar. Ona tilini o`rganish ularning nutqiy muloqot doirasini kengaytirishini, badiiy, ilmiy adabiyotlarni o`rganishlariga keng yo`l ochib berishini anglay boshlaydilar.
Ma`lumki, boshlang`ich sinflardagi o`qish, avvalo, psixik jarayonlarning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Ularda sezgi, idrok, xotira, tafakkur kabi individual psixik xususiyatlar ancha tarkib topadi. Boshlang’ich sinf o`quvchilari o`z idroklarining aniqligi, sofligi, o`tkirligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Ular har bir o`rgatilayotgan til materiallariga sinchkovlik bilan qaraydilar, dars jarayonida duch kelinadigan so`zlarni tez qabul qiladilar. Ona tilini o’rganishga bo’lgan intilishlari ancha ortadi. Bu yoshdagi o`quvchilarda tarkib topa boshlagan sinchkovlik idrokni ancha o`tkirlashtiradi. Ba`zan bu yoshdagi bolalar kattalarning diqqat-e`tiboridan chetda qolgan mayda-chuydalarni ham payqaydilar. Shu bois o`qituvchi dars mashg`ulotlarida sinchkovlikni tarkib toptirish va rivojlantirishga alohida e`tibor berishi lozim.
Boshlang’ich sinfda o`quvchilar idrokining yana bir xususiyati uning xilma-xilligi, yorqin bo`yoqlar, yaqqol tasvir va his – tuyg`uga boyligidir. Shuning ushun bu yoshda o`quvchilar rangli tasvirlarni, his - tuyg`u uyg`otadigan rasmlarni yoqtiradilar. Ammo bu o`rinda shuni ta`kidlash lozimki, me`yoridan ortiq rangli rasmlar bolani charchatib qo`yadi va rasmlarga tez-tez murojaat etish uni zeriktiradi. Shuning uchun 2,-3,4-sinflar uchun “Ona tili” darsliklarini haddan ziyod rasmlar bilan to`ldirish maqsadga muvofiq emas.O`quvchilarning o`qishi, bilim olish xususida gap ketar ekan, diqqatning qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini ham unutmaslik lozim. “Diqqat, -deb qayd qilinadi. “O`zbek tilining izohli lugati”da, – e`tiborini bir joyga to`plamoq, yig`moq, uni biror narsaga qaratmoq demakdir”. Boshlang’ich sinf o`quvchilarining diqqati xususida fikr yuritilganda uni yetarli darajada barqaror emasligini unutmaslik lozim. Bu yoshdagi bolalar diqqatlarini muayan narsaga qaratib turishda qiynaladilar. Bolalar diqqatining barqarorligi, psixologlar keltirgan ma`lumotlarga qaraganda, miyada tormozlanish bilan qo`zg`alishning o`zaro nomuvofiq harakat qilishidir. Ona tili mashg`ulotlarida o`quvchilarning ko`p hollarda tutulishi, to`xtab qolishi, so`zni burro, aniq talaffuz eta olmasligi , yozishda ba`zan harf, bo`g`in, so`zlarning tushib qolishi mana shu fiziologik holat tufayli sodir bo`ladi.Psixologiya fanidan olib borilgan qator tadqiqotlar boshlang’ich sinf o`quvchilarining darsda 30-35 daqiqadan ortiq o`z diqqatlarini muayan ob`ektga qarata olmasligini ko`rsatadi. Bu ona tili mashg`ulotlarida ta`lim usullarini tez-tez o`zgartirib turishni, o`quv topshiriqlarining rang-barangligini ta`minlashni taqozo etadi. Chunki ta`lim usuli yoki o`quv topshirig`i o`zgartirilishi bilan o`quvchilarning unga munosabati ham o`zgaradi. Boshlang’ich sinf o`quvchilari diqqatidagi bu xususiyat vaqti-vaqti bilan mashg`ulotning turini o`zgartirishini, norasmiy darslarning turli-tuman ko`rinishlaridan foydalanishni talab etadi.Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarda xotira ham o`ziga xos xususiyatlarga ega. “Xotira” deganda shaxsning o`z hayotiy tajribasini saqlab turishi va keyinchalik esga tushurishi tushuniladi.
