Mavzu: boshlang’ich sinflarda hosil qilinadigan sintaktik kompetensiyalar mundarija: kirish I bob. Grammatik tushunchalarning samarali o’zlashishini ta’minlaydigan metodik shartlar


I BOB. GRAMMATIK TUSHUNCHALARNING SAMARALI O’ZLASHISHINI TA’ MINLAYDIGAN METODIK SHARTLAR



Yüklə 162,26 Kb.
səhifə2/10
tarix13.12.2023
ölçüsü162,26 Kb.
#175759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kurs ishi bosh.

I BOB. GRAMMATIK TUSHUNCHALARNING SAMARALI O’ZLASHISHINI TA’ MINLAYDIGAN METODIK SHARTLAR.
Til hodisalarining o’ziga xos xususiyati, ya’ni tushunchaning mazmun tomoni grammatik tushunchaning o’ziga xos xususiyatini keltirib chiqaradi. Til hodisalari, til kategoriyalari boshqa hodisalarga nisbatan juda mavhumligi bilan farqlanadi. Biologik tushunchalarni shakllantirishda belgilarini kuzatish, bir tizimga solish va umumlashtirish mumkin bo’lgan aniq hodisalar va predmetlar material sifatida asos qilib olinadi.
Grammatik tushunchalar esa so’z, so’z birikmasi, gap, morfema, leksema, fonema va boshqalarning o’ziga xos muhim belgilarini aniqlash va umumlashtirish natijasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, kishilar tomonidan yaratilgan grammatik tushunchaga asos bo’lgan dastlabki materialning o’zi yetarli darajada mavhumdir. Demak, grammatik tushunchalar umumlashtirilganlarning yana umumlashtirilgani hisoblanadi.
Grammatik tushunchaning bu xususiyatlari tufayli o’quvchilarda tushuncha juda ko’p qiyinchilik bilan shakllanadi. Grammatik tushunchani bilib olish uchun mavhum tafakkur ma’lum darajada rivojlangan bo’lishi lozim. Mavhum tafakkur ta’lim jarayonida vujudga keladi va maxsus mashqlarni talab qiladi.
Bu mashqlar muayyan aqliy ko’nikmalarni va lingvistik tasavvur hamda bilimlar yig’indisini shakllantirishga qaratilgan bo’lishi zarur. Ko’pgina ruhshunos olimlarning tekshirishlari natijasida aniqlanishicha, tushunchani shakllantirish jarayoni tafakkurga oid analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, aniqlashtirish amallarini bilib olish jarayoni ham hisoblanadi. O’quvchilarda tushunchani shakllantirishning natijasi ularning mavhumlashtirish faoliyatining qay darajada o’sganligiga bog’liq. Mavhumlashtirishda qiynaladigan o’quvchilar so’zlarni taqqoslay olmaydilar va ularning muhim grammatik belgilariga ko’ra bir guruhga birlashtira olmaydilar, tushunchani shakllantirishda qiynaladilar va xatoga yo’l qo’yadilar.
Masalan, fe’l o’rganilganda o’quvchilar fe’l predmetning harakatini bildirishini bilib oladilar. Yurmoq, o’qimoq, olmoq kabi fe’llarda leksik ma’no grammatik ma’noga mos keladi. Ko’p fe’llarda bunday moslik bo’lmaydi. Grammatikada predmet harakati deyilganda, harakat bilan birga predmetning holati, uning boshqa predmetlarga munosabati, predmet belgisining o’zgarishi kabilar ham tushuniladi: uxlamoq, o’ylamoq, sevmoq, o’smoq, ko’karmoq va hokazo.
Predmet harakatini bunday keng ma’noda, umumlashtirilgan holda tushunish endigina tilni o’rgana boshlagan o’quvchilarga qiyinlik qiladi, ular harakatni ko’proq yurish, siljish ma’nosida aniq tasavvur qiladilar. SHuning uchun fe’lni o’rganishning boshlang’ich bosqichida yotmoq, kasallanmoq, turmoq, qizarmoq kabi so’zlarni predmet harakatini bildiradi deb hisoblamaydilar.
Bunday hodisani otni o’rganishda ham uchratish mumkin. Ayrim o’quvchilar tinchlik, qahramonlik, qadam kabi so’zlarni ot turkumiga kiritmaydilar. Tushunchani shakllantirish uchun o’quvchilarda mavhumlashtirish ko’nikmasini o’stirish, ular diqqatini so’zning aniq leksik ma’nosidan grammatik ma’nosiga qaratish va shu guruhdagi so’zlarga oid umumiy, grammatik belgilarni hisobga olgan holda, ularni bir guruhga birlashtirish talab etiladi.
Masalan, k i m? yoki n i m a? so’rog’iga javob bo’ladigan barcha so’zlar “ot” turkumiga birlashadi; predmet bildirish, son (birlik va ko’plikda kelish), egalik qo’shimchalari bilan o’zgarish, kelishiklar bilan turlanish bu so’zlar uchun umumiy grammatik belgilar hisoblanadi. Tushunchani shakllantirishda xatoning oldini olish uchun ta’lim berish jarayonida qator metodik talablarga rioya qilinadi. Grammatik tushunchani o’zlashtirish uzoq davom etadigan va kichik yoshdagi o’quvchilar uchun ancha murakkab jarayondir. O’qituvchi boshlang’ich sinflarda tushunchani o’zlashtirishga oid ishlarni tashkil etishda o’rganiladigan tushunchaning lingvistik mohiyatini, bilimlarni o’zlashtirish jarayonining psixologik-didaktik xususiyatlarini, o’quvchilarning nutqiy va aqliy o’sishi birbirini taqozo etishini, grammatik bilimning nutqdagi o’rnini asos qilib oladi.
Grammatik tushunchalarda til hodisalarining muhim belgilari umumlashtiriladi.Tushunchani o’zlashtirish ustida ishlash jarayonida o’rganiladigan tushunchaning muhim belgilarini ajratpsh maqsadida muayyan til materiali analiz qilinadi. Masalan, so’z o’zgartuvchi qo’shimcha uchun quyidagi ikki muhim belgi xarakterli:
1) so’z o’zgartuvchi qo’shimcha – so’zning o’zgaradigan qismi;
2) so’z o’zgartuvchi qo’shimcha sintaktik vazifani bajaradi, ya’ni gapda so’zlarni bog’lash uchun xizmat qiladi.
Tushunchani o’zlashtirishga oid ishlarda o’qituvchi muayyan bir tushunchaning muhim belgilarini aniqlab oladi, dastur talabiga ko’ra, shu sinf o’quvchilarini tushunchaning qanday belgilari bilan tanishtirishni, foydalanganda yaxshi natija beradigan leksik materiallarni, metodik usul va vositalarni belgilab oladi. Til materialini analiz qilish jarayonida o’rganiladigan tushunchaning muhim belgilari ajratiladi (tushuncha ustida ishlashning birinchi bosqichi), so’ng belgilar o’rtasidagi bog’lanish topiladi, bir tushunchaning xususiyati sifatida ular orasidagi o’zaro munosabati aniqlanadi, atama beriladi (tushuncha ustida ishlashning ikkinchi bosqichi).
O’quvchilar o’rganilgan tushuncha mohiyatini anglashlari va bilimlarni nutq tajribasiga tatbiq etishlari uchun tushuncha ta’rifini aniq ifodalash ustida ishlanadi (tushuncha ustida ishlashning uchinchi bosqichi); to’rtinchi bosqichda o’rganilgan kategoriyani bilib olish uchun mashq qilinadi; amaliy vazifani hal qilish maqsadida (fikrni aniq ifodalash, so’zni va gapni to’g’ri yozish uchun) o’quvchilarda tushunchaga asoslanish ko’nikmasi shakllantiriladi.
Predmet harakatini bunday keng ma’noda, umumlashtirilgan holda tushunish endigina tilni o’rgana boshlagan o’quvchilarga qiyinlik qiladi, ular harakatni ko’proq yurish, siljish ma’nosida aniq tasavvur qiladilar. SHuning uchun fe’lni o’rganishning boshlang’ich bosqichida yotmoq, kasallanmoq, turmoq, qizarmoq kabi so’zlarni predmet harakatini bildiradi deb hisoblamaydilar.
Bu mashqlar muayyan aqliy ko’nikmalarni va lingvistik tasavvur hamda bilimlar yig’indisini shakllantirishga qaratilgan bo’lishi zarur. Ko’pgina ruhshunos olimlarning tekshirishlari natijasida aniqlanishicha, tushunchani shakllantirish jarayoni tafakkurga oid analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, aniqlashtirish amallarini bilib olish jarayoni ham hisoblanadi. O’quvchilarda tushunchani shakllantirishning natijasi ularning mavhumlashtirish faoliyatining qay darajada o’sganligiga bog’liq. Mavhumlashtirishda qiynaladigan o’quvchilar so’zlarni taqqoslay olmaydilar va ularning muhim grammatik belgilariga ko’ra bir guruhga birlashtira olmaydilar, tushunchani shakllantirishda qiynaladilar va xatoga yo’l qo’yadilar.
O’quvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar uch darajaga ajratiladi:
tayanch kompetensiyalar; umumiy (predmetli) kompetensiyalar; xususiy kompetensiyalar.
O’quvchi shaxsining umumiy rivojlanishiga zamin tayyorlaydigan kompetensiyalar tayanch kompetensiya, faqat o’quv fani orqali shakllantiriladigan kompetensiyalar xususiy kompetensiyalar deyiladi.
Ma’lumki, umumiy o’rta ta’lim maktablari zimmasiga ta’lim-tarbiya jarayoni orqali o’quvchilarda tayanch kompetensiyalar, jumladan, kommunikativ, axborot bilan ishlay olish, shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyalarini shakllantirish vazifasi yuklatilgan.
Zamonaviy yondashuvlar o’qitish jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarini o’zaro integratsiyalash orqali o’quvchilarda tayanch va fanga oid xususiy kompetensiyalarni shakllantirishni nazarda tutadi.
Dunyoning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalarida kompetensiyaviy yondashuvni kasbiy ta’lim, umumta’lim fanlari standartlari mazmuniga kiritish tamoyillari, ularning pedagogik tizim bo’g’inlaridagi o’zgarishlarga ta’siri, psixologik va metodologik asoslari va xususiyatlari, mustaqil ravishda ta’lim natijalariga erishish konsepsiyasi, kompetensiyaviy yondashuv talqini, shaxsni rivojlantirishga yo’naltirilgan, ijtimoiy va ma’lum bir sohadagi faoliyatga doir kompetensiyalarga oid ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
O’qituvchilarning kompetentligini oshirishning o’quv-metodik ta’minoti sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy yondashuvlar, amaliy mashg’ulotlarning virtual shakllarini joriy etish, kasbga yo’naltirilgan fanlarni o’qitishdagi kompetensiyaviy yondashuvlar, fanlararo bog’liqlikni aks ettiruvchi amaliy mashg’ulotlar asosida o’qitish ta’limning sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida - uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, o’qitish metodikasini takomillashtirish, asosiy fanlarni chuqur o’rganishga e’tiborni qaratish, davlat ta’lim standartlarida ko’zda tutilgan kompetensiyalarga asoslangan pedagogik faoliyatni baholash mezonlarini ishlab chiqish kabi vazifalar belgilangan



Yüklə 162,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin