Navbatdagi bosqich o‘nliklarni hisoblashda dm va sm ni birgalikda ishlatishdir. O‘lchatishlar asosida 5 dm va 4 sm kabi uzunliklar hosil qilinadi va aksincha chizdiriladi. Eng kichik uzunliklarni o‘lchashda va 1000 liklar mavzusida km tushunchalari beriladi. O‘quvchilar chamalash yordamida uzunliklarni o‘lchash, qadamlarni metrga aylantirib, uylarigacha yoki boshqa obyektlarigacha bo‘lgan masofalarni m va km lar bilan aniqlaydilar. 4-sinfda uzunlik birliklari va ular orasidagi bog’lanishni biladilar va daftar orqasidagi jadvalni bilib olish topshiriq qilib beriladi. Bunda quyidagi topshiriqlar bajariladi:
g)36647 m, 3807 m kabilarni km va m larda ifodalang.
Kesmalarni o‘lchashning puxta ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida bolalarni faqat qog’ozga chizilgan kesmalarni o‘lchash bo‘yicha mashq qildirib qolmay, balki bu maqsadda boshqa obyektlarni masalan, qalam, daftar va boshqa uncha katta bo‘lmagan obyektlarni o‘lchash bo‘yicha ham mashq qildirish kerak.

Ko‘pincha chizish ishlarini bajarishda santimetr modelidan foydalaniladi. Chizg’ich o‘rniga katakli daftarning bir necha varag’ini buklab har ikki katak 1 sm ekanligidan foydalaniladi. 20 katak yoki 10 sm 1 dm ga tengligini qog’ozda raqamlar bilan ham belgilab chizg’ich yasash mumkin. Bunda o‘lchov boshini 0 bilan ham belgilamasdan 1 bilan belgilab xato o‘lchashga yo‘l qo‘yishi mumkin. Shuning uchun qog’ozda sm larni raqamlar bilan belgilashda shoshmasdan nol soni o‘tilganidan keyin raqamli uzunlikni hosil qilish mumkin. Shuning uchun qog’ozda sm larni shoshmasdan 0 soni o‘tilgandan keyin raqamli uzunlikni hosil qilishi foydalidir.