Мавзу: Бошлангич синфларда "Кейс" технологияси асосида таълим


Muammoni yechish darajasini aniqlaymiz



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/33
tarix25.10.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#66157
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
boshlangich sinflarda keys texnologiyasi asosida talim samaradorligiga erishish

Muammoni yechish darajasini aniqlaymiz
Har bir kishining shaxs sifatida shakllanishini 3 muhim omil belgilaydi: 
Biri-shaxsning genetik (nasliy) dastur bo'lsa, ikkinchisi shu nasliy dasturni to'liq 
namoyon bo'la olishi uchun tegishli shart-sharoit (ijtimoiy sotsial muhit)dir. Ijtimoiy 
muhitni oila, ota-onalarning madaniy saviyasi, hayot tarzi, qiziqish- havaslari, 
iqtisodiy ta'minlanganlik darajasi, shaxs yashayotgan hudud (qishloq, uzoq tog'li 
tumanlar, shaharlar) belgilaydi. Uchinchisi har bir shaxsdagi "MEN", uni etarli 
ravishda ifodalanishi faolligidadir. Qaysi bir shaxsda nima ustunlik qilishi, ya'ni uni 
istiqbolda qanday inson bo'lib etishishida nasil yoki ijtimoiy muhit tarbiya etakchi 


rolni o’ynaydimi, degan savol mutaxassilarni, nafaqat mutaxassislarni, balki barcha 
aql egalarini doimo o'ylantirib kelgan. Qizig'i shundaki, bir oilada tug'ilib, bir xil 
tarbiya ko'rgan, ya'ni bir xil ijtimoiy muhitda ulg'aygan bolalar yillar o'tib, fe'l-atvori 
bir-biriga o'xshamaydigan turlicha odamlarga aylanishadi. Demak, asosiy hal qiluvchi 
vazifani nasliy dastur ajratadi, chunki har birining nasliy dasturi turlichadir. 
Bu bolalarni o'qishga va fanlarga bo'lgan tug'ma layoqatida, odamlar orasidagi 
munosabati, mehri, irodasi, qiziqishlari mazmuni, sahiylik darajasi va shaxsiga xos 
bo'lgan barcha xislatlari,ekologik tarbiyali xarakter xususiyatlarida ifodalanadi. 
O'quvchilar vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Ularga Ona vatanga sadoqat 
hisiyotini singdirish va ona tabiatni ko'z qorachig'idek asrab-avaylashni o'rgatish. 
Bag'rikenglik (tolerantlik), xalqparvarlik, tinchliksevarlik, xurfikrlilik kabi g'oyalarni 
yoshlar ongiga singdirish. 
Voyaga yetmaganlar orasida ekologik ong va ekologik madaniyatni oshirishga 
xizmat qiladigan tadbirlarni yanada kuchaytish. 
Mahalla ta'lim muassasasi oila tizimining aloqasini samarali yo'lga qo'yish 
orqali yoshlarni doimiy nazoratga olish. Ularni bo'sh vaqtini unumli o'tkazishlari 
uchun yetarlicha shart-sharoitning yaratilishi, ekologik tashkilotlarning ta'lim 
muassasalariga mahallalarga borib atrof muhitning buzilishi natijasida salbiy 
oqibatlarning kelib chishi haqidagi tadbirlari va davra suhbatlarini ko'proq 
o'tkazilsa bizningcha biz yechmoqchi bo'lgan muammoning yechimidir. 



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin