67
Kirish
Shaxsning o‘qimishliligi va uning yaratuvchanlik
malakasi Milliy dasturni
amalga oshirishning asosiy natijasi bulmog‘i darkor.
Inson omili mazmunida Milliy dastur ko‘pgina zarur vazifalarni hal qilishni
nazarda tutadi. Masalan ta'lim tizimidagi kadrlar salohiyatini saqlash va
takomillashtirish, ilmiy hodim va o‘qituvchi, muallim va tarbiyachi kasbining
nufuzligini oshirish, mavqini ko‘tarish vazifasini va hokazo.
Ta'limning har bir bosqichida inson omili bilan bog‘liq bo‘lgan
dolzarb
vazivfalarni hal qilish nazarda tutiladi. Jumladan, Oliy (professional ) ta'lim
bo‘yicha : - mustaqil bilim olish, o‘qitishni individuallashtirishning
usullari,
vositalari va shaklarini kengaytirish
-
o‘qitishining modul tizimi, yangi pedagogika va informatsion
tehnologiyalarni qo‘llab talabalarni o‘qitishni jadallashtirish;
-
masofada ta'lim tizimini rivojlantirish va hokazo.
O‘qitishda yangi pedagogik tehnologiya talablarida: o‘quvchi talabalarga bilim va
ko‘nikmalar berishni
reproduktiv tarzda emas, balki produktiv usullar orqali
berish, ya'ni ularga tayyor bilimni shartta bermasdan , ularni mustaqil bilim olishga
undash yo‘llarini o‘rgatishga katta 'e'tibor qaratilgan. Shu bilan birga
o‘zlashtirilgan bilimlarni o‘z vaqtida nazorat qilish, uni baholash ham o‘ta
zarur
deb qaraladi. Bu ishda reyting tizimi, test usuli asosida o‘quvchi talabalar
bilimlarini tekshirib, holisona baholash nazarda tutiladi.
Pedagogika fani bilimlarni o‘z vaqtida nazorat qilish va baholashning
uchta
vazifasi borligini alohida qayt 'etadi.
1.O‘zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijasiga qarab, davlat ta'lim
standartlari qanday bajarilayotganligini nazorat qilinadi va vazifalar belgilanadi.
2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o‘quvchi talabalarda
bilimlar doirasi yana kengayadi.
3. O‘quvchi va talabalarda o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch va qiziqishlar paydo
bo‘ladi.
Shu bois, o‘zlashtirishni nazorat qilish ta'lim tizimining
ajralmas qismidir
deymiz. Tajribada nazoratning yozma, og‘zaki va amaliy usullaridan unumli
foydalanib kelinmoqda .
Biz ham boshlang‘ich ta'lim uslubiyoti bo‘limi talabalari uchun matematika
o‘qitish uslubiyoti fanidan mustaqil yozma - nazorat ishlari to‘plamini
tuzib
nazoratning yozma usulini tavsiya qildik.
Mustaqil yozma nazorat ish oldidagi asosiy maqsad - bo‘lajak boshlang‘ich
sinf o‘qituvchisining matematika o‘qitish uslubiyotidan uslubiy tayyorgarligini
aniqlash, topshiriqlarni mustaqil bajarishga o‘rgatishdan iborat.
68
Mustaqil - nazorat ish 4 ta topshiriqni o‘z ichiga oladi.
Bular:
1.
Boshlang‘ich matematika kursida o‘tiladigan biror yangi materiallarni
o‘rgatishga doir dars ko‘rinish fragmenti ishlanmasi. Dars konspektini tuzish.
2.
Boshlang‘ich matematika darsliklarini tahlil qilish .
Biror bir matematik
tuShunchani o‘zlashtirish maqsadida turli ko‘rinishdagi mashqlar sistemasini
tuzish.
3.
Masala echishga o‘rgatish. Aniq ko‘rsatilgan masala ustida ishlash
metodikasini yoritish.
4.
Berilgan mavzu yuzasidan adabiyotlar ro‘yhatini tuzish, ularni o‘rganish,
amaliy jihatdan ko‘p qo‘llaniladigan 3-3 ta maqolaga annotatsiya yozish.
To‘plam topshiriqlarining ohirida mustaqil yozma
nazorat ishni bajarish
bo‘yicha metodik (uslubiy) ko‘rsatma berishni ham ma'qul topdik.
Tuzuvchilardan
Dostları ilə paylaş: