1.2-Boshlang'ich sinflarda vaqt o`lchov birliklari Mavzuni o‘rganishning asosiy vazifasi bolalarni vaqt birliklari va ularning munosabatlari bilan tanishtirish, vaqtni soat bo‘yicha aniqlashga o‘rgatishdir.
Ularga minut, sekund, soat, kun, hafta, oy, yil kabi vaqt o‘lchovlarini uy sharoitida o‘rganib kelish topshiriladi.
Birinchi sinfning tayyorgarlik davridayoq ―oldin, ―keyin tushunchalari kiritiladi. Masalan, to‘rtta faslga doir rasmli ko‘rgazmadan foydalanib, qaysi fal oldin keladi, qaysisi keyin keladi, degan savollarni tushuntirish mumkin.
1-sinfdan boshlab, tong, kunduz, kechqurun, tun, bugun, kecha, ertaga
tushunchalari bilan tanihib boradilar. Sinfda kalendardan (taqvim) foydalanish, shu asosda hafta, oy, yil kabi ularning orasidagi bog‘lanishni o‘rganish mumkin.
Vaqt o‘lchovlari‖ mavzusi bo‘yicha darslarda odamlar turmushida vaqtning qanday rol o‘ynashini, kichik chaqaloqligidan keksa bo‘lgunga qadar o‘tgan oraliqdagi odamlarning yoshi bo‘yicha bosqichlarini tushuntirish, suhbat uyushtirish mumkin.
IV sinfda ―Vaqt o‘lchovlari‖ mavzusida yil, oy hafta, sutka, soat, minut
kabi o‘lchov birliklari haqida tushuncha beriladi. Ko‘rgazmali tushuncha berish uchun soat va undan foydalanishga kengroq to‘xtatilish kerak.
Sinfda vaqtning o‘lchov asboblari : soat va sekundomyerlar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Ko‘proq hisoblash ishlarida soat sifyerblatining bo‘lishi shart. Vaqtni hisobga oladigan quyidagi qo‘llanmalar haqida tushunchlar berish mumkin:
1.Tabel
2.Soatning demonstrasion modeli (sifrblat).
3.‖Maktab o‘quvchisining kundalik rejimi‖ jadvallari.
Shuningdek, sekund va asr bilan tanishadilar. O‘quv yilning oxirida quyidagi vaqt o‘lchovlari jadvali beriladi.
1 asr = 100 yil 1 sutka = 24 soat
1 yil = 12 oy 1 soat = 60 minut
1 oy = 30 yoki 31 sutka 1 minut = 60 sekund.
Fevral oyi 28 yoki 29 kun. 1 oddiy yil 365 sutka. Kabisa yili 366 kun.
Asosiy birliklar – yil va sutka
Darslikda berilgan jadvaldan foydalanib 12 oy va har bir oy necha kundan iboratligini ko‘rsatish zarur. Bu mavzuga oid darslarda yirikroq vaqt o‘lchovlarini maydaroq vaqt o‘lchovlariga va aksincha almashtirishga oid mashqlarga katta e‘tibor byergan ma‘qul.