Muammoni yechish darajasini aniqlaymiz.
Har bir kishining shaxs sifatida shakllanishini 3 muhim omil belgilaydi:
Biri-shaxsning genetik (nasliy) dastur bo'lsa, ikkinchisi shu nasliy dasturni to'liq
namoyon bo'la olishi uchun tegishli shart-sharoit (ijtimoiy sotsial muhit)dir. Ijtimoiy
muhitni oila, ota-onalarning madaniy saviyasi, hayot tarzi, qiziqish- havaslari,
iqtisodiy ta'minlanganlik darajasi, shaxs yashayotgan hudud (qishloq, uzoq tog'li
tumanlar, shaharlar) belgilaydi. Uchinchisi har bir shaxsdagi "MEN", uni etarli
ravishda ifodalanishi faolligidadir. Qaysi bir shaxsda nima ustunlik qilishi, ya'ni uni
istiqbolda qanday inson bo'lib etishishida nasil yoki ijtimoiy muhit tarbiya etakchi
rolni o’ynaydimi, degan savol mutaxassilarni, nafaqat mutaxassislarni, balki barcha
aql egalarini doimo o'ylantirib kelgan. Qizig'i shundaki, bir oilada tug'ilib, bir xil
tarbiya ko'rgan, ya'ni bir xil ijtimoiy muhitda ulg'aygan bolalar yillar o'tib, fe'l-atvori
bir-biriga o'xshamaydigan turlicha odamlarga aylanishadi. Demak, asosiy hal qiluvchi
vazifani nasliy dastur ajratadi, chunki har birining nasliy dasturi turlichadir.
Bu bolalarni o'qishga va fanlarga bo'lgan tug'ma layoqatida, odamlar orasidagi
munosabati, mehri, irodasi, qiziqishlari mazmuni, sahiylik darajasi va shaxsiga xos
bo'lgan barcha xislatlari,ekologik tarbiyali xarakter xususiyatlarida ifodalanadi.
O'quvchilar vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Ularga Ona vatanga sadoqat
hisiyotini singdirish va ona tabiatni ko'z qorachig'idek asrab-avaylashni o'rgatish.
Bag'rikenglik (tolerantlik), xalqparvarlik, tinchliksevarlik, xurfikrlilik kabi g'oyalarni
yoshlar ongiga singdirish.
Voyaga yetmaganlar orasida ekologik ong va ekologik madaniyatni oshirishga
xizmat qiladigan tadbirlarni yanada kuchaytish.
Mahalla ta'lim muassasasi oila tizimining aloqasini samarali yo'lga qo'yish
orqali yoshlarni doimiy nazoratga olish. Ularni bo'sh vaqtini unumli o'tkazishlari
uchun yetarlicha shart-sharoitning yaratilishi, ekologik tashkilotlarning ta'lim
muassasalariga mahallalarga borib atrof muhitning buzilishi natijasida salbiy
oqibatlarning kelib chishi haqidagi tadbirlari va davra suhbatlarini ko'proq
o'tkazilsa bizningcha biz yechmoqchi bo'lgan muammoning yechimidir.
|