Psixologik adabiyotlarda xotiraning ikki turi: 1) so`z –mantiq xotirasi; 2) ko`rgazmali - harakatli xotira mavjudligi qayd qilinadi. Boshlang’ich sinf o`quvchilarida mantiqiy (so`z - mantiq) xotiradan ko`ra ko`rgazmali - harakatli xotira ancha rivojlangan bo`ladi. Shuning uchun ham ona tilini o`rganish jarayonida nazariy ma`lumotlarni o`zbek tilining imlo qoidalarini tushuntirish orqali o`rganishdan ko`ra sinf taxtasi yoki jadvalda yozilgan so`zlarni, rasmda aks etgan narsalarni tushunish ancha oson kechadi. Ma`lumki, 8-9 yosh bolalarda xotira ancha mustahkam bo`ladi. Shu sababli bu yoshdagi bolalar o`rganilayotgan o`quv materiallining mohiyatini anglab yetishdan ko`ra, shu materialni iloji boricha so`zma-so`z yodlab olishga harakat qiladilar. V.A.Krutechkiyning fikricha, bu holning asosiy sababi, birinchidan, o`quvchi oldiga esda saqlab qolish kerakligi vazifa qilib qo`yilganda, hali u o`zidan konkret nima talab qilinayotganligini tushunmaydi, nimalarni so`zma-so`z esda olib qolish kerag-u, nimalarni eng umumiy tarzda esda saqlab qolish kerakligini ajrata olmaydi, ikkinchidan, birinchi va ikkinchi sinf o`quvchilari nutqini yaxshi egallamaganliklari tufayli matnning umumiy ma`nosini o`z so`zlari bilan aytib berishga qaraganda, uni so`zma-so`z aytib berish ular uchun osonroq tuyuladi. Kichik maktab yoshida o`quvchilar o`z oldilariga o`quv maqsadi qo`yishda qiynaladilar. Shu boisdan ham ular faoliyatida ixtiyorsiz esda qoldirish muhim o`rin egallaydi. O`qituvchi boshlang’ich sinf o`quvchilarining yoshi bilan bog`liq ana shu xususiyatni hisobga olgan holda har bir soatlik ona tili darsidan ko`zlangan maqsadni o`quvchilar ongiga singdirishga alohida e`tibor qaratishga to`g`ri keladi. O`quvchi dars mashg`ulotidan ko`zlangan maqsadni tushunib yetsa, uni o`rganishga qiziqishi ortadi va o`quv materialini xotirada saqlab qolishi osonlashadi. Xotira – tarbiya mahsuli. Shuning uchun o`qituvchi o`z o`quvchilariga materialni eslab qolish uchun muayyan intilishni tarkib toptirishi, asta - sekinlik bilan mantiqiy - aqliy faoliyat usullariga (kuzatish, taqqoslash, guruhlash, umumlashtirish) o`rgatib borishi lozim.
Xotiraning mahsuldorligini oshirish uchun ta`lim jarayonida o`zini-o`zi nazorat qilish; o`rganilgan materialini esga tushurish ; mashq qilishdan unumli foydalanishga to`g`ri keladi. Ona tili mashg`ulotlarining samaradorligi tilga olingan ana shu vositalar bilan chambarchas bog`langan. Talaffuzi va imlosi murakkab bo`lgan bir qator so`zlarni bir marta aytishi yoki yozib ko`rsatish bilan o`quvchi xotirasiga kiritish qiyin. Bu so`zlarning imlosini o`zlashtirish faqat qayta – qayta mashq mahsuli bo`lishi mumkin. Bilishda xayolning ham katta ahamiyatga ega ekanligini unutmaslik lozim. Xayol deganda o`ylash, fikr yuritish jarayoni tushuniladi. Xayolning tarkib topishi o`quv faoliyatining ta`siri va talabalari asosida amalga oshadi. Bolalarning dars jarayonidagi ishtiroki, mashg`ulotlarda bo`ladigan savol-javoblar, turli xildagi o`quv topshiriqlarini bajarish, ertak va hikoyalar o`qishi, televedeniya eshittirishlarini tamosha qilishi, kinofilmlarni ko`rishi, sayohatlarga borishi xayolni rivojlantirish vositalaridir.Xayolning eng yuksak ko`rinishi ijodiy xayoldir. Ijodiy xayol surishga tayyor bo`lmagan o`quvchi bilimlarini o`zlashtirib olishda muayyan manbadan (o`qituvchining so`zi, darslik materiali) chetga chiqa olmaydi. Xayoli yetarli darajada taraqqiy topmagan o`quvchi o`quv materialini o`rganishi uchun ko`p kuch va vaqt sarflaydi, ammo yaxshi natijaga erishmaydi. Boshlang’ich sinflarda “Ona tili” o`quv fanining tabiati ko`proq bolalardan ijodiy xayolni talab etadi. Chunki berilgan rasmlar yoki biror bir mavzu asosida og`zaki hamda yozma matn tuzishi, biror harakatni bildiradigan predmetning nomini yoki belgisini bildiradigan, uning son-sanog`ini, miqdorini bildiradigan so`zlarni o`zaro qiyoslab, o`xshash va farqli tomonlarini aniqlash, umumlashma va xulosalar chiqarish ijodiy xayol mahsuli hisoblanadi.

Yüklə 76,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin